O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti g. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov


 Xususiy sanoat obyektlarini shakllantirish



Download 4,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/211
Sana25.02.2023
Hajmi4,77 Mb.
#914539
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   211
Bog'liq
Инновация дарслик 2018

10.5. Xususiy sanoat obyektlarini shakllantirish 
Innovasion faoliyat natijalari har xil ilmiy-texnikaviy mahsulotlar bo‘lishi 
mumkin: ixtirolar, loyihaviy-tuzilmali yechimlar, malakali namunalar, yangi 
reglament va reseptlar, sanoat usullari va boshqalar. Ular nafaqat mazmuni, tarkibi 
va tayinlanishi bo‘yicha farq qiladi, shuningdek ko‘llanish uchun tayyorlash darjasi 
orqali ham farq etadi. Ko‘p innovasion usullarning natijalari ko‘p qismli huquqiy 
va tashkiliy amaliyotlar orqali intellectual shaklga ega bo‘ladi, va ma‘lum qismi 
esa tijorat siri bo‘lib qoladi. Dunyo va ichki bozorlarda tijorat amaliyotlar ko‘proq 
ahamiyatga ega. 
161
 
Intellektual mulk o‘z ichiga 2 xil huquqiy ko‘lamlarga ega: 
-Xususiy ishlab chiqarish 
-Mualliflik huquqi bilan bogliq huquqlar 
Sanoat mulki-mutloq huquqga egalik qilish va ilmiy-texnik belgilarni ijobiy 
natijalar orqali qo‘llash.
Mualliflik huquqi bilan bogliq huquqlarga quyidagilar kiradi: 
-Yangi texnik yechmlar sifatidagi foydali modellar; 
-Mahsulot belgilari; 
-Qolgan mablaglar ( savdo belgilari, joy belgilari va boshqalar); 
-Noinsof raqobatchilikni bartaraf etish huquqlari; 
Intellektual mulkning asosiy obyektlari bu ilmiy ixtirolardir. Xech qanday 
milliy qonunchiliklar va xalqaro bitimlar ilmiy ixtirilarni qo‘llanilishiga va shaxsiy 
mulk sifatida ishlatilishiga huquq bermaydi.
Intellektual mulk hukuqi - intellektual (aqliy) faoliyat natijasiga tegishli 
huquq. Mulk egasi ana shu intellektual mulk obʼyektlaridan oʻz xohishiga koʻra, 
har qanday shaklda va har qanday usulda mutlaq qonuniy foydalanish huquqiga 
egadir. Huquq egasiga mutlaq xuquq asosida tegishli boʻlgan intellektual mulk 
161
А. М. Мухамедьяров. Инновационный менеджмент: учебное пособие. Высшее образование. 2015-C.220


266 
obʼyektlaridan boshqa shaxslarning foydalanishiga faqat huquq egasining roziligi 
b-ngina yoʻl qoʻyiladi. Baʼzi obʼyektlarga nisbatan mutlaq huquq davlatning 
vakolatli organi tomonidan beriladigan maxsus hujjat — patent, guvohnoma 
asosida vujudga keladi va huquqiy muhofaza qilinadi.
162
Intellektual mulk obʼyektlari kanday faoliyat mahsuli ekanligi, huquqiy rejimi 
va shu kabi xususiyatlariga qarab, quyidagi turlarga boʻlinadi:
- intellektual faoliyat natijalari: fan, adabiyot, sanʼat asarlari; eshittirish 
tashkilotlarining ijrolari, fonogramma va eshittirishlari; elektron hisoblash 
mashinalari uchun dasturlar va maʼlumot bazalari; 
- ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari; seleksiya yutuqlari; oshkor 
etilmagan axborot, shu jumladan, ishlab chiqarish sirlari (nou-xau) dan iborat;
- fukarolik muomalasi ishtirokchilarining , tovarlar, ishlar va xizmatlarning 
xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar (firma nomlari; tovar (xizmat) 
belgilari; tovar chiqarilgan joy nomi;
Sanoat mulklari ixtirolar ichida markaziy o‘rin tutadi. Ixtironing muhimligi 
bir qator vaziyatlarni o‘z ichiga oladi: 
- ixtirolar soni qolgan sanoat mulklaridan ortib ketsa 
-ixtirolar uchun patentlar huquq buzarliklar uchun katta ahamiyatga ega.
- ixtirolar ba‘zan raqobatbardoshlik texnikasini ma‘lum qiladi 
- faqat ixtiro patentlari orqali yangi texnologik jarayonlarni himoya qilish 
mumkin 
Ixtirolar obyektiga mashina, uskunalar va boshqalar kiradi, usullari ( 
metodlari, jarayonlari va boshqalar), moddalar ( homashyo, qorishmalar), reseptlar.
Ixtiro qiluvchilar odatda patentlar orqali davlat tomonidan himoyalanadi.
Patent - texnik yechim yoki ixtironing davlat tomonidan eʼtirof etilganligini 
va ixtirochining oʻz ixtirosiga olgan mutlaq huquqini tasdiqlovchi hujjat. Patent 
olish jarayoni, patent oluvchining maʼsuliyatlari va eksklusiv huquqlari turli 
mamlakatlarda turlichadir. Shunday boʻlsa ham, har bir patent olish uchun 
yozilgan arizada ixtironing biror-bir yangilik kiritayotgani haqida maʼlumot 
162
Innovation Management Institute for Innovation and Technology, Slovenia, 1
st
edition, 2013- p.139.


267 
boʻlishi kerak. Koʻp mamlalakatlarda berilgan eksklusiv huquqlar boshqalar 
patentlangan ixtironi ruxsatsiz yasashi, qoʻllanishi, sotishi yoki tarqatishi oldini 
oladi.
163
Xalaqaro Savdo Tashkilotining mualliflik huquqlari boʻyicha shartnomasiga 
koʻra, bu tashkilotga aʼzo mamlakatlarda har qanday sohadagi ixtiro uchun 
patentlar mavjud boʻlishi zarur. 
Patentni odatda davlat beradi. Davlat patent idorasi tomonidan ixtiro 
muallifiga yoki ariza boʻyicha huquqiy vorisiga beriladi. Koʻp mamlakatlardagi 
qonunlariga koʻra, patent 15-20 yil muddatga beriladi. Baʼzi mamlakatlarda 
ixtorolarni himoyalash vaqti odatda kamida 20 yil boʻlishi kerak. Patent odatda shu 
patent chiqarilgan mamlakat hududida amal qiladi. Xalqaro amal qiluvchi patentlar 
ham mavjud. Baʼzi mamlakatlarda maʼlum bir sohalardagi ixtirolar uchun patent 
berilmaydi. 
Yangi tovarlarni quyidagi jihatlari bo‘yicha foizlarga ifodalash mumkin: 
-Dunyo yangiliklariga mos mahsulotlar 10%; 
-Firmalar uchun yangi mahsulot 20%; 
-Bor mahsulotlar turini kengaytirish 26%; 
-Yangilangan mahsulotlar 26%; 
-Mahsulotlarni ijobiy o‘zgartirish 7%; 
-Xarajatlar qisqarishi ( narxlar tushishi) 11%; 
-Ja‘mi 100% 
Amerikalik iqtisodchi, Kuper, 1981 yilda 195ta sanoat tovarlarini 
muvaffaqiyatlarini sabablarini o‘rganib chiqib, bunday samaraga yetaklovchi 3ta 
hal qiluvchi omilni aniqladi:
164
-Iste‘molchilar tomonidan tan olingan mahsulotning raqibidan usunlgi;
-Marketingli ―nou-xau‖ firmalar, bozorni mukammal o‘rgangan va yetakchi 
firmalar; 
163
Innovation Management Institute for Innovation and Technology, Slovenia, 1
st
edition, 2013-p.140.
164
Scott Shane «Handbook of Technology and Innovation Management» R&D Project Selection and Portfolio 
Management: A Review of the Past, a Description of the Present, and a Sketch of the Future 2010-p.222.


268 
-Texnologik ―nou-xau‖ firmalar, ya‘ni ITTKIni va ishlab chiqarish yuqori 
darajada amalga oshirilayotgan firmalar. 

Download 4,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish