16-MAVZU: Arxey, proterozoy, paleozoy, mezozoy, kaynazoy eralaridagi hayot.
Reja:
1. Arxey, proterozoy eralaridagi hayot.
2. Paleozoy erasidagi hayot.
3. Mezozoy, kaynazoy eralaridagi hayot.
Arxey erasi 900 mln yil davom etgan. Eraning qatlamlari yuqori harorat va bosim ta’sirida ko‘rinishini o‘zgartirib, o‘zidan hech qanday hayot izlarini qoldirmagan. Dastlabki tirik organizmlar arxey erasida paydo bo‘lgan. Organik birikmalardan ohaktosh, marmartosh, ko‘mirli moddalarning bo‘lishi arxey erasida tirik organizmlar, bakteriyalar, ko‘k-yashil suvo‘tlari bo‘lganligidan dalolat beradi. Yerda hayot evolutsiyasining eng muhim bosqichi fotosintezning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq, natijada organik olam o‘simlik va hayvonot dunyosiga ajraldi. Dastlabki fotosintezlovchi organizmlar – prokariotlar, ya’ni ko‘k-yashil suvo‘tlari – sianobakteriyalar bo‘lgan.
Proterozoy erasi 2000 mln yil davom etgan. Tog‘ hosil bo‘lish jarayonlari jadal kechgan. Natijada ko‘pgina quruqliklar hosil bo‘lgan. Bu erada bak teri yalar, suvo‘tlari avj olib rivojlangan. Qirg‘oqqa yaqin joyda ha yot kechi ruv chi suvo‘tlarida tana tabaqalashib, uning bir qismi substratga – biron sirt yuzasiga joylashib, boshqa qismi esa fotosintezni amalga oshirishga moslashgan. Havo va suvning kislorod bilan to‘yinishi oqibatida aerob organizmlar paydo bo‘lgan. Proterozoy oxiriga kelib, ko‘p hujayrali organizmlar rivojlanadi. Kovakichlilar, yassi chuvalchanglar, keyinchalik halqali chuvalchanglar, molluskalar, bo‘g‘imoyoqlilar paydo bo‘ladi.
Paleozoy erasi 340 mln yil davom etgan.
Kembriy davrida iqlim mo‘tadil bo‘lib, o‘simlik va hayvonlar dengizda tarqalgan. Ularning ba’zilari o‘troq, ba’zilari suv oqimi bilan harakatlangan. Paleozoy erasida hayvonot dunyosi xilma-xil bo‘lgan va nihoyatda tez rivojlanganligi sababli, kembriy davridayoq, hayvonlarning barcha tiplari mavjud bo‘lgan. Ikki pallali, qorinoyoqli, boshoyoqli molluskalar, halqali chuvalchanglar, trilobitlar keng tarqalgan va faol harakatlangan. Umurtqali hayvonlarning dastlabki vakillari – qalqondor baliqlar paydo bo‘lgan, ularda jag‘ bo‘lmagan. Qalqondorlar hozirgi davrda yashayotgan to‘garakog‘izlilar – minogalar va miksinalarning olis ajdodi hisoblanadi.
Ordovik davrida dengizlar sathi ortib, unda yashil, qo‘ng‘ir, qizil suvo‘tlari, boshoyoqli, qorinoyoqli molluskalarning xilma-xilligi ortdi. Korall rifl arining hosil bo‘lishi avj oldi. Bulutlar hamda ba’zi ikki pallali molluskalarning turlitumanligi kamaydi.
Silur davrida tog‘ hosil bo‘lish jarayonlari kuchayib, quruqlik sathi ortdi. Iqlim nisbatan quruq bo‘lgan. Qirg‘oq yaqinidagi suvlarda tarqalgan ko‘p hujayrali yashil suvo‘tlarining ba’zilari yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish tufayli quruqlikka chiqishga muvaff aq bo‘lgan. Tuproq dastlabki quruqlikdagi o‘simliklar psilofi tlarning tarqalishiga imkon bergan. Tuproqda organik birikmalarning to‘planishi keyinchalik zamburug‘lar paydo bo‘lishi uchun imkon yaratgan. Boshoyoqli molluskalar nihoyatda ko‘paygan. Silur davrida atmosfera havosi bilan nafas oladigan dastlabki quruqlikda yashovchi bo‘g‘imoyoqlilar paydo bo‘lgan. Markaziy Osiyoda kuchli vulqonli jarayonlar ro‘y bergan. Iqlim iliq bo‘lgan. Zarafshon tog‘ tizmalarida kovakichli hayvonlar bilan past bo‘yli psilofi tlarning toshga tushgan tasviri topilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |