13.3.Innovatsion faoliyatni loyihaviy moliyalashtirish
Hozirgi zamonda jumladan xalqaro moliyaviy faoliyatda loyihaviy
moliyalashtirish kabi istiqbolli va dinamik yo‘nalishlar tobora rivojlanib
bormoqda. Innovatsion faoliyatda moliya va banklar ishtirokining ushbu turi
sanoatning resurs sig‘imi va kapital sig‘imi yuqori bo‘lgan tarmoqlarning ishlab
chiqarish apparatini modernizatsiyalash, takomillashtirish va yangilashga muhtoj
bo‘lgan mamlakatlar va mintaqalar uchun alohida ahamiyatga egadir.
Jahon amaliyotida loyihaviy moliyalashtirish deganda moliyalashtirishni
tashkil etishning shunday tipi tushuniladiki, bunda loyihani ro‘yobga chiqarishdan
olingan daromadlar qarz majburiyatlarini to‘lashning yagona manbai bo‘lib
hisoblanadi. Shunga qaramasdan, turli mamlakatlarda ―loyihaviy moliyalashtirish‖
328
atamasi har xil talqin qilinadi. Masalan AQSh da mazkur atama innovatsion
loyihaning
kattagina
qismi
ta‘sischining
o‘z
mablag‘lari
hisobidan
moliyalashtirilishini va qarz majburiyatlarini to‘lashning yagona manbai loyihani
amalga oshirishdan keladigan daromadlar ekanligini anglatadi.
Yevropada bu atama loyihalarni ro‘yobga chiqarish uchun zarur moliyaviy
resurslar bilan ta‘minlashning turli variantlari va usullariga nisbatan qo‘llanadi.
Hozirgi vaqtda ―loyihaviy moliyalashtirish‖ atamasi banklar tomonidan
berilayotgan kreditlar, davlatning qo‘llab-quvvatlashi, turli sug‘urta kompaniyalari
va boshqa manfaatdor investorlarning ko‘magiga asoslangan moliyaviy va tijorat
operatsiyalariga nisbatan qo‘llanmoqda.
Innovatsiyalarni
loyihaviy
moliyalashtirishning
bir
nechta
turlari
mavjud.Ularning asosiy turi loyihaning uning ishtirokchilarining kreditga
layoqatliligini kafolatlarini hamda uchinchi shaxslarning kreditni so‘ndirish
bo‘yicha kafolatlarini hisobga olmagan holda yashash qobiliyatiga asoslangan
moliyalashtirishdir. Ikkinchi turida innovatsiyalarni moliyalashtirishda qarzlarni
so‘ndirish manbai loyihani ro‘yobga chiqarish natijasida generatsiyalanadigan pul
oqimlari hisoblanadi. Uchinchi turi shunday moliyalashtirishni ko‘zda tutadiki,
bunda loyihaning amalga oshirilishi natijasida generatsiyalanadigan naqd
mablag‘lar oqimi hamda korxonaning aktivlari kreditni ta‘minlashga xizmat qiladi.
Loyihaviy moliyalashtirishning to‘rtinchi turi kreditni korxonaning iqtisodiy va
texnikaviy yashash qobiliyatining o‘zi ta‘minlashidan iborat.
196
Loyihaviy moliyalashtirish an‘anaviy ravishda investitsion loyihalarga
mo‘ljallanganligiga qaramasdan, hozirgi vaqtda bu usullar noyob novatorlik
yondoshishlar va tubdan yangi ishlab chiqarishlar sohasiga tez kirib bormoqda.
Bunda, shubhasiz, loyihaviy va moliyaviy xatarlar, demak loyihalarni ekspertli
baholashga talablar ham o‘sadi. Bu masalalarni ham uslubiy va ham amaliy va
tashkiliy jihatdan hal qilish zarur. Nafaqat kreditorlarni, balki mahsulotning
yaroqligini baholash va xatarni bartarf qilishga qodir mustaqil maslahatchilarni
196
Вертакова Ю.В. Симоненко Б.С. Управление инновациями: теория и практика. –М.: Высшее
экономическое образование, 2008-.C.211.
329
topish qiyin. Ishonchli ta‘sischilar, samoyadorlar, kafolatchilar, pudratchilar va
operatorlardan tashkil topgan loyihaviy jamoani tanlab olish undan ham qiyin.
Shunga qaramasdan xuddi innovatsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish bugun eng
katta qiziqishni uyg‘otadi.
Loyihaviy moliyalashtirish kamida innovatsion faoliyatni tashkil qilish va
moliyalashtirish haqidagi uchta prinsipial qoidalarni ishonchli ravishda namoyish
qiladi.
Birinchisi-sanoati rivojlangan mamlakatlar misolida shu narsa ko‘rinadiki,
innovatsion jarayonlarning asosiy qismini har xil darajada va ko‘lamdagi
xususiy kompaniyalarning kuchlari bilan malga oshirish mumkin. Shubhasiz,
innovatsion jarayonlar bu yerda maqsadning o‘zi emas, balki tadbirkorlik
muvaffaqiyatiga erishish vositasi sifatida bo‘ladilar. Innovatsion biznes har xil
tashkiliy fondlarda akademik ―sof fan‖ va xususiy sarmoya manfaatlari o‘rtasida
vositachi bo‘ladi, chunki innovatsion jarayon daromadli sifatida ko‘rib chiqiladi.
Ikkinchisi- davlatning innovatsion siyosati nafaqat innovatsion jarayonga
to‘g‘ridan to‘g‘ri ta‘sir ko‘rsatishda, balki innovatsiyalar uchun innovatsiyalarni
davlat tomonidan vositali qo‘llab-quvvatlanishining har xil moliyaviy
qonunchilik, soliq, sotsial va boshqa usullari bilan bir qatorda qulay iqtisodiy
muhitni yaratilishida namoyon bo‘lishi mumkin. Davlat o‘zbek iqtisodiyotining
hozirgi holatida innovatsion siyosatning asosiy yukini o‘ziga ololmaydi, ammo
innovatsion biznesni qo‘llab-quvvatlovchi tadbirlarning to‘liq turli tumanligini
ta‘minlashi mumkin.
Va nihoyat, uchinchisi - innovatsion faoliyatning egiluvchanligi, ko‘p
variantliligi va muqobilliligi davlat va xususiy tadbirkorlik, xususiy va xorijiy
sarmoyadorlar hamkorligining ko‘p sonli shakllarini vujudga kelishiga juda
yaxshi yordam beradi. Loyihaviy moliyalashtirishning kengroq amaliyoti va
innovatsion faoliyatni rivojlanishi agar davlat siyosiy, makroiqtisodiy va yirik
ekologik xatarlardan kafolatchi bo‘lgan holda o‘ziga munosib o‘rinni topishlari
mumkin.
330
Jahon
amaliyotida
loyihaviy
moliyalashtirish
ostida
ko‘pincha
moliyalashtirishni tashkil qilishning shunday turi nazarda tutiladiki, unda loyihani
sotishdan olingan daromadlar qarz majburiyatlarini to‘lashning yagona manbai
bo‘ladi. Shunga qaramay har xil mamlakatlarda ―loyihaviy moliyalashtirish‖
atamasi har xil talqin qilinadi. Masalan, AQShda uning ostida moliyalashtirishni
shunday tashkil qilish tushuniladiki, unda investitsion loyihalarning katta qismi
ta‘sischining shaxsiy mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi, loyihani sotishda
daromad qarz majburiyatlarini to‘lashning yagona manbalaridan bo‘ladi.
Yevropada bu atama loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan
moliyaviy resurslarni taqdim etishning har xil variantlari va yo‘llariga nisbatan
qo‘llaniladi. Keyingi vaqtda ―loyihaviy moliyalashtirish‖ atamasi ham banklar
tomonidan taqdim etiladigan kreditlarga va ham vositali byudjetli qo‘llab-
quvvatlashga, har xil davlat tashkilotlari, investitsion fondlar, sug‘urta
kompaniyalari va boshqa manfaatdor sarmoyadorlarning qo‘llab-quvvatlashiga
asoslangan moliyaviy va tijorat operatsiyalari tizimiga nisbatan qo‘llaniladi.
Loyihaviy moliyalashtirishni tashkil qilishga asosiy talablar ta‘sischilar va
ularning sheriklarining nufuzli tarkibi, loyihaning malakali tahlili, omilkorona
tuzilgan texnik-iqtisodiy asoslanish, loyiha tadbirlarining bank bilan oldindan
kelishib olish, loyihani yetarlicha kapitallashtirilishi, uni texnik-texnologik amalga
oshirilishi va yuqori foydalanish ta‘riflarida iborat. Loyiha va hukumat
muassasalarini aniq taqsimlanishi, loyihaviy moliyalashtirish obyektini atroflicha
bilishni muhim deb hisoblash kerak.
Loyihaviy yondoshish talablariga mosroq keluvchi sohalarga qazib
chiqaruvchi sohalar va energetika, neft - gaz xomashyoni qayta ishlash,
energiyaning muqobil manbalari, mashinasozlik, asbobsozlikning belgilangan
turlari, qurilish materiallarining ba‘zi bir turlari hamda istiqbolli kimyoviy
mahsulotlarni kiritish mumkin. Shu jumladan, ―sof‖ loyihaviy moliyalashtirish na
moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalarini va na qo‘shimcha kafolatlarni talab
qiladi va xatarning har xil turlarining ma‘qul darajasiga asoslangan.
331
Agar pul mablag‘larining birlamchi manbai (loyiha) talablarga adekvat
bo‘lmasa, unda kafolatchining aktivlari yoki byudjet subsidiyalari qarzni
to‘lashning ikkilamchi manbai bo‘lib xizmat qilishlari mumkin. Misol sifatida
qazib chiqaruvchi sohalarning ko‘p ilm iste‘mol qiladigan ishlab chiqarishlari,
yuqori texnologiyalar, telekommunikatsiyalar tizimlari, kompyuter tarmoqlarini
ishlab chiqish dorivor moddalar va nozik organik sintezning boshqa
mahsulotlarini
ishlab
chiqarishni
keltirish
mumkin.
Loyihaviy
moliyalashtirishning ko‘pgina operatsiyalari ―sof‖ sxemadan farq qiladilar. Bu
nostandart xavflarning o‘rnini qoplash va sotishdan tashqari tushumlar, yuqoriroq
foizli stavkani taqdim etish va amortizatsion ajratmalar, soliq imtiyozlari hisobiga
tushumlar va ko‘pgina boshqa narsalar bo‘lishlari mumkin.
Loyihaviy moliyalashtirishni tashkil qilishda hukumat idoralari va xalqaro
tashkilotlarning kafolatlarini olish alohida rol o‘ynaydi. Ammo loyihaviy
moliyalashtirishga, qoidaga ko‘ra, pul mablag‘larining beqaror oqimi
generatsiyalanadigan, ularning aktivlari esa qarzni to‘lashning ishonchli ikkilamchi
manbai bo‘lib xizmat qiladigan obyektlar kiritiladi. Xatarlar loyihaning
tashkilotchilari, kreditorlari va kafolatchilari o‘rtasida taqsimlanishi uchun
ko‘pgina loyihalarni turkumlashtirishga imkon beruvchi loyihaviy xatarlarni
diversifikatsiyalash
loyihaviy
moliyalashtirishning
imkoniyatlarini
kengaytirishning muhim tamoyili bo‘ladi.
Innovatsion loyihalar o‘z xususiyatalriga ega. Loyihali moliyalashtirish
usullari va yirik kapital kiritmalarni baholash va ilmiy-texnik loyihalarni tanlab
olish uchun talab qilinadigan moliyaviy tahlil tadbirlari qo‘llanilayotgan
tadbirlarni adekvatligi va bir xildaligi o‘aqidagi farazlarga olib kelishi mumkin deb
hisoblaydi G.N.Bicc. Ammo bu ikki loyihalar o‘rtasida muhim farqlar mavjud.
Yangi sanoat obyektlari qurilishiga kapital kiritmalar haqidagi mavjud moliyaviy
axborotlar hatto eng oddiy ilmiy-texnik loyihalarning ko‘pchiligi uchunligiga
qaraganda, ayniqsa boshlang‘ich bosqichlarda ancha ishonchliroqdir.
Innovatsion loyihalar ancha katta noaniqlik bilan farqlanib turib,
shundayafzallikka ega, ular ishlab chiqarishning ancha erta bosqichlaridayoq
332
kichik moliyaviy yo‘qotishlarda to‘xtatilishlari mumkin. Ilmiy-texnik loyihalarni
tanlab olishda axborotlarning investitsiyalarga nisbatan cheklanganlik omili
o‘ziga e‘tiborni qaratadi.
Ilmiy-texnik loyihalarda axborotlarni adekvant emasligicha ancha ko‘p duch
kelishi mumkin. Mustaqil ekspertlarning fikrlarini korrelyatsiyalash g‘oyatda
murakkabdir. Shunday hollarda ma‘lumki, ekspertizaning birinchi bosqichida
qaytarilgan innovatsion loyihalar keyin ishlab chiqaruvchilarga misli ko‘rilmagan
muvaffaqiyat keltirganlar (masalan, British Airlines, ―Mitsubisi‖, Appel va
ko‘pincha boshqa kompaniyalarga).
Innovatsion loyihalar nafaqat ko‘p mezonliligi va noaniqlikning katta
darajasi bilan, balki sifatli bahosi bilan ham past ajralib turadilar. Xuddi
shuning uchun muvaffaqiyatning integral mezonlari va qo‘llangan harakatlarning
olingan natijalarga muvofiq mosligini belgilashning maxsus tadbiri zarur.
Shubhasiz, mezonlarning ko‘proq miqdorlarini qanoatlantiradigan loyiha
muvaffaqiyatliroq bo‘ladi. Albatta, taklif qilingan innovatsion loyihalardan
variantni tanlab olish g‘oyatda qiyin. Shuning uchun loyihaviy xatarlarni
kamaytirish va loyihaning muvaffaqiyatliligi parametrlarini muvofiqlashtirish
uchun portfelli yondoshish keng qo‘llaniladi.
Innovatsiyalar portfeli yirik va kichik, muddatlari bo‘yicha uzoq va qisqa,
belgilanishi va amalga oshirilishi tamoyillari bo‘yicha har xil bo‘lgan turli
tuman loyihalarga ega bo‘lishi kerak. Bu innovatsiyani moliyaviy-iqtisodiy
ko‘rsatkichlarning yuqori natijaviyligi bilan bir vaqtda muvofiq tatbiq etish, hamda
firma raqobatining muvaffaqiyatli strategiyasi uchun zarurdir. Portfelning
mazmuni yetarlicha tez tez tavtish qilinishi, qayta ko‘rib chiqilishi va yangilanishi
kerak.
Katta portfelga xatarning yuqori darajasi bilan ta‘riflanadigan ustuvor
yangilik kirtishlari bo‘yicha loyihalarni kiritish mumkin bo‘ladi, chunki bu holda
cheklashlar portfelning umumiy xatari yo‘l qo‘yiladigan chegarasidan oshib
ketmasligidan iboratdir. Mana shuning uchun bunday portfelning tarkibiga
333
eskilikka xos innovatsiyalar bilan bir qatorda yangilikning yuqori darajasiga,
ammo past rentabellikka ega loyihani va aksinchasini kiritish mumkin.
Kichik va mayda loyihalardan tashkil topgan loyiha har bir qator
xususiyatlari bilan ajralib turadi. Har bir loyiha muvaffaqiyat holida
sotishlarning nisbatan kamtarona hajmi va foydaning katta bo‘lmagan miqdori
bilan ta‘riflansa ham, u yirikroq loyihalarga qaraganda, foydaning yuqori me‘yori
bilan generatsiyalanishi mumkin. Buning ustiga kichik loyihalar ancha kam
resurslarni talab qiladilar. Kichik loyihalarni ishlab chiqish sur‘atlarini
bashoratlash osonroq. Shunday qilib, kichik loyihalarning portfeli, tezroq,
yetarlicha foydali innovatsiyalarning bir tekisdagi oqimin shakllantiradilar. Ammo,
kichik loyihalar bir qator kamchiliklar bilan ham ajralib turadilar: ular beqaror
tashqi muhitga ta‘sirchandirlar, ishlab chiqarish fondlari va texnologiyalar sifatiga
yuqoriroq talablarni ilgari suradilar, xatarlarni rivojlanishi imkoniyatlarini
toraytiradilar.
Har qanday loyihaning yakuniy muvaffaqiyati nafaqat uning o‘lchamiga,
balki innovatsion va moliyaviy menejerning loyihalarni rejalashtirish va
boshqarish bo‘yicha malakasiga bog‘liqdir.
Innovatsion loyihalarni sinchiklab va ko‘p tomonlama tahlil qilish va tanlab
olish portfelining tarkibini muvofiqlashtirishga imkon beradi. Yechimni ishlab
chiqish uchun yagona algoritm mavjud emas. Har bir aniq holda mezonlarning
o‘z guruhi ustun kelishi mumkin. Shundan kelib chiqqan holda, innovatsion
loyihalarni tahlil qilish tizimi qo‘llanilayotgan uslubiyotining ko‘pligi bilan
ajralib turadi: bu moliyaviy, investitsion va texnik-iqtisodiy tahlil usullari,
metematik-statistik modellar, ekspert baholari tizimi, mahsulotning ilmiy-texnik
darajasi va sifati tahlilidir. Ilmiy-texnik yangiliklarni bashoratlash va tizimli
tahlili bilan ko‘pgina mamlakatimiz va xorijiy olimlar shug‘ullanganlar.
Ta‘kidlash kerakki, innovatsion loyihalarni tahlil qilish va tanlab olish
yangilik yashash davrining barcha bosqichlari uchun xarajatlarni har xil texnik
yechimlar va moliyaviy iqtisodiy omillarni hisobga olish bilan bashoratlashga
imkon beruvchi usullar va yo‘llarning yig‘indisi asosida amalga oshiriladi.
334
Innovatsion menejment quyidagi muhim jihatlarga asoslanadi:
-mazkur innovatsiya uchun poydevor vazifasini o‘taydigan g‘oyalarni izlab
topish;
-mazkur innovatsiya uchun innovatsion jarayonni tashkil qilish;
-innovatsiyalarni bozorda olg‘a surish va ro‘yobga chiqarish jarayoni.
Innovatsion menejment boshqaruv strategiyasi va taktikasini o‘z ichiga oladi.
Strategiya qo‘yilgan maqsadga erishish uchun vositalardan foydalanishning
umumiy yo‘nalishi va usulini belgilab beradi.
Taktika-bu muayyan shart-sharoitlarda qo‘yilgan maqsadga erishish uchun
qo‘llanadigan ma‘lum bir uslub va usullardir. Innovatsion menejment taktikasining
vazifasi optimal qarorni tanlash va shu qarorni amalga oshirish uchun mazkur
xo‘jalik vaziyatida qo‘llash mumkin bo‘lgan eng qulay usullarni tanlash san‘ati
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |