O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent temir yo'l muhandislari instituti



Download 1,41 Mb.
bet140/158
Sana24.12.2022
Hajmi1,41 Mb.
#895493
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   158
Bog'liq
UMK FM va FV

Xabar berishning lokal tizimlari.
Halokatli suv bosish ehtimoli bor hududlarda, atom energetikasi ob’ektlari va kimyoviy xavfli ob’ektlar turgan joylarda aholiga tezroq xabar berish uchun (ayniqsa Chernobil voqeasidan keyin) lokal tizimlari yaratish masalasiga alohida e’tibor beriladigan bo’ldi. Bunday tizimlar yordamida avariya sodir bo’lgan ob’ektdagi ishchi va xizmatchilargagina emas, balki zaharlanish, vayron bo’lish yoki halokatli suv bosish ehtimoli bor hududga tushib qoladigan aholiga ham vaqtida xabar berish mumkin bo’ladi.
Tezkorlik - lokal tizimlarning asosiy afzalligi bo’lib,tezlik bilan bildirishdan iborat. Masalan: dispetcher eng tang vaziyatlarda bir qarorga kelib signal berishi mumkin. Lokal tizimlar odatda, signal beruvchi qurilmalar (datchiklar)dan boshlanadi. Ular kimyo inshootlariga yoki to’g’onlar korpusiga o’rnatib qo’yiladi. Signal datchiklari dispetcherga tushadi, u inshootda ro’y bergan favqulodda vaziyat xaqida P-164 boshqarish pulti elektron uskunalar, inshootdagi sirkulyar chaqirish qurilmalari va P-164 uzatgich (peredatchik) orqali telefonlar va radiokarnaylar orqali e’lon qiladi. P-164 uzatgich zararlanish (suv bosish) ehtimoli bor hududda yaShab turgan aholiga xabar berishning lokal tizimi P-160 apparatini ulab, radiotranslyasiya kanallarini, elektr sirenalarini va ko’chadagi radiokarnaylarni ishga tuShiradi.
Respublika, viloyatlar shahar va shahardan tashqari hududlardagi boshqaruv punktlaridagi aloqa FVDT boshqarmalar, bo’limlar va xizmatlar hamda hamkorlik qiluvchi boshqarmalar (qo’shnilar), harbiy gornizonlar va harbiy komissarliklar, hamda razvedka guruhlari, ko’chma va yordamchi boshqaruv punktlari, vazirliklar, idoralar, birlashmalar, uyushmalar boshqaruv punktlari bilan birgalikda tashkil etiladi. Shahar (qishloq) tumanlari boshqaruv punkglari aloqanining barcha mavjud kuch va vositalarini qo’llab, favqulodda vaziyatlar boshqarma (bo’lim)lari, evakuasiya organlari, transport tashkilotlari, inshootlar boshqaruv punktlari, shahardan tashqari hududlar, o’zaro hamkorlik qiluvchi (qo’shni) tumanlar, mahalliy tuzilmalar, fuqaro muhofazasi vazifalarini hal etish uchun ajratilgan harbiy qismlar va bo’linmalar bilan aloqani tashkil etadi. Aloqa va bildirishning markazlashtirilgan va lokal tizimlarini tuzish va doimiy shay holda saqlab turish aholiga favqulodda vaziyatlar xavfi yoki yuzaga kelishi haqidagiaxborotlarni o’z vaqtida etkazish imkoniyatini beradi. Xabar berish aholiga tushunarli, avvaldan belgilangan shartli signallardan boshlanadi. Maqsad aholining e’tiborini insonlarning salomatligiga tahdid soluvchi xavfli vaziyat sodir bo’lishi mumkinligiga qaratish va bunday vaziyatdatn harakat tartibini tushuntirishdan iborat.
Aloqa vositalari va xabar berish usullari avvaldan rejalashtirilgan va tashkil qilingan bo’lishi kerak. Fuqaro muhofazasi tadbirlarini o’tkazishning barcha rejimlarida aloqa va xabar berish vositalari asosiy o’rinni egallaydi.
Har qanday xavf-xatar holatida elektr sirenalari ishga tushiriladi. Ularning hayqirig’iga korxonalarning uzuq-uzuq gudoklari jo’r bo’ladi. Fuqaro muhofazasining “Diqqat barchaga!” degan ovozi eshitilgan zahoti televizor, radiopriemnik, radiokarnaylarni ishlatib qo’yib, mahalliy hokimiyat organlarining yoki favqulodda vaziyatlar boshqarma, bo’limlarining xabarlarini tinglash kerak.
Bu tabiiy ofat yoki avariya oqibatlarini tugatguncha davom etishi lozim. Aholi punktlarining va iqtisodiyot ob’ektlarining radiotranslyasiya tarmokdari kechayu-kunduz ishlashga o’tkazishi kerak.
Radioeshittirish va televidenie (jo’r ovoz bo’ladigan radiouzatgichlarni ham qo’shib) respublika aholisiga xabar berish va axborotni yetkazishning asosiy vositalari hisoblanadi. Xabar berish signallari va tegishli axborot butun hududga ham, shuningdek hududlarni tanlab olib (viloyat tumani) ham berilishi mumkin.
Ovozli xabarlarni Aloqa vazirligining yoki Davlat teleradiosining eshittirish studiyalaridagi suhandonlar (diktorlar) yoki viloyat, shahar, qishloq tumanlari ma’muriymarkazlardagi studiyalarning va iqtisodiyot inshootlari dispetcherlik punktlarining suhandonlari eshittiradilar.
Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmalari asoslangan ovozli xabarlar matnini davlat va rus tillarida aytib chiqishlari, ularni magnit tasmasiga (videokassetaga) yozib qo’yishlari kerak.
Kechiktirib bo’lmaydigan favqulodda hollarda ovozli qisqa xabarlarni favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor navbatchisining bevosita ish o’rnidan turib magnit tasmasidan yoki to’g’ridan to’g’ri eshitgirish tarzida (magnit tasmasiga oldin yozib olgan tarzda) eshittirishga tegishli fuqaro muhofazasi boshliqlarining ijozati bilangina yo’l qo’yiladi. Radiotranslyasiya tarmog’ini tanlab olish uchun P-164 apparatidan foydalaniladi. Bildirish signallari televidenieda ham, efirga ham bevosita uzatib yoki videomagnit tasmaga yozib olib etkaziladi. Bu maqsadda respublika eshittirish dasturlari ishga solinadi. Viloyatlarda respublika dasturiga istalgan vaqtda kirib, viloyat teleradio markazlaridan axborot berib xabardor qilish imkoniyati bor.
Favqulolda vaziyat sodir etilganda aholiga bildirish tartibi kuyidagicha bo’lishi mumkin. Kimyoviy xavfli ob’ektda avariya bo’lganda bunday axborot beriladi: “Diqqat barchaga! shahar favqulodda vaziyatlar bo’limidan gapiramiz. Fuqarolar! Kimyo kombinatida kuchli ta’sir etuvchi zaharli modda - xlor chiqib ketib, avariya sodir bo’ldi. Zaharlangan havo buluti ... yo’nalishida tarqala bormokda. Quyidagi shahar, tumanlar va viloyat aholi punktlari kimyoviy zaharlanish hududida qoladilar. Zaharlanish hududiga tuShib qolgan kishilar uylaridan, muassasa, korxona, o’quv yurtlaridan darhol chiqsinlar, shamol yo’nalishiga perpendikulyar, eng qisqa yo’l bilan xavfsiz joylarga o’tsinlar. Tashqariga oldin ho’llangan yoki 2% li ichimlik soda eritmasi, paxtali doka bog’ich taqib olinglar. Zaharlangan havo buluti etib kelguncha xonadondan chiqib ulgurishga ulgirmasangiz, xonangizni eshik va derazalarini zichlab yopib, tashqaridan havo kirmaydigan qilib oling. Yerto’lalar va uylarning pastki qavatlariga xlor havodan og’ir bo’lgani uchun, pastqam joylarga, yerto’lalarga oqib kiradi. Keyin esa favqulodda bo’limining ko’rsatmasiga binoan yo’l tuting. Hozir favqulodda vaziyatni talofatlarini bartaraf etish borasida ishlar olib borilyapdi. Axborotlarni kuzatib boring”.
Mana shu tartibdagi axborot bir necha marotaba beriladi.
Favqulodda vaziyat xavfi tug’ilganda va sodir bo’lganida xavf darajasini ko’rsatadigan ikkita bildirish belgilangan:
1.Yuqori tayyorgarlik rejimi.
2. Favqulodda rejim.
Ikkala rejimda ham fuqaro muhofazasi tomonidan quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi kerak:
-favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun shahar ob’ektlarini va sanoat zonalarini joylashishini hisobga olgan holda oqilona reja tuzish;
-ikkilamchi shikast o’choqlari paydo bo’lishi xavfini kamaytirishni ta’minlaydigan texnologik jarayon, konstruksiyalar joriy qilish, nodir uskunalarni qidirish;
-oson yonuvchan, portlash xavfi bor va kuchli zaharli moddalar hajmini iloji bor darajada kamaytirish, suyuqlik idishlarini muhofaza qilish, ulardan suyuqlik oqishini yo’q qiladigan yoki cheklaydigan choralarni ko’rish;
-fuqaro muhofazasi signali berilganda va elektr energiyasi to’satdan o’chib qolganda ishlab chiqarishni avariyasiz to’xtatish choralarini ko’rish;
-favqulodda vaziyat sharoitida tashish ishlariga transportni tayyorlash;
-mavjud xo’jalik aloqalari buzilgan taqdirda foydalanish uchun moddiy-texnika ta’minoti rezervi va dublyaj qiluvchi bazalarini tayyorlash;
-tarmoq taraqqiyoti mobaynida ob’ektlarni, bo’lib-bo’lib tarqatib yuborish;
-ishlab chiqarishni yoki muhimroq mahsulotni har xil ob’ektlarda dublyaj qilib chiqarish;
-inshootlarni chuqurlashtirish, pastroq inshootlar qurish, vertikal konstruksiyalarni gorizontallariga almashtirish;
-inshootlardagi alohida elementlar orasida qo’shimcha bog’lanishlar o’rnatish hisobiga konstruksiyalar pishiqligini oshirish;
-uskunalarni yonmaydigan engilgina to’siq konstruksiyalari bor imoratlarga o’rnatish;
-energota’minot tizimlari ishining barqarorligini ta’minlash (avtonom manbalar, dizel elektr stansiyalar-artezian quduklar hisobiga);
-ob’ekt ta’mirlanayotganda jo’n va oson alanga oladigan konstruksiyalarni barqarorlik shartlariga javob beradigan konstruksiyalarga almashtirish.



Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish