O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/190
Sana09.08.2021
Hajmi8,04 Mb.
#143320
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   190
Bog'liq
6WykhD8VuKZEbWP11T4DlJxmooeGqc8TecntqaXc

Diniy qadriyatlarni hurmatlash. Er kurrasida eng ko‘p tarqalgan, jahon xalqlarining asosiy qismi e’tiqod 
qiluvchi  va jahon  dinlari  deb  tan olingan  dinlar:  buddaviyliq xristianlik  va  islom  dinidir.  Din inson  hayotida 
muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ba’zi murakkab ijtimoiy, ma’naviy, ruhiy vazifalarni ham bajaradi. Xususan, u 
aholini eng oliy ruhiy, axloqiy va ma’naviy qadriyatlardan, tarixiy va madaniy merosdan baxramand qilishga 
xizmat qiladi. Ayni paytda, har bir din turli urf-odat, marosim va bayramlar yordamida o‘z qavmi turmushini 
tartibga solish, nazorat kilishga ham xizmat qiladi. SHu bilan birga, dinda qabul qilingan urf-odatlarning unga 
e’tiqod qiluvchilar tomonidan o‘z vaqtida amal qilib borilishi ham shart qilib qo‘yilishini ta’kidlash zarur. Diniy 
bag‘rikenglik (tolerantlik) – xilma-xil diniy e’tiqodida bo‘lgan kishilarning olijanob g‘oya va niyatlar  yo‘lida 
hamkor va hamjihat bo‘lib yashashi, kishilik jamiyati ravnaqi yo‘lida xizmat qilishini anglatadi. Hozirda bu g‘oya 
ezgulik  yo‘lida  nafaqat  dindorlar,  balki  jamiyatning  barcha  a’zolari  hamkorligini  nazarda  tutadi.  Diniy 
bag‘rikenglik tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, ozod va obod Vatan qurishning muhim shartidir. 
Qadimdan  diyorimizda  buddaviyliq  zardushtiyliq  nasroniylik,  yahudiylik,  islom  dinlari  yonma-yon 
yashab  kelgan,  madaniyat  markazlari  hisoblangan  shaharlarimizda  masjid,  cherkov,  sinagogalar  faoliyat 
ko‘rsatgan. Ularda turli millat, elat va dinga mansub xalqlar, qavmlar o‘z diniy amallarini emin-erkin ado etgan. 
Vatanimiz tarixining eng murakkab, ziddiyatli, og‘ir davrlarida ham yurtimizdagi mavjud din vakillari orasida 
diniy asosda mojarolar bo‘lgan emas. Bu yurtimiz xalqlarining diniy bag‘rikenglik borasida katta tajribaga ega 
bo‘lganidan dalolat beradi. 
Hozirda mamlakatimizda o‘n olti konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularga 
o‘z diniy marosimlarini o‘tkazish va mamlakat hayotida faol ishtirok etish uchun zarur barcha shart-sharoitlar 
yaratilgan. Bu boradagi huquqiy asoslar O‘zbekiston Konstitutsiyasida, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar 
to‘g‘risida»gi qonunda mustahkamlab qo‘yilgan. 
Ma’lumki,  dunyodagi  dinlar  asl  mohiyatiga  ko‘ra,  ezgulik  g‘oyasiga  asoslanadi  va  tinchliq  yaxshilik, 
do‘stlik kabi xususiyatlarga tayanadi. Odamlarni xalollik, poklik, mehr-shafqat, birodarlik va bag‘rikenglikka 
da’vat etadi.  Inson hayotining  asl maqsadi inson va tabiatga nisbatan odilona, oqilona munosabatda bo‘lish, 
doimo yaxshi, savobli ishlarni amalga oshirishdan iboratligini ta’kidlaydi. SHunday ekan, haqiqiy diniy qarashlar 
ortida diniy bag‘rikenglik yotadi. 
Butungi  globallashuv  tendensiyalari  turli  sohalarda  tobora  avj  olayotgan,  natijada  u  yoki  bu  hududda 
etakchi mavqega ega bo‘lish uchun goh yashirin va goh ochiqchasiga mafkuraviy, ayrim hududlarda geosiyosiy, 
geostrategik  manfaatlar  o‘zaro  to‘qnashayotgan,  bir-birlari  bilan  ziddiyatga  kirishayotgan  davrda  diniy 
g‘oyalardan foydalanish ham ba’zi siyosiy «o‘yinchi»lar uchun asosiy omillardan biri deb qaralmoqda. Ayniqsa, 
ayrim mintaqalarda islom dinidan foydalanishga urinish keng avj olmokda. 
Bugun  mustaqillikka  erishgan  Markaziy  Osiyo  davlatlari  demokratok  jamiyat  qurish  yo‘lidan  jadal 
odimlab  borishmoqda.  Biroq  buni  istamayotgan  xorijiy  siyosiy  kuchlar  xalqlar  o‘rtasiga  nifoq  solish,  turli 
ekstremistik, buzg‘unchi g‘oyalarni bayroq qilib olib mintaqaviy birlik va hamjihatlikka putur etkazishga, islom 


210 
 
diniga  azaliy  xos  bo‘lgan  bag‘rikenglik,  hamjihatlik,  ezgulik  kabi  qadriyatlarga  zid  xatti-harakatlarni  amalga 
oshirishga intilmoqdalar. Bu ijtimoiy taraqqiyot va demokratlashtirish jarayonlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. 
Diniy  bag‘rikenglik,  ya’ni  nafaqat  boshqa  diniy  konfessiya  vakillariga  nisbatan  sabr-bardoshli  bo‘lish, 
balki diniy e’tiqod erkinligiga huquqiy jihatdan ega o‘z vatandoshlariga nisbatan ham bag‘rikeng, sabr-kanoatli 
bo‘lish  demokratok  jamiyatning  asosiy  tamoyillaridan  biridir.  Demokratok  davlat  aynan  shunday  tamoyilga 
tayanadi, diniy e’tiqod erkinligini kafolatlaydi. Diniy va milliy bag‘rikenglik demokratok davlat va jamiyatning 
muhim  talabi  ekanining  yana  bir  muhim  jihati  shundaki,  bag‘rikenglik  fuqarolararo  totuvlikni  ta’minlaydi, 
jamiyatda tabiiy ravishda uchraydigan ijtimoiy farqlarning keskinlashuviga, ijtimoiy nizolarning yuzaga kelishiga 
yo‘l qo‘ymaydi. Birinchi Prezidenti Islom Karimov shu munosabat bilan milliy g‘oyamiz salohiyatidan to‘laroq 
foydalanish  zarurligini  ta’kidlar  ekan:  «Milliy  g‘oyamizning  uzviy  tarkibiy  qismlarini tashkil  qiladigan komil 
inson,  ijtimoiy  hamkorlik,  millatlararo  totuvlik,  dinlararo bag‘rikenglik  kabi tamoyillarning  ma’no-mohiyatini 
bugungi  kunda  mamlakatimizda  olib  borilayotgan  ma’naviy-ma’rifiy,  ta’lim-tarbiya  ishlarining  markaziga 
qo‘yish,  ularni  yangi  boskichga  ko‘tarish,  yosh  avlodimizni  har  tomonlama  mustaqil  fikrlaydigan  etuk 
dunyoqarash egalari qilib tarbiyalashdan iborat»
253
, — deb yozadi. 
Diniy  bag‘rikenglik  demokratik  davlat  qurish  uchun,  demokratik  ijtimoiy  muhitni  shakllantirish  uchun 
ham  nihoyatda  zarur.  Diniy  bag‘rikenglik  mazmun-mohiyatining  o‘zi  fuqarolar  o‘rtasida  o‘zaro  tenglik, 
hamkorlik va hamjihatlik munosabatlari bo‘lishini taqozo etadi. Buni «diniy bag‘rikenglik» atamasiga berilgan 
ta’rifdan  ham  bilsa  bo‘ladi.  «Milliy  g‘oya:  targ‘ibot  texnologiyalari  va  atamalar  lug‘ati»da  «diniy 
bag‘rikenglik»ka qo‘yidagicha ta’rif berilgan: «xilma-xil diniy e’tiqodda bo‘lgan kishilarning olijanob g‘oya va 
niyatlar  yo‘lida  hamkor  va  hamjihat  bo‘lib  yashashi,  kishilik  jamiyati  ravnaqi  yo‘lida  xizmat  qilishini 
anglatadi»
254
. Hozirda bu g‘oya ezgulik yo‘lida nafaqat dindorlar, balki jamiyatning barcha a’zolari hamkorligini 
nazarda tutadi. Diniy bag‘rikenglik tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, ozod va obod Vatan qurishning 
muhim shartidir, deb baho beriladi. 
Bag‘rikenglik  din  uchun,  diniy  e’tiqod  erkinligi  uchun  tabiatan  xos  xususiyat.  Mamlakatimizda 
demokratizm tamoyili aynan shu paradigmaga asoslanadi. Bunga binoan, islom diniy e’tiqodi tabiatan va tarixan 
erkin  e’tiqod.  Ushbu  holat  islom  dinining  muqaddas  manbai  –  Qur’oni  karimda  g‘oyaviy  jihatdan 
mustahkamlangan. Xususan, «YUnus» surasining 99-oyatida shunday deyilgan: «Agar Rabbingiz xohlasa edi, 
Er (yuzi)dagi barcha kishilar yoppasiga imon keltirgan bo‘lur edilar. Bas, Siz odamlarni mo‘min bo‘lishlariga 
majbur  kilasizmi?!»
255
  Ushbu  oyat  islom  dinining  asl  moxiyagi  tolerantliq  ya’ni  diniy  bag‘rikenglikka 
asoslanishi,  e’tiqod  erkinligi  islomda  ustuvor  ekanini  isbotlaydi.  Islomga  majburan,  jazo  yo‘li  bilan  kiritish 
kat’iyan man kilinadi. Bunga «Nahl» surasining 125-oyati ham asos bo‘ladi: («Ey, Muhammad!) Rabbingizning 
yo‘li(dini)ga hikmat va chiroyli nasihat bilan da’vat eting! Ular bilan eng go‘zal uslubda munozara qiling!»
4
 
Ushbu  oyatlar  mazmuni  kishini  diniy  ekstremizmning  islom  diniga  batamom  zid  bo‘lgan  zo‘ravonlik 
mohiyatini anglashga, diniy bag‘rikengliq odamoxunlik, ya’ni insonparvarlik tomon yuz tutishiga olib keladi. 
Din haqida yuzaki tasavvur va bilimga ega bo‘lgan kishi esa, aksincha, jaholat botqog‘iga botadi, manfur siyosiy 
maqsadlarni ko‘zlab sodda kishilarni yo‘ldan uruvchi «da’vatchi» unsurlarga aldanadi. «G‘oyaga qarshi – g‘oya, 
jaholatga qarshi – ma’rifat» shiorining asl mazmuni kishilarga, jamiyatga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish, uni ekstremizm 
yo‘lidagi fojialardan qutkarishdir. Islom dini shunday bag‘rikenglikni targ‘ib qiladiki, unga ko‘ra inson biron bir 
jonzotga  zarar  etkazmasligi  darkor.  Bu  g‘oyani  Qur’oni  karimning  «Moida»  surasida  uchratamiz.  Ushbu 
                                                           
253
 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: Маънавият, 2008. Б.75. 
254
 Қаранг: Миллий ғоя: тарғибот технологиялари ва атамалар луғати. – Т.: Академия, 2007. Б. 136. 
255
 Қуръони карим  маъноларининг таржима ва тафсири. Таржима ва тафсир муаллифи: Шайх  Абдулазиз Мансур.  – Т.: 
«Тошкент ислом университети, 2006. Б. 220. 


211 
 
suraning 32-oyatida: «Biror jonni o‘ldirmagan va yoki Erda (buzg‘unchilik va qarokchilik kabi) fasod ishlarini 
qilmagan insonni o‘ldirgan odam xuddi hamma odamlarni o‘ldirgan kabidir. Unga hayot baxsh etgan (o‘limdan 
qutqarib qolgan) odam esa barcha odamlarni tiriltirgan kabidir»
256
, deyilgan. 
Bir so‘z bilan ifodalaganda, diniy ma’rifat va bag‘rikenglikni rivojlantirish demokratik, ochiq jamiyatni 
shakllantirish uchun g‘oyaviy asos bo‘ladi, hech qandayekstremizm va terrorizmga o‘rin qoldirmaydi. CHunki 
bunday  sharoitda  diniy  ekstremizm  va  terrorizm  uchun  ma’naviy  asos,  baza  yo‘qoladi,  jamiyatda  sog‘lom 
ma’naviy-g‘oyaviy muhit qaror topadi. Bu borada mamlakatimizda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy 
tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunning katta ahamiyati bor. 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish