O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti g. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov


Iqtisodiyotimizni modernizatsiyalash sharoitida tovar siyosati



Download 4,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/211
Sana25.02.2023
Hajmi4,77 Mb.
#914539
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   211
Bog'liq
Инновация дарслик 2018

12.4.Iqtisodiyotimizni modernizatsiyalash sharoitida tovar siyosati.
Tovar va biznes 
 
Tovar siyosati - bu korxona faoliyatining ko‘p o‘lchamli va murakkab sohasi, 
marketing va xo‘jalik siyosatining tarkibiy qismi bo‘lib, tovar assortimentini 
shaklllantirish va uni boshqarish bo‘yicha; tovar nomenklaturasining aniq 
xususiyatlari haqida; tovarlarning raqobatbardoshligini talab darajasida saqlab 
turish; tovarlar uchun optimal bozor segmentlarini topish; markirovkalash (markali 
nomlar, tovar belgilari, logotiplar, firma uslubi va boshqa atributika) dan 
foydalanish, tovarlarni ishlab chiqish, qadoqlash, ularga xizmat ko‘rsatishni 
amalga oshirish bo‘yicha qaror qabul qilish va chora ko‘rishni taqozo etadi. 
Tovar siyosati quyidagilarga yo‘naltirilishi kerak: 
1.Taklif qilinayotgan tovar borasida iste‘molchining xohish-istaklarini har 
tomonlama hisobga olish; 
2.Tovarning raqobatbardoshligini oshirish; 
Bunda konstruktsiyalash, modellashtirish, dizayn, rag‘batlantirish tizimlari 
tovarlarni ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan aniq salohiyatli iste‘molchiga
yo‘naltirilishi lozim. 
Shu sababdan amalda ishlab chiqarishning negizi bo‘lgan ―tovar xaridorni 
tanlaydi‖ tamoyili xaridorlar uchun keng tanlash imkoniyatlarini yaratish bilan 
uyg‘unlashtirgan holda ro‘yobga chiqarilishi kerak. 


307 
Tovar siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish quyidagi shartlarga rioya 
etilishini talab qiladi: 
1.Istiqbolli ishlab chiqarish, sotish va eksport qilishning maqsadlari haqida 
aniq tasavvurga ega bo‘lish; 
2.Korxonaning ishlab chiqarish-sotish faoliyati strategiyasining mavjudligi; 
3.Bozor va uning talablari tavsifini yaxshi bilish; 
4.Hozirgi vaqtdagiva istiqboldagi o‘z imkoniyatlari hamda resurslarini aniq 
tasavvur qilish: 
-tadqiq etish imkoniyatlari; 
-ilmiy-texnikaviy imkoniyatlar; 
-ishlab chiqarish imkoniyatlari; 
-sotish imkoniyatlari. 
Tovar siyosati bir nechta yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi: 
-ushbu tovarni raqobatchilar ishlab chiqarayotgan shunga o‘xshash 
tovarlardan farq qilib turishini ta‘minlovchi individuallashtirish. Tovarni 
individuallashtirishning mohiyati faqat shu tovarga tegishli bo‘lgan o‘ziga xos 
xususiyatlarni ta‘kidlashdan iborat; 
-iste‘molchining didi o‘zgarib turishi asosida tovar va xizmatlarni domiy 
ravishda modernizatsiyalash va modifikatsiyalash; 
-aholining iqtisodiy ahvoli yaxshilanib borishi bilan shartlangan yangi 
tovarlarni ishlab chiqish; 
-yuqori sifatli tovarlarni ularga o‘xshash, ammo sifati pastroq bo‘lgan tovarlar 
narxida sotish. 
Ishlab chiqarish- maishiy va boshqa vazifalarni hal qilish tobora ko‘proq 
resurslarni safarbar qilish zarurati hamda tijorat natijalarining (ayniqsa eksport 
qilishda) noaniqligi tovar siyosatiga kiruvchi msalalarning butun majmuini puxta 
ishlab chiqishni taqozo etadi.
Bunda uzoq istiqbol uchun quyidagi muammolarni hal qilish zarur: 


308 
-ishlab chiqarilayotgan tovarlarning assortimenti (nomenklaturasi) ni uning 
iste‘mol tavsifi va ishlab chiqarish texnologiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini 
hisobga olgan holda optimallashtirish;
-tovarning yashash davrini inobatga olgan holda umuman mahsulotni hamda 
uning ayrim turlarini yangilash sur‘atlari; 
-ishlab chiqarish dasturlaridagi yangi bozor uchun yangi bo‘lgan tovarlar va 
eski tovarlar o‘rtasidagi, shuningdek sotuvda yangi hamda o‘zlashtirilgan bozorlar 
o‘rtasidagi nisbat; 
-tovarlarning yangilanish darajasi; 
-bozorga mutlaqo yangi tovarni chiqarish; 
-bozorga yangi tovarlar bilan kirib borish hamda mavjud bo‘lgan, ammo 
bozorda o‘zining pozitsiyalarini yo‘qotib boryotgan tovarlarni dasturdan chiqarib 
tashlash vaqtini tanlash. 
Bu muammolarning barchasi bozor bilan, uning talablari, raqobatchilarning 
xatti-harakatlari bilan uzviy bog‘liqlikda hal qilinadi. 
Tovar siyosati tovar ishlab chiqaruvchining muayyan xatti-harakatlar yo‘lini 
yoki unda oldindan o‘ylab qo‘yilgan xulq-atvor tamoyillarining mavjudligini 
taqozo etadi. Tovar siyosatining yo‘qligi tasodifiy yoki o‘tib ketadigan omillar 
ta‘sirida assortiment tarkibining barqarorligiga, tovarlarning raqobatbardoshligi va 
tijoriy samaradorligi ustidan nazoratning yo‘qolishiga olib keladi. Bunda rahbar 
tomonidan qabul qilinayotgan joriy qarorlar ko‘p hollarda uzoq muddatli 
manfaatlarni inobatga oluvchi oqilona hisob-kitoblarga emas, balki faqat 
intuitsiyaga asoslangan bo‘ladi. Puxta o‘ylangan tovar siyosatining mavjud 
bo‘lmasligi noto‘g‘ri qarorlarning qabul qilinishiga, kuch va mablag‘larning 
sochilib ketishiga, mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishdan voz 
kechishga olib keladiki, ushbu maqsadlarga katta mablag‘lar xarajat qilingan 
bo‘ladi. 
Har qanday xo‘jalik darajasida tovar siyosati masalalarini hal qilishga 
strategik yondashuv zarur. Bu shuni anglatadiki, har bir qaror faqatgina joriy 
manfaatlar nuqtai nazaridan emas, balki istiqbolda ko‘zlangan maqsadlarni ham 


309 
hisobga olgan holda qabul qilinishi kerak. Bunday yondashuv hal qiluvchi 
yo‘nalishlarda sa‘y-harakatlarning jamlanishini talab qiladi. 
Strategiya-bu tovar siyosatining uzoq vaqt (2-5 yil) uchun belgilangan 
yo‘nalishi bo‘lib, istiqbolni mo‘ljallagan holda muhim vazifalarning hal qilinishini 
ko‘zda tutadi. Qator yillar uchun ishlab chiqilgan tovar strategiyasi qoida bo‘yicha 
deyarli o‘zgarmay qolaveradi. Tovar siyosatini korxona faoliyatining real shart-
sharoitlaridan, uning o‘ziga xos yo‘nalishidan ajratib bo‘lmaydi. Shu bilan birga 
tajribalar ko‘rsatishicha Rossiyadagi bir xil og‘ir sharoitda qaror topgan bozor 
holatida sanoat tarmog‘idagi ishlab chiqarish korxonalari o‘zlarining tovar 
borasidagi muammolarini har xil tarzda hal qiladilar: 
-muammolarni hal qilishda o‘zlarining uquvsizligi, yordamga muhtojligi va 
bilimsizligini namoyish qiladi: 
-marketing tamoyillari va uslublariga rioya qilgan holda hozirgi vaqtdagi 
moliyaviy - iqtisodiy inqirozdan chiqishning istiqbolli yo‘llarini izlab topmoqdalar. 

Download 4,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish