Futbolchilarni testlashdagi dastur xarakteristikasi yoritilgan.
1-jadval
№
|
Me’yorlar
|
O’lchanayotgan soni
|
O’lchash usuli
|
1
|
30 m.ga yugurish
|
Tezlik soni
|
Elektron simli sekundamer
|
2
|
7x50 m.li yugurish
|
Tezlik chidamkorligi
|
Elektron simli sekundamer
|
3
|
“kuper” testi
|
Umumiy chidamkorlik
|
Elektron simli sekundamer
|
4
|
5 hatlab ko’p sakrash
|
Sifatlari
|
Remetka
|
Testlash jarayonida olingan natijalar 2-jadvalda ko’rsatilgan.
2-jadvaldan ma’lum bo’lishicha, oliy liga jamoalarida 30 m.ga turgan joydan yugurishda o’rtacha natija 4,13 sekundni tashkil qildi. Bu natija ko’pgina futbolchilarni tezlik sifatlarini yaxshi rivojlanganligini anglatadi. Jami bu testlashlarda 388 ta futbolchi ishtirok etgan. Ulardan “a’lo” bahoga 147 ta futbolchi me’yorni topshirishdi. Bu barcha futbolchilarni 37,8 %ni tashkil qiladi.
“Yaxshi” bahoga 106 ta futbolchi me’yor topshirishdi. Bu 27,3 %ni tashkil qiladi. “qoniqarli” bahoga 121 ta futbolchi me’yor topshirishdi va 31,1 %ni tashkil qiladi.
“qoniqarsiz” bahoga 14 ta futbolchi me’yor topshirdi va bu 3,6 %ni tashkil qildi.
Tezlik sifatlari darajasi ko’p jihatdan biologik omillarga bog’liqligini inobatga olgan holda, bu sifatni mashg’ulotlarda rivojlantirish qiyin kechadi va 4,13 sek.li natijani umuman olganda yuqori natija deb hisoblasa bo’ladi.
2001 yilda Oliy liga jamoalarida bu bosqichda tezlik sifatlarini rivojlanishi qoniqarli deb quyidagicha natijalar aniqlandi.
1. “Surxon” –3 ta futbolchi –13,6 %.
2.“Traktor” -1 ta futbolchi –4 %.
3. “Andijon” -4ta futbolchi –22,2 %.
4. “Sug’diyona” -2 ta futbolchi –6,4 %.
5. “Zarafshon” -2 ta futbolchi –11,7 %.
6. “Paxtakor” -1 ta futbolchi –4,5 %.
7. “Temir yo’lchi” 1 ta futbolchi –5,2 %.
Eng yuqori natija, o’rtacha jamoa hisobida “Yangier” futbol jamoasida qayd qilindi. Natija 4,09 sekundni tashkil qildi.
1.“Neftchi” jamoasida 32 ta futbolchidan 22 tasi “a’lo” bahoga yugurishdi. Bu 68,7 %ni tashkil qiladi.
2.“Xorazm” jamoasida 26 ta futbolchidan –17 tasi “a’lo” bahoga me’yor topshirildi. Bu jamoa hisobida 65,3 %ni tashkil qildi.
3. “Surxon” jamoasida 22 ta futbolchidan 14 tasi yuqori natija ko’rsatdi va 63.6 %ni tashkil qiladi.
4. “Samarqand” jamoasida 65 % futbolchilar, ya’ni 20 ta futbolchidan 13 tasi “a’lo” bahoga testlarni topshirishdi.
5. “Traktor” jamoasida ham yuqori natijalar qayd qilindi. 25 ta futbolchilarni 14 tasi “a’lo” bahoga me’yor topshirishdi.
6. “Navbahor” jamoasi 23 ta futbolchidan 12 tasi “a’lo” natijani ko’rsatib, bu 52,1 %ni tashkil qildi.
qolgan jamoalarda esa “a’lo” bahoga jamoani yarmidan ko’p futbolchilar topshira olishadi.
“5 xatlab ko’p sakrash” testida esa, Oliy liga bo’yicha, jamoalar bo’yicha o’rtacha natija 13,31 m.ni tashkil qildi, bu qoniqarli natijadir. Tezlik-kuch sifatlarini ham qoniqarli ekanini bildiradi.
“Neftchi” futbol jamoasi eng yuqori natija qayd qilingan va u 13,91 m.ni tashkil qildi. 32 ta futbolchidan “a’lo” bahoga 20 ta futbolchi me’yor topshirdi. Bu jamoa hisobida 57,1 %ni tashkil qiladi. Bu degani jamoani yarmidan ko’p futbolchilar “a’lo” natijani qayd qilishdi va ularni tezlik-kuch sifatlarini rivojlanganlik darajasini yuqori "“eftchi"”an so’ng qolgan jamoalar:
1. “Yangier” –13,45 m;
2. “Do’stlik” -13,38 m;
3. “Samarqand” -13,34 m;
4. “Navbahor” 013.34 m.li natijani umum jamoa hisobida (o’rtacha natija) qayd qilindi.
Jami bu testlarda 384 ta futbolchi qatnashgan. Bulardan (barcha jamoalar ichida) “a’lo” bahoga –55 ta futbolchi –14,3 %
“yaxshi” bahoga –75 ta futbolchi –19,5 %.
“qoniqarli” bahoga –231 ta futbolchi –55,4 %.
“qoniqarsiz” bahoga –41 ta futbolchi –10,6 % nazorat me’yorlarini topshirishgan.
Demak, barcha 384 ta futbolchidan 41 ta futbolchi nazorat me’yorini topshira olishgan. Eng ko’p tezlik-kuch sifati rivojlanmagan futbolchilar quyidagi jamoalarda qayd qilindi.
1. “Paxtakor” -8 ta futbolchi –36,3 %.
2. “Nasaf” -6 ta futbolchi –20 %.
3. “Traktor” -6 ta futbolchi –30 %.
4. “Buxoro” -5ta futbolchi –21,7 %.
Bu yerda shuni ta’kidlash kerakki, “Metallurg” jamoasida barcha futbolchilar me’yorlarni faqat “4” va “5” bahoga topshirishdi, ularni ichida katta qoniqarli bahoga topshirganlar hali yo’q edi.
7x50 m.li chalqancha yugurishdagi natijalarni tahlil qilib, shularni aytib o’tish mumkin. Oliy liga jamoalarining o’rtacha natijasi 61,8 sekundga teng.
Olingan testlash natijalari bo’yicha umumiy xulosalar.
1998-1999 yillarda ham, shu zaylda Oliy liga jamoalarida testlash bo’lib o’tgan.
Agarda bu testlashlarni natijalariga e’tibor qaratsak, tezlik hamda umumiy chidamkorlik ko’rsatkichlari bo’yicha ancha o’sish ko’zga tashlanadi.
Masalan, 1998 yilda ma’lumotlardan ma’lum bo’lishicha. 7x50 m.ga yugurishda, tekshirilganlarni 67,3 % qoniqarli natijalarni ko’rsatishdi. 1999 yilda esa 89,2 %. “Kuper” testida esa 41,2 % futbolchilarni natijalari qoniqarli bo’ldi. 1999 yilda bu ko’rsatkich %ni tashkil qildi.
Lekin testlash natijalarini tahlili shuni ko’rsatdiki, ko’pgina futbol jamoalarida bu bosqichda asosiy jismoniy sifatlarni rivojlanganligi yuqori darajada emas edi.
Ko’pgina futbolchilar nazorat me’yorlarini “qoniqarli” bahoga topshirishdi. Lekin zamonaviy futbolchi rivojlanishi, sportchilardan jismoniy va ijtimoiy-irodaviy sifatlarni namoyon bo’lishini “qoniqarli” darajada emas, balki maksimal darajadagi ko’nikishni talab qilmoqda. Tabiiyki, futbolchilarimizga, jismoniy ko’rsatkichlar bo’yicha maksimal talabli qo’yiladigan o’yinlarda, ya’ni nufuzi jihatidan yuqori o’yinlarda, bizning futbolchilar bunday sharoitlarga javob bera olishmayapti. Sabab jismoniy tayyorgarlikni yuqori darajada emasligi.
Kuzatishlardan ma’lum bo’lishicha, ko’pgina bizning jamoalarimizda mashg’ulot yuklamalari bir yo’nalishli xarakterga ega va ularda ma’lum sifatni rivojlantirishga qaratilgan mashg’ulotlar deyarli yo’q desa ham bo’ladi.
Amaliy malaka shuni ko’rsatadiki, 2-2,5 oylik tayyorlov davrida futbolchilarni funktsional va atletik tayyorlash mumkin, agarda mashg’ulotlar maqsadli bo’lsa.
Agarda Oliy liga jamoalarida, jamoani tarkibini asosan yuqori malakali futbolchilar tashkil qilsa, birinchi liga jamoalarida jamoa tarkibida yosh, umidli va o’sib kelayotgan futbolchilarni ham ko’rishimiz mumkin. Lekin bu yerda ham bari bir jamoa tarkibi yuqori malakali futbolchilar tashkil qiladi.
Biz o’z ilmiy izlanishlarimizda 2006 yildan ilk bor birinchi liga bahslarida ishtirok etishni boshlagan “Oqtepa” futbol jamoasida, jismoniy tayyorgarlik bo’yicha, ya’ni tayyorgarlikni darajasini aniqlash maqsadida tayyorlov davrini umumtayyorlov bosqichida testlashni amalga oshirdik. Testlashda jamoa murabbiylari yaqindan yordam berishdi.
Testlashni yuqori ko’rsatib o’tilgan ko’rsatkichlar bo’yicha, ya’ni 30 m.ga yugurish ((s), 5 hatlab sakrash (m) va “Kuper” testi bo’yicha amalga oshirdik.
Testlashda jami 17 ta futbolchi ishtirok etdi. Ularni ko’rsatgan natijalari bilan tanishsak.
5 hatlab sakrashlarda biroq bir futbolchi yuqori natijaga erisha olmadi. Jamoani asosiy qismi, ya’ni 70 % futbolchilar “qoniqarli2 bashoga javob berishdi.
“Kuper” testida ham 70,5 % futbolchilar “qoniqarli” natija ko’rsatishdi.
“Oqtepa” futbol jamoasini jismoniy tayyorgarlik bu bosqichda ham past darajada ekanligi ma’lum bo’ldi va jamoa o’zini o’quv-mashg’ulotlarida jismoniy tayyorgarligini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirdi.
Inson qarakat imkoniyatlarining aloqida jiqatlarini jismoniy sifatlar deb atash qabo'l qilingan. Tezkorlik qarakatiga ho syoki jismoniy asoslar sirasiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |