3. Futbolchilarni texnik-taktik mahoratlarini aniqlash usullari.
Ma’lumki, futbolchilarni jismoniy holatini baholash bilan birga, ularni texnik-taktik mahoratlarini ham aniqlash kerak. Buni ikki yo’l bilan amalga oshirish mumkin: futbolchilarni harakatlarini o’yin sharoitida kuzatish va maxsus testlar yordamida aniqlashdir. Birinchi usul ko’proq ahamiyatliroqdir, chunki bevosita musobaqa sharoitida harakatlar o’rganiladi.
O’yin faoliyatini qayd qilishni turli shakllari mavjud. O’z vaqtida G.D.Kachalin maxsus qayd qilish protokollariga darvozaga berilgan zarbalarni baholagan edi.
N.M.Lyukshinov, Yu.A.Morozovlar esa futbolchilarni harakatlarini kuzata turib, harakatlarni magnitafonga yozish usulini qo’llashgan. So’ngra to’plangan ma’lumotlar qayta ishlangan.
M.Vashkalisni ta’kidlashicha, musobaqalardagi o’yin harakatlarini qayd qilishsiz, o’yinni tahlili sub’ektiv ko’rinishga ega bo’lib qoladi.
Pedagogik kuzatishlarni ahamiyati shundaki, to’plangan ma’lumotlarni tahlili asosida, o’quv-mashg’ulot jarayonini ob’ektiv boshqarish mumkin (Yu.L.Ilichev).
Futbolchilarni o’yinini baholashni imkonini beruvchi ob’ektiv kriteriylarni ahamiyati haqida ham mashxur sport mutaxassisi A..Starostik ham o’z fikrlarini bildirgan.
Konkret sonlarda yoritilgan bunday kriteriylarni borligi, futbolchilarni turli harakatlarni bajarishlarida baholash imkonini beradi.
Kuzatishlardan ma’lum bo’lishicha, barcha futbolchilarni bajaradigan harakat faoliyatlarini hajmi va xarakteri bir holda emas va u futbolchini jamoada egallaydigan o’rni, uni vazifalariga va faolligiga bog’liq bo’lishi mumkin.
Jamoaviy texnik-taktik harakatlarini tahlil qilish va ro’yxatga olish g’oyasi 70-yillarning o’rtalarida yuzaga keldi. Uning yuzaga kelishi ikki guruh sabab bilan izohlanadi.
Birinchisi –shu davrda musobaqa faoliyatini nazorat qilish usulining yetarli darajada axborotlashtirilmaganligi: individual texnik-taktik harakatlarning (ITTH) baholanishi va ro’yxatga olinishi. Turli kvalifikatsion darajaga ega bo’lgan jamoalarda o’tkazilayotgan o’yinlarda ekstremal materiallarning to’planishi bir xil ko’rsatish va ITTH ni olish imkonini berdi.
Ikkinchi sabab- V.V.Lobonovskiy, O.P.bazilevich, Yu.A.Morozovlarning terma jamoa boshqaruviga, M.A.Godikning kompleks ilmiy guruh rahbari sifatida kelishi. U G.M.gadjiev bilan hujum birgalikda hajum qilayotgan jamoalarning texnik-taktik harakatlarini (TTH) ro’yxatga olish metodikasini ishlab chiqdi. Mutaxassislar uni qo’llagan holda nazorat metodlarini birlashtirish uchun qo’shimcha ravishda asosiy tushunchalarni aniqladilar. Avtorlar ularning tarkibiga quyidagini kiritdi: hujum to’pga egalik qilgan jamoada futbolchilarning darvozani egallashga yo’naltirilgan harakati.
Shuni aytish lozimki, darvozani egallashga yo’naltirilgan harakat o’yinchining, jamoaning so’nggi maqsadi va shu bababli, to’pga egalik qilib turgan futbolchi tomonidan ko’rib chiqilmasligi mumkin. Aniq o’yin vaziyatidan kelib chiqqan holda bizning oldimizda quyidagi masalalar turadi:
A)to’pni nazorat qilishni saqlab qolish;
B)hujumni rivojlantirish (boshlash, davom ettirish);
V)hujumni tugallash.
Hujumni boshlash va tugallash momentlariga bog’liq holda to’p bilan to’liq egalik qilish, to’pni yo’qotish, hamda o’yinni to’xtatishni hisobga olish zarur (kichik tanaffusda ham avvalgi harakatlarni davom ettirish mumkin emas. CHunki ikkala jamoa o’yinchilarining joylashuvi o’zgaradi).
Do'stlaringiz bilan baham: |