Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti


Makaron mahsulotlarini qalbakilashtirish



Download 1,82 Mb.
bet25/123
Sana31.03.2023
Hajmi1,82 Mb.
#923389
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   123
Bog'liq
Tovarlarni identifikatsiyalash va qalbakilashtirish lotin

Makaron mahsulotlarini qalbakilashtirish. Assortiment koʻrsatkichlarini mahsulotlarning tashqi koʻrinishiga (shakli, rangiga) qarab identifikatsiyalash juda oson boʻlganligidan, ularni qalbakilashtirish esa behudaligidan, chunki bu ish jiddiy foyda yoki raqobatda ustunlik bermasligidan, assortimentni qalbakilashtirish deyarli uchramaydi.
Kvalimetrik qalbakilashtirish koʻpincha ancha qimmat turadigan makaron unini non uniga yoki oliy navli unni 1-navli unga qisman yo boʻlmasa butunlay almashtirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, natural qoʻshimchalar (tuxum, sut, tomat pastasi, shpinat va boshqalar) qoʻshilgan makaron mahsulotlarini ushbu qoʻshimchalarni mahsulotga kerakli rang beradigan sintetik oziq-ovqat qoʻshimchalari bilan almashtirish yoʻli bilan kvalimetrik qalbakilashtirish mumkin. Bunda mahsulotlarning oziq-ovqat sifatidagi qimmati ancha yomonlashadi, biroq ularning tannarxi ancha pasayadi, bu esa qalbakilashtirishni foydali qiladi.
Yuqorida eslatib oʻtilgan identifikatsiyalash belgilari boʻyicha mahsulotni koʻzdan kechirish qalbakilashtirishni aniqlash usullari boʻlib xizmat qiladi. Oliy navli makaron unidan tayyorlangan makaron mahsulotlari sarg’imtir-oq rangda, mahsulotning singan joyi shishasimon koʻrinishda boʻladi, non unidan tayyorlangan makaron mahsuloti esa toza oq rangda, singan joyida unli konsistensiyaga ega boʻladi. Bu usulga qoʻshimcha oʻlaroq, sinash uchun makaronni qaynatib koʻrish mumkin. Non unidan, ayniqsa shishasimonligi past boʻlgan undan tayyorlangan mahsulot qaynatilganida u juda shishib ketadi, makaron donalari bir-biriga yopishib qoladi, makaron qaynatilgan suv juda loyqa boʻlib, suvga un zarralari aralashgan boʻladi.
Unning navi sohtalashtirilganligini aniqlash uchun rangni aniqlash ishonchli belgi boʻlmaydi, chunki un oqartirilgan boʻlishi mumkin. Bundan koʻra ishonchliroq natijalarga un tarkibidagi kulni va/yoki kletchatkani aniqlash yoʻli bilan erishish mumkin.
Makaron mahsulotlarining miqdorini qalbakilashtirish mahsulotni qadoqlayotganda kam solish yoki qadoqlash yoxud xaridorga berish vaqtida mahsulot parchalarini va ushoqlarini solish tarzida amalga oshiriladi.


Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish