Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 6,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet223/481
Sana17.08.2021
Hajmi6,17 Mb.
#149911
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   481
Bog'liq
Menejment uzb

belgilashni  ko’zda  tutadi.  Bu  har  xil  ishlar  ahamiyati  bo’yicha  katta  farqlanishlari 

bilan bog’liqdir. 

Ko’pincha rahbarlar birdagina ishning judayam katta hajmini bajarishga harakat 

qiladilar  yoki,  aksincha,  o’z  vaqtlari    va  kuchlarini  alohida,  ko’pincha  muhim 

bo’lmagan,  ammo  zaruriy  bo’lib  ko’ringan  ishlarga  sarflaydilar.  Buning  natijasida 

shiddatli  ish  kunining  oxiriga  kelib,  ko’p  narsa  qilinganga  o’xshasa  ham,  muhim 

ishlar yo tugallanmay qoldilar, yoki joylaridan umuman siljimaydilar. 

Muvaffaqiyatli  menejerlar  ish  kuni  davomida  ko’pgina  muhim  masalalarni  hal 

qilishga  ulgurush  bilan,  ma’lum  vaqt  davomida  bitta  yagona  vazifani  bajarish  bilan 

band  bo’lishlari  bilan  ajratib  turadilar.  Buning  uchun  muhim  ishlarning  birinchi 

navbatdaligi  haqidagi  bir  ma’noli  qarorni  qabul  qilinishi,  ustivorlarning  tegishli 

ro’yxatini tuzish va unga rioya qilish shart-sharoitlar bo’lib xizmat qiladi. 

Ustivorlarni  belgilash,  rejaga  kiritilgan  vazifalarni  ularning  navbatliligi  bilan 

izchil va tizimli bajarish zarur, bu quydagilarga imkon beradi: 

 

e’tiborni faqat bitta vazifani bajarishga jamlash; 



 ishga maqsadga intilgandek kirishish va ma’lum  muddatlarga rioya qilish; 

 

berilgan holatlarda qo’yilgan maqsadlarga erishish; 



 

boshqalar tomonidan bajarilishi mumkin bo’lgan ishlarni chiqarib tashlash; 



 

rejaviy  davr  (hafta,  kun)ning  oxiriga  kelib  juda  bo’lmaganda  eng  muhim 



masalalarni hal qilish; 

 nizolar va stressli yuklamalaridan qochish. 



Bunda  italiyali  iqtisodchi  V.Pareto  (1848-1923)    tomonidan  shakl-lantirilgan 

tomoyilni hisobga olish zarur, unga ko’ra alohidagi kichik qismlar guruhida ularning 

bu guruh sonidagi salmoqqa ko’ra ancha katta miqdor topiladi. 



489 

 

Pareto  tomoyiligi  ko’ra  “80:20  nisbati”  belgilash  mumkin.  Bu  ish  jarayonida 



20%da    sarflangan  vaqt  (xarajat)da  80%  natijalar  (ishlab  chiqarish)ga  erishilishini 

bildiradi. Vaqtning qolgan 80% umumiy yakunning faqat 20%ni beradi.  

Demak,  boshidan  eng  oson,  sho’’baiqroq  yoki  vaqtni  kamroq  sarflanishi  talab 

qiluvchi  ishlarga  kirishish kerak  emas. Masalalarga  ularning muhimliligiga  muvofiq 

kirishish  zarur:  dastavval  ozgina  “hayotiy  muhimlar”,  keyin-  ko’p  sonli  “ikkinchi 

darajalilar”ga. 

Agar  barcha  vazifalar  ularning  yakuniy  natijalardagi  ulushlariga  muvofiq  tahlil 

qilinsa  va  keyin  ABV  usuli  bo’yicha  tahlil  qilish  yordamida kategoriyalar  bo’yicha 

taqsimlansa, Pareto tamoyili aniqlanib olinadi. Bunda tahlil shundan kelib chiqadiki, 

juda muhim va kamroq muhim ishlarning uning umumiy sonidaga foizlardagi ulushi 

umuman o’zgarmasdan qoladi. 

Pareto  tamoyiliga  ko’ra  menejerning  barcha  ishlarini  uchta  guruhga  bo’lish 

mumkin: 

 eng  muhim  ishlar  (A  kategoriyasi)  ishlarning  umumiy  sonidan  15%  yaqinni 



tashkil  qiladi,  ularning  ahamiyati  esa  (maqsadga  erishishga  qo’shilgan  ulush 

ma’nosida) 65% ga yaqinni tashkil qiladi; 

 

kamroq muhim bo’lgan ishlar (B-kategoriyasi)-ularning umumiy sonidan 20% 



ga yaqin, ularning ahamiyati 20% ni tashkil qiladi; 

 



muhim  bo’lmagan  ishlar  (V-kategoriyasi)-ularning  umumiy  sonidan  65%, 

ammo ularning ahamiyati ishlarning umumiy ahamiyatliligidan faqat 15% ga yaqin. 

Vazifani ABV usuli bo’yicha tahlil qilib chiqish tavsiya etiladi, buning uchun: 

1) ma’lum  vaqt  (o’n  kunlik,  kun  va  h.k.)da  hal  qilish  kerak  bo’lgan  barcha 

vazifalarning ro’yxatini tuzish; 

2) vazifalarning  ularning  ahamiyatliligiga  muvofiq  navbatliligini  belgilash. 

Bunda shuni nazarda tutish kerakki, vazifalarning muhimligi ularning shoshilinchligi 

bilan hech qanday umumiylikka ega emas; 

3) vazifaga tartib raqamlari berish; 

4) vazifani A,B,V kategoriyalariga muvofiq baholash: 

- faoliyatni  amalga  oshirish  uchun  qayta  topshirib  bo’lmaydigan  eng  muhim 

vazifalar ( barcha vazifalardan 15%- A-kategoriyasi); 

- boshqa  kishilarga  ijro  etish  uchun  topshirilishi  mumkin  bo’lgan  muhim 

vazifalar ( barcha vazifalardan 20%- B-kategoriyasi); 

- qayta  topshirilishi  mumkin  bo’lgan  kamroq  muhim  bo’lgan  (barcha 

vazifalardan 65% - V-kategoriyasi); 

5) o’zining  vaqtinchalik  rejasini  vazifalarining  birinchi  navbatdaligidan  kelib 

chiqqan holda mavjud vaqtni vazifalarning miqdoriga qaytadan tekshirish: 

 rejalashtirilgan vaqtning 65% (3soatga yaqini)– A-kategoriyasi vazifalari; 



 rejalashtirilgan vaqtning 20% (1soatga yaqini)- B-kategoriyasi vazifalari; 

 rejalashtirilgan vaqtning 15% (45daqiqaga yaqini)- V-kategoriyasi vazifalari; 



6)  tegishli  tuzatishlar  kiritish.  O’zining  vaqtinchalik  rejasini  A  kategoriyali 

vazifalarni hal qilishga qarata turib, B va V kategoriyalarining   muhimsizroq 

vazifalarni hal qilishga ularning miqdoriga mos keladigan vaqtni ajratish kerak; 



490 

 

7) B va V kategoriyalari vazifalarini ularni boshqalarga topshirish imkoniyatlari 



nuqtai nazaridan baholash zarur. 

Shunga  e’tiborni  qaratish  kerakki,  V  kategoriyasi  vazifalari  keraksiz 

bo’lmadalar, chunki A va V koregoriyasi vazifalari bilan bir qatorda bajarilishi kerak 

bo’lgan ko’pgina dastlabki ishlar va mashaqqatli qo’l mehnati mavjud. 

Menejer  tomonidan  ustivorliklar  haqidagi  qarorlarni  qabul  qilinishi-  shaxsiy, 

sub’ektiv  jarayondir.  Ammo  uni  hal  qilinishi  doimiy  ma’lumotlarga  asoslanishi 

kerak. 

A-kategoriyali  vazifalarni  rejalashtirish  va  aniqlashda  menejer  quyidagi 

savollarga javob berishi kerak: 

-qaysi vazifalarni bajarilishi tufayli u asosiy   maqsadlarini 

baja- 

rilishiga 



ko’proq darajada yaqinlashadi; 

-u  bitta  yagona  vazifani  bajarish  yo’li  bilan  birdaniga  bir  necha  boshqalarni 

bajarishi mumkin; 

-qaysi vazifalarni bajarilishi kattaroq foyda keltiradi; 

-kaysi vazifalarni bajarilmaganligi salbiy oqibatlarga ega bo’ladi. 

Haqiqitan  ham  muhim  ishlarni  bajarish  uchun  zarur  bo’lgan  vaqt  ko’pincha 

shoshilinch, ammo unchalik muhim bo’lmagan ishlarga sarflanadi. Juda ko’p hollarda 

shunday  vaziyat  vujudga  keladiki,  unda  rahbar  qaysi  ishga  afzallik  berish  haqidagi 

qarorni tezroq qabul qilishi kerak. D. Eyzenxauerning qoidalariga ko’ra ,ustivorliklar 

ishning shishilinchligi va muhimligi kabi mezonlar bo’yicha belgilanishi kerak. 

Shoshilinchlik va muhimlikka ko’ra quyidagilar ajratiladi: 

 shoshilinch-  muhim ishlar. Ularga darhol kirishish va o’zi bajarishi kerak: 



 shoshilinch - muhim bo’lmagan ishlar.  Bu holda shoshilinchning “hokimligi” 

ostiga  tushib  qolgan  va  natijada  faqat  bu  vazifalarni  ular  shoshilinch  bo’lganliri 

uchun  bajarish  xavfi  mavjud.  Ammo  ular  judayam  muhim  bo’lmasalar,  unda 

boshqalarga  topshirilishlari  kerak,  chunki  ularni  bajarish  uchun  qandaydir  alohidagi 

kasbiy sifatlar talab qilinmaydi; 

 

shoshilinch  bo’lmagan  -  muhim  ishlar.  Ular,  qoidaga  ko’ra,  kutib  turishlari 



mumkin.  Bu  ishlar  shoshilinchga    aylangan  va  qisqa  muddatlar  ichida  rahbar 

tomonidan  bajarilishi  kerak  bo’lgan  vaqtda  kiyinchiliklar  vujudga  keladi.  Shuning 

uchun ularning muhimligini qaytadan tekshirish va ularni bajarishni to’liqligicha yoki 

qisman xodimlarga topshirish tavsiya etiladi; 

 

shoshilinch bo’lmagan – muhim bo’lmagan ishlar. Qoidaga ko’ra, bu ishlarga  



darhol  kirishish  yoki  ularni  qo’l  ostidagilarga  topshirish  shart  emas.  Shu  ishlarning 

ba’zi birlarini arxivga yoki savatchaga jo’natish zarur. 

Shunday  qilib,  boshqaruv  ishining  unimdorligi  va  natijaligini  ancha  oshirish 

uchun  menejer  o’z  qo’li  ostidagilarni  mehnatga  undashi,  ularga  nafaqat  muhim 

bo’lmagan  (qo’lda  mashaqqat  bilan  bajariladigan)  ishlarni  topshirib,  balki  o’zining 

javobgarligi sohasiga jalb qilishi kerak. 

Qo’l  ostidagilarga  vazifalarni  hal  qilish,  o’z  vazifasi  sohasidan  ishlarni 

bajarishni  topshirish  menejerning  muhim  vazifasi  bo’ladi.  Shu  bilan  bir  vaqtda 

topshirilgan  ish  uchun  vakolatlar  va  javobgarlik  ham  topshirilishi  kerak  .  Bunda 

rahbar topshirish mumkin bo’lmagan rahbarlik uchun javobgarlikka ega bo’ladi. 




491 

 

Vakolatlarni  topshirish  uzoq  muddatga  (  uzoq  yoki  bosh  topshirish)  yoki 



cheklangan bir martali topshiriqlar (bir martali topshirish) bilan amalga oshiriladi. 

Topshirishda  xodimlarning  o’zlari  o’z  ishini  rejalashtirishlari,  ustivorliklarni 

tanlab olishlari, uni bajarish usullarini belgilashlari, uning sifatini qachon va qanday 

tekshirishni  hal  qilishlari  mumkin.  Ular  muammoning  shaxsiy  yechimlarini  qidirib 

topganliklari  yoki  ular,  rahbar-  ning  emas,  balki  guruhning  boshqa  a’zolari 

yordamida hal qilganliklari uchun rag’batlantiriladilar. 

Rahbarda rahbarlik vazifasi ( A – kategoriyasi vazifalari)ni bajarish uchun bo’sh 

vaqt  hosil  bo’ladi,  xodimlarga  esa  o’z  qobiliyatini  ochish  uchun  imkoniyat 

(motivatsiya)  beriladi,    shuning  uchun  topshirish  ham  rahbar  va  qo’l  ostidagilar 

uchun bir xilda foydalidir. Qoidaga ko’ra, qo’l ostidagilar rahbarning uslubini, agar u 

ko’p narsalarni topshirsa, ijobiy baholaydilar. 

Xodimlarni  topshirish  jarayonida  birgalikda  ishtirok  etishlari  darajasi  rahbarni 

o’z vazifasini bajarishni bilishini aks ettiradi. Shu narsa ma’lumki, o’z vakolatlarini 

muvaffaqiyatli  topshiruvchi  rahbar  samarali  menejmentni  amaga  oshiradi. 

Vakolatlarni topshirishni har kuni, iloji boricha ko’proq va ishchi vaziyat va xodimlar 

salohiyati qanchalik imkon bersa, hamda korxonani qayta tashkil qilinishi va tarkibiy 

qayta  qurilishida,  faoliyatning  yangi  sohalarini  paydo  bo’lishida,-  buning  ustiga 

nafaqat  o’zining  qo’li  ostidagilarga  emas,  balki  boshqa  bo’linmalar  va  servis 

xizmatlariga amalga oshirish tavsiya etiladi. 

Menejer aniq topshiriqlarni topshirishida o’ziga berishi kerak  bo’lgan quyidagi 

oltita yordamchi savollar mavjud: 

 Nima qilinishi kerak? 



 Buni kim qilishi kerak? 

 Nima uchun u qilishi kerak? 



 U qanday qilishi kerak? 

 Bu nimani yordamida qilishi kerak? 



 Buni qachon qilish kerak? 

Vakolatlarni  samarali  topshirish  mehnatni  tegishli  ravishda  tashkil  qilishni 

ko’zda  tutadi:  rahbar  tomonidan  vazifalarni  topshirishni  rejalashtirish  va  ularni 

bajarilishi  va  muddatlarga  rioya  qilinishi  ustidan  nazorat  varaqalari  yordamida 

nazorat qilish. 

Boshqaruv  faoliyatining  natijaliligi  uchun  vaqtini  ratsional  sarflanishi  nuqtai 

nazaridan  menejer  mehnat  jarayonini  tashkil  qilinishi  muhim  ahamiyatga  ega.  Bu 

narsa uning mehnatini shartli uch qismga bo’lishni taqazo qiladi. 

Bunga  ko’ra  ish  kunining  tashkiliy  tamoyillarini  ham  uchta  guruhga  bo’lish 

mumkin. Masalan, kunni boshlanishi qoidalari: 

1. Kunni  ijobiy  kayfiyat  bilan  boshlang.  Har  kuni  o’zingizga  quyidagi  savolni 

bering: Qanday qilib bu kun meni o’zimning maqsadlarimga etishtiradi? 

Yana quyidagi jahatlarni ham o’ylab ko’rish zarur: 

 Bugun kim bilan uchrashish zarur? 



 

Bugungi  kun  qanday  qiyinchiliklar  va  muammolarni  “tayyorlab  qo’yishi” 



mumkin, ularni qanday engib o’tish mumkin? 

2. Ishni iloji boricha bir xil vaqtda boshlang. 




492 

 

3.  Kecha  kechqurun  tuzilgan  o’zingizning  kunlik  rejangizni,  vazifalarning 



muhimligi  va  shishilinchligi  darajasini  baholab,  qaytadan  ko’rib  chiqing  va 

tuzatishlar kiriting. 

4. Ishni gazetalar va xatlarni o’qiishga qadar va iloji boricha hamkasblar va qo’l 

ostidagilar  ish  kunlarini  boshlagunlaricha,  kunning  eng  muhim  vazifalarini 

bajarishdan  boshlang,  chunki kun  davomida siz  joriy  ishlar va  har xil  chalg’itishlar 

bilan  shunchalik  band  bo’lasizqi,  eng  muhim  masalalarni  bajarishga  etarlicha  vaqt 

ajratishingiz dargumon. 

5.  Kunning  rejasi,  muddatlar  va  ustivorliklarni  kotib  bilan  muvofiqlashtirib 

oling, u faoliyat uchun muvofiq sharoitlar yaratishda sizning sherigingiz bo’ladi. 

Kunning asosiy qismlarining qoidalari: 

1.  Ishga  va  rejalashtirishga  tayyorlanish  yo’li  bilan  o’zingizning  shaxsiy  ish 

vaqtingizni tejang. 

2.  Vazifani  bajarish  uchun  qulay  muddatlarni  belgilang,  hamda  muqobil 

variantlarni toping. 

3. To’satdan paydo bo’lgan shoshilinch muammolarni hal qilishga chalg’imang. 

Har  bir  tashkilotda  ko’zda  tutilmagan  vaziyatlar  vujudga  keladi,  ammo  ularga 

chalg’ib  ketish  rejalashtirilgan  muhim    vazifalarni  ba’zi  bir  vaqtga  chetga  surib 

qo’yishga  va  buning  oqibatida,  vaqt  va  mablag’larni  qo’shimcha  sarflanishiga  olib 

keladi. 

4.  Rejalashtirilmagan  beixtiyor  harakatlardan  qoching.  Agar  siz  ish  vaqtida 

qandaydir  boshqa  narsani  qilishni  istab  qolsangiz,  masalan,  kimgadir  qo’ng’iroq 

qilishni, bu narsa sizni joriy ishingizga halaqit beradimi yoki yo’qmi, o’ylab ko’ring. 

Agar  vazifalarni  bajarishda  sizda  sho’’baiqarli  g’oya  yoki  muhim  axborot  paydo 

bo’lsa, uni  qisqacha yozib qo’ying va unga keyinroq murojaat qiling. 

5.  Muntazam  ravishda  (1  soat  ishlagandan  keyin)  qisqacha  (10 daqiqadan  ko’p 

bo’lmagan)  tanaffuslar  kiling.  Tanaffusga  dam  olish    vaqtidagi  energiyani  to’plash 

sifatida qarang. 

6.  Kichikroq  bir  turli  vazifalarni  ishchi  bloklariga  birlashtiring.  Jarayonning 

uzliksizligi tufayli vaqt tejaladi. 

7.  Boshlangan  ishni  oxirigacha  etkazishga  harakat  qiling.  Asosiy  ishdan 

chalg’ishga ancha vaqt sarflanadi, chunki unga qaytishda bir marta qilib bo’lganlarni 

yana takrorlashga to’g’ri keladi. 

8. Kutishlar va “bo’sh yurishlar”dan tashkil bo’lgan vaqtning rejalashtirilmagan 

oraliqlari, hamda  tushlik  tanaffus va  ish kuni  oxiridan oldingi  so’nggi daqiqalardan 

tayyorgarlik, rejaviy yoki qo’ldagi mashaqqatli faoliyat uchun foydalaning. 

9.  Davrga  qarshi  ishlang.  Eng  muhim  rejalashtirilgan  vazifalarni  tinchroq 

tushlikkacha  bo’lgan  vaqtda,  ya’ni  boshqa  xodimlarda  faoliyat  avjiga  chiqqan  va 

ishdagi keskinlik cho’qqiga etgan davrga qadar bajaring. Bunda “notinch” davrdan B-

kotegoriyali vazifalarni bajarish uchun foydalaning.  

10.  Muhim  ishlarni  bajarish  uchun  sizga  hech  kim  halaqit  bera  olmaydigan  bir 

tinch yoki aniq soatni zaxira qilib qoldiring. 



493 

 

11.  O’zingiz  uchun  vaqt  (1  soat)ni  belgilang,  undan  o’zingizning  kunlik  



rejangizga  kiritilgan  va  uzoq  muddatli  xarakterga  ega  muhim,  ammo  shoshilinch 

bo’lmagan ishlar, masalan malakani oshirish uchun foydalaning. 

12.Vaqt  va  rejalarni    nazorat  qiling,  hamda  o’zingizning  kunlik  rejalaringizni 

ularni  bajarilishi,  yangi  ustivorliklarni  belgilanishi  nuqtai  nazaridan  ko’p  martalab 

qaytadan tekshiring.            

Ish kuning yakunlash qoidalari :  

1. Ishning  natijalarini  nazorat  qiling,  ya’ni  ko’plik  rejada  mo’ljallanganni 

haqiqiy bajarilgan bilan qo’yilgan maqsadlar va  ulardan chetga chiqishlarni hisobga 

olish bilan solishtiring. 

2. Keyingi  kunga  rejani  vaqt  kundaligidan  foydalanish  bilan  oldingi  kuni 

kechqurun tuzing. 

3. Uyingizga yaxshi kayfiyat bilan jo’nang. Hayotning ijobiy tarzdagi ma’nosida 

har bir kun qanday sifat boylikka egaligini his qilish muhimdir. 

 Bu  qoidalar  kunlik  rejani  tuzish  uchun  ishga  undovchi  bo’lib  xizmat  qilishlari 

kerak. 

Yana  shuni  hisobga  olish  kerakki,  odamning  ishlash  qobiliyati  ma’lum 

o’zgarishlarga moyildir. Uning kun davomidagi o’rtacha statistik o’zgarishlarini  4-

rasmda tasvirlangan egri chiziq ko’rinishida tassavvur qilish mumkin 

 

 

Rasmdan ko’rinishicha: 



Is

h

la



sh

 q

o



b

il

iy



at

                        8   9   10   11   12   13   14   15   16   17   18   19   



 

                                   Sutkaning vaqtlari 




Download 6,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   481




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish