O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar


Turli konfessiyalarning teng xuquqligi



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/190
Sana09.08.2021
Hajmi8,04 Mb.
#143320
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   190
Bog'liq
6WykhD8VuKZEbWP11T4DlJxmooeGqc8TecntqaXc

Turli konfessiyalarning teng xuquqligi. O‘zbekiston ko‘pkonfessiyali mamlakat hisoblanadi. 130 dan 
ortiq  millatga  mansub  31  milliondan  ziyod  aholi  16  ta  diniy  konfessiyaga  e’tiqod  qiladi.  Istiqlolning  ilk 
kunlaridan  boshlab,  respublikamizda  e’tiqod  erkinligi  qonun  an  kafolatlandi,  diniy  an’ana  va  qadriyatlar 
rivojlanishi uchun keng imkoniyat va shart-sharoitlar yaratila boshlandi. Bugungi kunga kelib, yurtimizda 2200 
dan ziyod diniy tashkilot rasman faoliyat yuritadi. Yildan-yilga aholi, jumladan, yoshlar o‘rtasida milliy o‘zlikni 
anglash,  milliy-diniy  qadriyatlarga  hurmat,  ma’naviy  kamolotga  intilish  hissi  muntazam  o‘sib  bormoqda. 
Odatda, jamiyatda tinchlik-osoyishtaliq barqaror va izchil taraqqiyotni ta’minlashda turli dinlarga mansub aholi 
o‘rtasidagi  totuvlik,  hamjihatlik  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Hozirgi  kunda  respublikamiz  ijtimoiy-siyosiy 
barqarorliq dinlararo va millatlararo totuvlik buyicha dunyodagi 230 ga yaqin mamlakat ichida etakchi o‘rinda 
turadi, desak hech mubolag‘a bo‘lmaydi. SHunday ekan, «yurtimizda turli millat va diniy konfessiyalar vakillari 
o‘rtasida  totuvlikni,  fuqarolararo  ahillikni  ko‘z  qorachiqiday  asrash,  yaqin  va  uzoq  qo‘shnilarimiz  bilan 
hamkorlik  va  hamjihatlikda  yashash,  jamiyatimizda  mehr-oqibat,  sahovat  va  bag‘rikenglik  muhitini  yanada 
kuchaytirish har birimizning muhim vazifamiz bo‘lib qolishi zarur»
257

Mamlakatimizda diniy bag‘rikengliq konfessiyalararo do‘stlikni, fuqarolarning dinga munosabatidan qat’i 
nazar qonunoldida tengligini ta’minlash, ular o‘rtasida nizo yoki kelishmovchilik kelib chiqishining oldini olish 
davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. YUrtboshimiz ta’kidlaganidek, hayotning o‘zi bizga turli millat, e’tiqod va 
din vakillari o‘rtasida o‘zaro hurmat hukm surgan sharoitdagina umumiy xonadonimiz, umumiy kelajagimiz va 
farzandlarimiz kelajagini qurish mumkinligini ko‘rsatib turibdi»
258
. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 31-
moddasiga binoan, hamma uchun vijdon, imon-e’tiqod erkinligi kafolatlanadi, shu bilan birga, diniy qarashlarni 
majburlab singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Konstitutsiyamizning 20-moddasida shunday deyiladi: «Fuqarolar o‘z 
huquq  va  erkinliklarini  amalga  oshirishda  boshqa  shaxslarning,  davlat  va  jamiyatning  qonuniy  manfaatlari, 
huquqlari va erkinliklariga putur etkazmasligi shart»
259
. YA’ni, har bir fuqaro unga berilgan huquq va erkinliklar, 
jumladan, e’tiqod erkinligidan foydalanishda mamlakat tinchligi, dinlararo totuvlikka, millatlararo ahillikka zarar 
keltirmasligi lozim. O‘zbekiston Respublikasi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi Konstitutsion 
Konunining  4-moddasida  aytilishicha,  barcha  fuqarolar  dinga  munosabatidan  qati  nazar  qonunoldida  teng 
bo‘lib,  biror  shaxs  diniy  e’tiqodini  ro‘kach  qilgan  holda  qonundan  chetga  chiqishi  mumkin  emas.  Ushbu 
Qonunning 5-moddasiga ko‘ra: «Hech bir dinga yoki diniy e’tiqodga boshqalariga nisbatan biron-bir imtiyoz 
yoki  cheklashlar  belgilanishiga  yo‘l  qo‘yilmaydi.  Davlat  turli  dinlarga  e’tiqod  qiluvchi  va  ularga  e’tiqod 
qilmaydigan  fuqarolar,  har  xil  e’tiqodlarga  mansub  diniy  tashkilotlar  o‘rtasida  o‘zaro  murosa  va  hurmat 
o‘rnatilishiga  ko‘maklashadi,  diniy  va  o‘zga  mutaassiblikka  hamda  ekstremizmga,  munosabatlarni  qarama-
                                                           
256
 Қаранг: Қуръони карим маъноларининг таржима ва тафсири. Таржима ва тафсир муаллифи: Шайх Абдулазиз 
Мансур. – Т.: «Тошкент ислом университети, 2006.  
257
 Каримов И.А. Мамлакатни модернизация қилиш ва иқтисодиётимизни барқарор ривожлантириш йўлида. Т. 16.  – Т.: 
Ўзбекистон, 2008. Б. 60-61.  
258
 Каримов И.А. Ватан саждагох каби муқаддасдир. Т.3. – Т.: Ўзбекистон, 1996.  Б. 206.  
259
 Ўзбекистон Республикаси Конституцняси. – Т.: Ўзбекистон, 2009. Б. 6. 


212 
 
qarshi  qo‘yish  va  keskinlashtirishga,  turli  konfessiyalar  o‘rtasida  adovatni  avj  oldirishga  qaratilgan  xatti-
harakatlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Davlat diniy konfessiyalar o‘rtasidagi tinchlik va totuvlikni qo‘llab-quvvatlaydi». 
Ko‘rinib turibdiki, agar har  bir O‘zbekistonlik  mazkur huquqiy  asoslarga  to‘liq  amal qilsa, boshqalarni ham 
shunga  chaqirsa,  diyorimizdagi  tinchlik-osoyishtalik  mustahkamlanaveradi,  barqaror  rivojlanish  bir  maromda 
davom etaveradi. 
Bugun  yurtimizda  130  dan  ortiq  millat  va  elat  vakillari  bir  oila  farzandlaridek,  teng  huquqlilik  hamda 
o‘zaro hamjihatlik sharoitida yashab, Vatanimizni yanada ravnaq toptirish  yo‘lida mehnat qilib kelishmoqda. 
Ularning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ta’lim olishlari, qiziqish va layoqatlari bo‘yicha 
kasb-hunar  egallashlari,  madaniyatlari,  an’ana  hamda  qadriyatlarini  saqlash,  rivojlantirishlari  uchun  barcha 
zaruriy shart-sharoitlar yaratib berilgan. Bunday e’tibor natijasida ko‘p millatli xalqimizning boy tarixiy-madaniy 
merosi  qayta  tiklandi,  qadr  topdi.  SHuningdek,  asosiy  Qonunimizda  ham  boshqa  millat  vakillarining  haq-
huquqlari kafolatlangan, jumladan: “O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va 
elatlarning  tillari,  urf-odatlari  va  an’analari  hurmat  qilinishini  ta’minlaydi,  ularning  rivojlanishi  uchun  sharoit 
yaratadi”  (4-modda).  Mustaqil  va  mustahkam,  aholining  turli  qatlamlari  tomonidan  qo‘llab-quvvatlanadigan 
fuqarolik institutlarini shakllantirish, ijtimoiy  ahamiyatga molik muammolarga  echim topishda ularning  rolini 
oshirish,  fuqarolarning  ijtimoiy-siyosiy,  sotsial-iqtisodiy  faolligini  kuchaytirishda  davlatimiz  rahbarining 
O‘zbekistonda  fuqarolik  jamiyati  institutlari  rivojlanishini  qo‘llab-quvvatlashga  ko‘maklashishga  oid  chora-
tadbirlarga doir qarori muhim poydevor bo‘ldi. Unda jamiyatni demokratlashtirish, mamlakatni isloh etish va 
modernizatsiya qilish, fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan, NNT rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash hamda 
ularning  faoliyat  doirasini  kengaytirish  jarayonlarini  chuqurlashtirish  asosiy  vazifalardan  biri  sifatida  belgilab 
berildi. Mamlakatimizning barqaror rivojlanishi va ravnaq topishi, dunyoning rivojlangan demokratik davlatlari 
qatoridan o‘rin egallashi, ko‘p millatli xalqimiz farovonligini oshirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan 
biri bo‘lmish fuqarolik institutlarini shakllantirish va rivojlantirish bilan chambarchas bog‘liqdir. Zero, fuqarolik 
jamiyati  institutlari  rolini  kuchaytirish,  hech  mubolag‘asiz,  mamlakatimizni  demokratlashtirish,  uning 
jahonhamjamiyatiga  integratsiyalashuvi,  jamiyatimizda  millatlar  va  dinlararohamjihatlik,  barqarorlikni 
ta’minlash bo‘yicha oldimizga qo‘yilgan maqsadlarni ro‘yobga chiqarishning hal qiluvchi omili hisoblanadi. 
 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish