O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar


Millatlararo totuvilik - umumbashariy qadriyat



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/190
Sana09.08.2021
Hajmi8,04 Mb.
#143320
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   190
Bog'liq
6WykhD8VuKZEbWP11T4DlJxmooeGqc8TecntqaXc

Millatlararo totuvilik - umumbashariy qadriyat. Er yuzidagi 1600 dan ortiq millatdan bor-yo‘g‘i 200 
ga  yaqini  o‘z  davlatchiligiga  ega,  xolos.  Bunday  sharoitda  butun  dunyoda  millatlararo  totuvlikni  ta’minlash 
uchun  ularning  manfaatlari,  ruhiyati,  intilishlarini  muntazam  o‘rganib  borish,  siyosiy-ijtimoiy  hayotda  buni 
doimo e’tiborga olish zarur. 
                                                           
251
 Қаранг: Ўзбекистон Миллий энциклопедияси. 1-том. - Т.: 2000.  


204 
 
Jahon  tajribasi  millatlararo  totuvlikni  ta’minlashga  bir  yoklama,  yuzaki  yondashuv  jiddiy  muammolar 
keltirib chiqarishini ko‘rsatdi. Xususan, davlatga o‘z nomini bergan (titul) millat bilan o‘sha joyda yashaydigan 
boshqa millat va elat vakillari orasidagi munosabatlar jiddiy e’tiborni talab qiladi. Aks holda, jamiyat hayotidagi 
tinchlik  va  barqarorlik  izdan  chiqishi  mumkin.  Bu  masala  bizning  mamlakatimiz  uchun  ham  juda  muhim. 
O‘zbekiston hududida kadimdan ko‘plab millat va elat vakillari bahamjihat istiqomat qilib kelgan. Ular o‘rtasida 
asrlar  davomida  milliy  nizolar  bo‘lmagani  xalkimizning  azaliy  bag‘rikengligini  ko‘rsatadi.  Millatlararo 
munosabatlarda  uyg‘unlik  vujudga  kelgan  mamlakatlarda  ko‘p  millatlilik  jamiyatning  siyosiy-iqtisodiy 
rivojlanishiga samarali ta’sir etadi. Mamlakatimiz Konstitutsiyasida, «O‘zbekiston xalqini millatidan qat’i nazar, 
O‘zbekiston  Respublikasining  fuqarolari  tashkil  etadi»,–  deb  ta’kidlanishi,  «Fuqarolar  saylov  huquqdarining 
kafolatlari  to‘g‘risida»gi  Qonunda  esa  barcha  fuqarolarga  ijtimoiy  kelib  chiqishi,  ijtimoiy  va  mulkiy  mavqei, 
irqiyva milliy mansubligi, jinsi, ma’lumoti, tili, dinga munosabati, mashg‘ulotining turi va xususiyatidan qat’i 
nazar,  teng  saylov  huquqining  berilishi  belgilab  qo‘yilganligi  ana  shu  bag‘rikenglikning  zamonaviy  siyosiy-
huquqiy ifodasidir. 
«O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari 
va an’analarini hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi». Konstitutsiyamizda 
belgilab  qo‘yilgan  ushbu  qoida  ham  hayotda  o‘zining  amaliy  ifodasini  topmoqda.  Respublikamizda  milliy-
madaniy ehtiyojlarni qondirishning muhim mexanizmiga aylangan 120 ga yaqin milliy-madaniy markaz faoliyat 
ko‘rsatayotgani fikrimizning dalilidir. Bundan buyon ham qo‘lga kiritilgan yutuklarni yanada mustahkamlash, 
mamlakatimizda yashab kelayotgan millatlarni o‘zaro hamjihatlik ruhida tarbiyalash milliy istiqlol mafkurasining 
asosiy maqsadlaridan biridir. 
Jamiyatda  millatlararo  totuvlik  barqaror  bo‘lishini  ta’minlash  yo‘lidagi  amaliy  ishlar  ma’naviy-ruhiy 
jarayonlarda ham o‘z ifodasini topmoqda. Ushbu jarayonga xos xususiyatlarga to‘xtalishdan oldin metodologik 
ahamiyatga  ega  bir  masalaga  diqqatni  qaratish  lozim.  Ma’lumki,  ommaviy  axborot  vositalarida  ham,  ilmiy 
adabiyotlarda  ham  boshqa  mamlakatlarda  yashovchi  turli  millat  va  elat  vakillarining  o‘z  milliy  davlatlariga 
bo‘lgan munosabatlarini ifodalash uchun  aksariyat hollarda  «etnik vatan»  yoki  «tarixiy vatan»  tushunchalari 
ishlatib kelinmoqda. Bu tushunchalarning to‘g‘riligini inkor etmagan holda, ularni o‘rinsiz qo‘llash hollari ham 
mavjudligini ta’kidlash zarur. Masalan, yurtimizda istiqomat qiluvchi tojiklar uchun Tojikiston, qirgizlar uchun 
Qirgiziston, qozoqlar uchun Qozog‘iston, turkmanlar uchun Turkmaniston hech qachon etnik yoki tarixiy Vatan 
bo‘la olmaydi. Bizningcha, «etnik vatan» va «tarixiy Vatan» tushunchalari deyarli bir xil mazmunga ega bo‘lib, 
xalqning tarixan etnik birlik sifatida shakllangan hududini anglatadi. Nomlari zikr qilingan millatlarning bir qismi 
esa tarixan hozirgi O‘zbekiston hududida yashab kelgan va bugungi kunda qo‘shni davlatlarga nom berib siyosiy 
jihatdan uyushgan qismi bilan bog‘liq holda yagona etnos sifatida rivoj topgan. Demak, ular tarixan shu hududda 
yashab,  etnosning  bir  kismi  sifatida  shakllanganlar.  SHunday  ekan,  yuqoridagiga  o‘xshash  kabi  holatlarni 
ifodalash  uchun  «etnosiyosiy  vatan»  tushunchasini  ishlatish  o‘rinlidir.  Zero,  diaspora  vakillarining  u  yoki  bu 
mamlakatga bo‘lgan kiziqish va intilishlari ushbu hududda etnosning katta yoki asosiy qismi yashayotgani bilan 
emas, balki ularning muayyan davlat birligiga uyushgani bilan belgilanadi. Kishilarning etnik (tarixiy) Vataniga 
intilishlari  ham  aksariyat  hollarda  aynan  milliy  davlatchilikning  mavjudligi  va  shundan  kelib  chiqadigan 
imkoniyatlarning kengligi bilan bog‘liq bo‘ladi. 
Mamlakatimizga  tatbiqan  olinganda  esa,  etnik(tarixiy)  Vatani  qaerda  bo‘lishidan  qat’i  nazar, 
fuqarolarimizda  «O‘zbekiston  –  yagona  Vatan»  degan  tuyg‘u  qaror  topganini  bugungi  kunda  kechayotgan 
ma’naviy-ruhiy jarayonlarning asosiy xususiyati sifatida qayd etish lozim. 
 
 


205 
 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish