O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/190
Sana09.08.2021
Hajmi8,04 Mb.
#143320
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   190
Bog'liq
6WykhD8VuKZEbWP11T4DlJxmooeGqc8TecntqaXc

“Jamiyat”  deganda  barcha  insoniy  munosabatlar  (aloqalar)  yig‘indisi  tushuniladi.  YAna  bir 
manbada  “jamiyat”  tushunchasi  ma’lum  bir  hududni  egallagan,  oz  yoki  ko‘p  darajada  o‘zining 
boshqalardan farqlanuvchi madaniyati va institutlariga ega bo‘lgan odamlarning o‘zini o‘zi abadiylashgan 
yig‘indisi, deyiladi.
24
 
Jamiyat  institutlar  va  birliklarning  o‘zaro  munosabatlarini  qo‘llab-quvvatlaydigan,  yangi  sotsial 
tuzilmalarni  integratsiyalaydigan,  o‘z  mantig‘idan  kelib  chiqib  aholining  asosiy  qismini  o‘ziga 
bo‘ysundiradigan, mazkur hududda yashovchi odamlar o‘z xatti-harakatlaridagi turli tuman sotsial o‘zaro 
ta’sirlar  va  aloqalarni  yagona  negizga  uyushtirishga  undovchi  va  o‘zini  o‘zi  muvofiqlashtirish 
mexanizmlariga egadir. Jamiyat – odamlar, birliklar va tuzilmalar o‘zaro ta’sirlari va aloqalarining tarixan 
rivojalanuvchan,  ularning  birgalikda  yashash  jarayonida  o‘zgarib  boradigan  va  tarkib  topadigan  yaxlit 
tizimdir.
25
  
Jamiyatni o‘ziga xos belgilari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: 1)sotsiallik; 2)jamiyat a’zolari 
(insonlar) o‘rtasida o‘zaro ta’sir va bog‘lanishlarning mavjudligi; 3)ma’lum bir hududga ega bo‘lish (sotsial 
makon); 4)sotsial zamonning (vaqtning) mavjudligi; 5)o‘zini o‘zi boshqarishi va muvofiqlshtirishi, o‘zini 
o‘zi  namoyon  qilishi,  sotsial  jarayonlarni  o‘z-o‘zidan  anglashi;  6)sotsial  institutlarning  mavjudligi; 
7)odamlarning ongi, irodasi va faoliyatini har qanday o‘zgarishlarga ta’sir etib turishi; 8)sotsial strukturaning 
mavjudligi.
26
 
Jamiyatning  strukturaviy  komponentlari
27
  -  ular  ko‘plab  individlar  (shaxslar);  odamlar  tomonidan 
bajariladigan  sotsial  rollar;  o‘z  ichiga  hududiy,  etnik  va  boshqa  birliklarni  olgan  sotsial  struktura; 
odamlarning bir-birlariga o‘zaro ta’siri. 
  Jamiyat yaxlit tizim sifatida turli tuman unsurlardan (faoliyat turlari, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy 
guruhlar, birliklar, institutlar va uyushmalar) iborat. Ularning barchasi bir-birlariga mustahkam bog‘langan 
bo‘lib,  ularning  jamlanmasi  bir  butunlikni  (yaxlit  jamiyatni)  tashkil  etadi.  «Struktura»  (tuzilma) 
tushunchasi  (lotincha  “structura”  –  tuzilish,  tuzilma,  joylashish  tartibi,  tartib)  umumiy  ma’noda  bir 
butunning u yoki bu darajadagi barqaror unsurlari yoki ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni anglatadi.  
Biz  xorijiy  adabiyotlardan  foydalanishda  qiyinchilik  tug‘ilmasligi  uchun  «tuzilma»  tushunchasini 
xalqaro miqyosda  qabul qilingan  shakli –  «struktura» atamasiishlatamiz.  Struktura  jamiyatning  tarkibiy 
qismlarini  turli  tartibszliklar  aralashmasidan  iborat  holda  yashashiga  yo‘l  qo‘ymaydigan,  ularni 
muvofiqlashuviga shart-sharoitlar yaratib beradigan o‘ziga mexanizm vazifasini ham bajaradi.  

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish