O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/190
Sana09.08.2021
Hajmi8,04 Mb.
#143320
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   190
Bog'liq
6WykhD8VuKZEbWP11T4DlJxmooeGqc8TecntqaXc

Struktura–  ob’ektning  bir  butunligini  va  uning  o‘ziga  o‘zi  aynanligini,  ya’ni  turli  ichki  va  tashqi 
o‘zgarishlarda o‘zining asosiy xususiyatlarini  saqlay olishini ta’minlovchi barqaror aloqalar  yig‘indisidir. 
Struktura  aksariyat  holatlarda  “nimanidir  tarkibiy  qismlarini  o‘zaro  joylashishi  va  o‘zaro  aloqalari”  yoki 
“ma’lum bir tuzilish va tuzilmaga ega bo‘lgan narsa” ma’nolarida ishlatiladi.
28
  
Struktura - birinchidan, bu unsurlarni ma’lum bir model sifatida namoyon qilish, masalan, qandaydir 
institutlashtirilgan  sotsial  tasniflashni  (rollar,  tashkilotlar  va  boshq.)  “tuzilgan  struktura”  yoki  “bandlik 
strukturasi”  sifatida  tartibga  solish;  ikkinchidan,  ustki  struktura  asosida  yotuvchi  (ayniqsa  qiyosiy 
                                                           
24
Джери Дж.,Джери Дж. Большой толковый социологический словарь. Том 1. –Москва:ВЕЧЕ.АСТ, 1999.-С.508. 
25
Ўша жойда.-С.159. 
26
Ўша жойда.-С.160-163. 
27
Компонент [лот. componens (compo-nentis) тузувчи, ташкил этувчи, ҳосил қилувчи] – ниманидир таркибий қисми. 
28
Локшина С.М. Краткий словарь иностранных слов.-10-е изд., стер.-Москва: Рус.яз., 1988.-С.488. 


35 
 
grammatikada) qoida, tartibdir (“chuqur struktura” - Levi-Stross ta’biricha). Ingliz otsiolog olimi Giddens 
uchun  “struktura”  tushunchasi  sotsial  tizimlarni  qaytarilishi  va  takrorlanishida  saqlanadigan  “qoidalar  va 
imkoniyatlar”ga taalluklidir.
29
  
Giddens  jamiyatning  sotsial  strukturasi  tushunchasini  o‘ziga  xos  xususiyatlarini  ochib  berish 
barobarida, uni funksionalizm tarafdorlari talqinidagi noaniqliklar va engil-elpi ta’riflashlarni keskin tanqid 
qilib quyidagi fikrlarni ilgari surdi: “Strukturatsiya nazariyasini o‘zagini tashkil etgan muhim tushunchalarni 
ko‘rib chiqamiz: «struktura», «tizim» va «strukturaning dualligi (ikki taraflamaligi)». Hech shubhasiz aytish 
mumkinki,  ularning  ichida  birinchisi  –  struktura  (yoki  «sotsial  struktura»)  –  funksionalizm  oqimi 
tarafdorlari ichida juda ham ommaviylashib ketdi va ular o‘z nomidan kelib chiqib ham  «strukturalizm» 
an’analari oldida o‘z burchini bajarishga urindi. Lekin, barcha nazariyalar ham bu tushunchaga sotsial-ilmiy 
nazariyalarning talablari darajasida ta’rif bera olmadi. Funksionalizm tarafdorlari va ularning tanqidchilari 
o‘zlarining asosiy diqqat-e’tiborini faqat «funksiya» tushunchasiga qaratib, «struktura»ga oid tasavvurlarga 
muhim e’tibor bermadi; shu tariqa, bu tushunchaning ahamiyati eski holidan nariga o‘tmadi. 
SHu  bilan  birga,  biz  funksionalizm  tarafdorlari  «struktura»  deganda  nimani  tushunishini  yaxshi 
bilamiz.  Lekin,  darhaqiqat,jamiyatshunos-tahlilchilar  bu  tushunchani  sotsial  munosabatlar  va  hodisalarni 
o‘ziga xos «modellashtirish» deb tushunadi. Ko‘pincha struktura tushunchasi skelet yoki organizm tuzilishi, 
yoki bino sinchi (qobirg‘asi) kabi ko‘zga ilinmas tasavvurlar shaklida talqin etildi. Bu yondashuv va unga 
tegishli  tushuncha  sub’ekt  va  sotsial  ob’ektning  ikki  taraflamaligi  (dualligi)  bilan  mustahkam  ravishda 
o‘zaro bog‘liqlikda talqin etildi: bunda «struktura» insoniy faoliyatga nisbatan qandaydir «tashqi» holatni 
ifodalab,  mustaqil  sub’ektning  erkin  tashabbuslarini  chegaralashni  keltirib  chiqaruvchi  manba  ma’nosini 
bera  boshladi.  Strukturalizm  doirasida  paydo  bo‘lgan  strukturaga  doir  tasavvurlar  bizga  qiziqarli  bo‘lib 
tuyuladi.  Bunda,  struktura  haqida  so‘zlaganda,  biz  u  yoki  bu  sotsial  munosabatlar  va  hodisalarning 
modellarini emas, balki mavjudlik va mavjud emaslikning (yo‘qlikning)o‘zaro kesishgan nuqtasini nazarda 
tutamiz; shu tarzda,  yuzaki namoyon bo‘lishdan kelib chiqqan holda uning poydevori - asos solinadigan 
prinsiplari chiqarib tashlanadi”.
30
 
Giddens  “sotsial  struktura”  va  “tizim”  tushunchalaridagi  farqlanish  va  bir-birini  to‘ldirish 
xususiyatlarini ochib beradi, shuningdek ularga doir izlanishlarni yanada chuqurlashtirishning istiqboldagi 
vazifalariga to‘xtaladi: “Dastlabki qarashda strukturaga doir yuqorida keltirilgan tasavvurlar umumiylikka 
hech  qanday  daxli  yo‘qdek  ko‘rinadi.  Lekin,  aslida  ularning  har  biri  sotsial  munosabatlarni 
strukturalashning  muhim  jihatlariga  tegishlidir.  Bu  jihatlar  strukturalashtirish  (strukturatsiya)  nazariyasida 
«struktura» va «tizim» tushunchalariga differensiyaviy (bir butunni bo‘laklarga va farqlanuvchi jihatlariga 
qarab  o‘rganish)  yondashuv  vositasida  anglab  etiladi.  Sotsial  munosabatlarni  tahlil  qilar  ekanmiz,  biz 
mummmoning, bir tomondan, sintagmatik
31
 jihatlari – sotsial munosabatlarni vaziyatli amaliyotini takror 
yaratishni o‘z ichiga olgan holda makonda va zamonda modellashtirish, ikkinchi tomondan, shu kabi takror 
yaratish  jarayonida  muttasil  ravishda  ishtirok  etuvchi  «strukturalashning  usullari»ni  ma’lum  sharoitlarda 
tartibga  solishni  nazarda  tutishga  qaratilgan  paradigmaviy
32
  «o‘lchash»ni  e’tiborga  olishimiz  zarur 
bo‘ladi”.
33
 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish