O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent temir yo'l muhandislari instituti



Download 1,41 Mb.
bet26/158
Sana24.12.2022
Hajmi1,41 Mb.
#895493
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   158
Bog'liq
UMK FM va FV

Ko’rinishi:
Transportdagi fuqarolarning halok bo’lishiga, portlash va yong’inlarni chiqishiga olib keladi. Agarda yuk tashuvchi avtotransportlarda avariya holati sodir etilganida, turli neft, portlovchi modda yoki zaharlovchi moddalarning avariya sodir etilgan joylarda tarqalishiga hamda ushbu hududdagi aholining nobud bo’lishiga, zaharlanishiga, bino va inshootlarning buzilishiga olib keladi.
Kelib chiqish sabablari:
Fuqarolarimizning eng avvalo transport harakat xavfsizligi qoidalariga rioya qilmasligi, tezlikni oshirishi, spirtli ichimliklar iste’mol qilib transport vositalarini boshqarishi, qarama-qarshi yo’llarga chiqib ketishi, texnik nosoz transportlarni boshqarishi, qolaversa yo’llarning talab darajasida emasligidir.
Asosan sodir etilgan avariya va halokatlardan 70-80 foizi halokat sodir etilgandan so’ng 2-3 soat ichida ularga tez tibbiy yordam ko’rsatilmasligidan nobud bo’lishadi. Transportlarda tibbiy yordam qutilarining yo’qligi, aholining va xodimlarining birinchi tibbiy yordam ko’rsatish tadbirlarini yaxshi bilmasligi, ushbu transport sodir etilayotgan avariyalarda ko’plab insonlar nobud bo’lishiga olib kelmoqda. Bu borada DAN boshqarmasi xodimlarining transport texnik ko’rigini o’tkazish vaqtida ushbu yo’nalishdagi masalalarga ahamiyat bermasligi, qolaversa turli davlat transport boshqarma boshliqlarining e’tiborsizligidir. Ushbu turdagi favqulodda vaziyatlar yil sayin ortib bormoqda, achinarlisi ham shundaki, begunoh fuqarolarimiz bevaqt olamdan ko’z yummoqdalar.
Oldini olish bo’yicha chora-tadbirlar:
Rejaviy-profilaktik ko’rik va texnik ta’mirlash ishlarnning o’z vaqtida o’tkazishi, texnik nosoz transport vositasidan foydalanmaslik, barcha turdagi yo’l harakati qoidalariga rioya qilish, DAN xodimlarining, haydovchilarning, qolaversa aholining birinchi tibbiy yordam ko’rsatish bo’yicha bilim va malakalarini oshirish, yo’l tarmoqlarini me’yoriy talab darajasida saqlash, shaharlarda kuyi sathli yo’llardan, piyodalarning yer osti yo’laklaridan samaraliroq foydalanish va h.k.
Muhofazasi:
O’zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi to’g’risidagi Vazirlar Mahkamasining 558-sonli qaroriga muvofiq Davlat avtomobil nazorati organiga “Yo’l transport xavfsizligini ta’minlash xizmatiga rahbarlik qilish” vazifasi yuklatiladi.
Metropoliten stansiyalarida ehtimoli bo’lgan favqulodda vaziyatlar.
Ko’rinishi:
Fuqarolarning nobud bo’lishiga, turli xil tan jarohatlari olishiga olib keladi, qolaversa portlash va yong’inlar sodir etilishi mumkin. Metropoliten stansiyalari va vagonlarning buzilishiga olib keladi.
Olib keluvchi sabablar:
Mana ko’p yillardan beri O’zbekiston poytaxti Toshkent shahrida ikki yo’nalishda yer osti poezdlari uzog’imizni yaqin qilib kelmoqda. Ushbu turdagi transportlarda, stansiyalarda favqulodda vaziyatlar hozircha sodir bo’lmagan bo’lsa ham, bo’lishi ehtimoldan holi emas. Misol uchun Yaponiya davlatining Tokio shahrida bo’lgan zaharli modda bilan bog’liq favqulodda vaziyat yoki Moskva shahri metrosidagi hodisalar. Toshkent metrosining “Paxtakor” stansiyasining birinchi yo’nalishdan ikkinchi yo’nalishga o’tish joylarida ertalabki va kechki gavjum vaqtning o’zida minglab fuqorolarimiz to’planadi. Keyingi paytlarda metropoliten yo’laklaridan o’tish joylarida o’zboshimchalik bilan faoliyat ko’rsatgan turli xil savdo do’konchalari yo’lovchilarning harakatiga bevosita halaqit berish bilan birgalikda ma’lum bir favqulodda vaziyatlar paytida noxush oqibatlarni keltirib chiqarishi ehtimoldan holi emas.
Metropoliten loyihalanayotgan paytda uning o’tish yo’llarida hech qanday qo’shimcha qurilishlar ko’zda tutilmagan. Shu nuqtai nazardan, ya’ni metropoliten qurilishi me’yoriy hujjatlar talabi bo’yicha o’tkazish yo’llarining funksiyasiga faqat yo’lovchilarni o’tkazib yuborish kiradi.
Bu borada ham ehtiyotkorlikni oshirmoq, qolaversa sodir etilishi ehtimoli bo’lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadga muvofiq. Ya’ni ushbu soha mutasaddi xodimlari barcha noxush holatlarni oldini olish chora-tadbirlarini ko’rishi maqsadga muvofiq .
Oldini olish bo’yicha chora-tadbirlar:
Rejaviy-profilaktik ko’rik va texnik ta’mirlash tadbirlarini vaqtida o’tkazilishi, texnik nosoz transport vositasidan foydalanmaslik, barcha turdagi yo’l harakati qoidalariga rioya qilish, haydovchilarning, tarmoq odimlarining ish yuzasidan bilim malakalarini oshirib borish, yo’l tarmoqlarini me’yoriy talab darajasida saqlash vaЮ h.k.
Metro ichidagi telemoslamalarda muhofazalanish to’g’risidagi qisqa videolavhalar ko’rsatib borish. Qonunning tarmoqqa aloqador qismlariga so’zsiz amal qilish.
Muhofazasi:
O’zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi to’g’risida Vazirlar Mahkamasining 558-sonli qaroriga muvofiq “O’zbekiston Respublikasi sanoatda konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat qo’mitasi”ga, “kon, ruda, kimyoviy, neft va gaz qazish hamda qayta ishlash sanoati va “Toshmetroqurilish” ob’ektlarida ishlarni olib borishning ahvoli va xavfsizligi ustidan davlat nazoratiga rahbarlik qilish” ishlari yuklatiladi. Bundan tashqari “Toshmetroloyiha” instituti, “Toshkent metropoliteni boshqarmasi” ekspluatasiyasi uchun mas’ul huquqiy shaxslardir.
Korxonalardagi avariyalar davomida ko’p tonnalik idishlar buzilishi oqibatida KTZM (Kuchli ta’sir etuvchi zaharli modda) korxona hududiga tarqalishi oqibatida korxona ishchilaridan tashqari korxona yaqinida yashayotgan aholining sog’ligiga ham zarar keltirishi mumkin. Zarar keltirish miqyosi havoga tarqalgan KTZM ning miqdori, uning konsentrasiyasiga, fizikaviy va kimyoviy xossalari, meteorologik sharoitlari, hudud relefi, shahar va qishloqlardagi imoratlarning zichligiga bog’liq. KTZM tarqalganda avvalo korxonaning hududida yuqori konsentrasiyaga ega bo’lgan “bulut” paydo bo’lib, uning tarqalishi davomida ikkilamchi bulut vujudga keladi va korxonadan tashqariga ham tarqaladi. Ikkilamchi bulut konsentrasiyasi birlamchisiga qaraganda ancha past bo’lgani bilan, insonlar sog’ligi uchun xavf tug’diradi.

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish