O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti g. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov



Download 4,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/211
Sana25.02.2023
Hajmi4,77 Mb.
#914539
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   211
Bog'liq
Инновация дарслик 2018

11.1.
 
Innovatsion tashkilotlarda xodimlarni boshqarish
xususiyatlari 
Ommaviy an‘anaviy ishlab chiqarish bilan innovatsion rivojlanishni orqaga 
surib bo‘lmaslik o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar xodimlarni boshqarish va tashkil 
etishning butun tizimini o‘zining innovatsion faoliyati va ishchi kuchini 
boshqarishga yangicha yondashuvlarni amalga oshirish shaklida qayta qurishni 
taqozo etmoqda. Shu holat tufayli innovatsion tashkilotning xodimlarini 
boshqarish qator xususiyatlarni o‘z ichiga oladi: 
-Novatorlik tashkilotlarida xodimlarni tanlash va ko‘chirish, ish haqining 
miqdorini belgilash, mehnat faoliyatini baholash va boshqa vazifalarni hal qiluvchi 
asosiy element innovatsion menejer hisoblanadi. Boshqarishning an‘anaviy 
elementlari esamehnat resurslarini boshqarish texnologiyasini tashkil qiladi. 
-Ishchilarni tanlash tizimi; 
-Salohiyatli ishchiga qo‘yiladigan qo‘shimcha talablar: turlicha malaka va 
ijodiy qobiliyatlarning mavjudligi. 
-Innovatsion tashkilotda ishlash uchun xodimlar mehnatsevarlik, tajriba, 
nazariyani bilish kabi an‘anaviy fazilatlardan tashqari ijodiy qobiliyatlar: 
egiluvchan tafakkur, ijod qilishga ichki ehtiyoj, o‘qish va qayta o‘qishga moyillik 
hamda boshqa qobiliyatlarga ega bo‘lishi kerak. Shuningdek, innovatsion 
tashkilotlardagi alohida jihatlar quyidagilardir: 
-Kadrlarni tanlash uslublari. Innovatsion kompaniyada kadrlarni tanlashning 
o‘ziga xos xususiyatlari tufayli xodimlarni boshqarish xizmati an‘anaviy 


271 
uslublardan tashqari testlar tizimi, psixologik tekshiruv va ijodiy tanlovlardan 
foydalanadi. Buning uchun xodimlar bo‘yicha menejer ijodiy va kasbiy 
muvaffaqiyatlilik mezonlarini ishlab chiqadi. 
-Ishlovchilarning maxsus guruhlari (olim-novatorlar, novator-menejerlar va 
innovatsiyalarning aniq amalga oshirilishi uchun javobgar bo‘lgan xodimlar). 
Olim-novator bu g‘oyalarni ilgari surish va innovatsiyalarni amalga oshirish 
jarayonida qatnashishga qodir bo‘lgan yuksak malakali ishlovchilardir. Ikkinchi 
guruhga asosiy vazifasi innovatsiyani g‘oyadan aniq natijagacha yetkazish bo‘lgan 
mutaxassislar kiritiladi. Aynan novator-menejerning vazifalariga noaniqlik 
sharoitida qarorlar qabul qilish hamda tadbirkorlik va moliyaviy tahlikalar uchun 
javobgarlik kiradi. Yuqorida aytib o‘tilgan ishlovchilar toifasi loyihaviy guruhni 
tashkil qiladi. 
-Novatorlik kompaniyasi loyihaviy guruhining maqomi va ularning nafliligi 
an‘anaviy tashkilotlarda qo‘llanadigan mezonlardan farq qiluvchi omillar bilan 
belgilanadi. 
-Xodimlar sifatiga qo‘yiladigan qat‘iy talablar. Bular natijasida kattagina 
bo‘shatishlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan yuksak texnologiyalarning joriy 
qilinishi ro‘y beradi. Masalan yuksak texnologiyalar sohasida innovatsiyalarning 
tatbiq etilishida Procter&Gamble, Johnson&Johnson, IBM kompaniyalarida har 
yili minglab ishchilar ishdan bo‘shatiladi. 
-Tashkilotning innovatsion korporativ madaniyati. U nou-xaularni ishlab 
chiqish va joriy qilinishini qulaylashtiradi.
Bunday tashkiliy madaniyatning elementlari quyidagilardir: 
-ishlovchilarning innovatsion madaniyati (rahbarlardan tashqari), malakasi, 
kasbiy ijodiy qobiliyatlari, mehnat tajribasi, o‘z-o‘zini rivojlantirish qobiliyati, 
innovatsion qadriyatlari, bevosita rahbar bilan munosabatlari, korxonadagi 
motivatsiyalovchi omillar va boshqalar; 
-rahbarlarning innovatsion madaniyati: malakasi, ilmiy-texnik bilim darajasi, 
boshqaruv uslubi, innovatsion qadriyatlari, tahlikaga moyilligi, kompaniya 
faoliyatining strategik yo‘nalishini anglash; 


272 
-korxonaning innovatsion salohiyati: tashkil qilish, menejmenti, kadrlar, 
ishlab chiqarish, marketing, moliya, tashkiliy tuzilmasi; 
-korxonaning innovatsion imkoniyatlari: tashqi muhitning qaror topgan shart-
sharoitlarida korxonaning innovatsion salohiyatini ro‘yobga chiqarish 
imkoniyatlari. 
Motivatsiyalash siyosati. Uni shakllantirish ishlovchilarni taqdirlashning 
barcha usullarini integratsiyalashga hamda rag‘batlantirishning individual va 
jamoaviy shakllarini uyg‘unlashtirishga asoslangan. 
Shunday qilib, yuqorida qayd tilganlarning barchasini bir yagona sxemaga 
tơplash mumkin. Innovatsion korxonada xodimlarni boshqarish tizimining tarkibi 
ushbu elementlardan tashkil topgan. 

Download 4,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish