O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent temir yo'l muhandislari instituti



Download 1,41 Mb.
bet139/158
Sana24.12.2022
Hajmi1,41 Mb.
#895493
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   158
Bog'liq
UMK FM va FV

Nazorat savollari

  1. Iqtisodiyot tarmoqlarining barqarorligi nimalardan iborat?

  2. Iqtisodiyot tarmoqlarining uzuksiz ishlashiga ta’sir etadigan omillarni ayting.

  3. Favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyot tarmoqlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash uslublarini tushuntirib bering.

4. Favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyot tarmoqlarining barqarorligini oshirish usullari nimalardan iborat?


16 – AMALIY MASHG’ULOT
MAVZUSI.
Favqulodda vaziyatlarda aholiga xabar berish, aloqa vositalari, aholining harakatlari
Ishdan maqsad.

  1. Aloqa va xabar berish markazlashgan tizimini o’rganish.

  2. Xabar berishning lokal tizimlarini o’rganish.



Tayanch so’z va iboralar: shaharlarda, tumanlarda, ob’ektlarda va qishloqlarda yirik aholi punktlari, “Diqqat barchaga!” signali, simli eshittirish, mahalliy radio eshittirish, og’zaki axborot berish, aholini xabarlashni.

Favqulodda vaziyatlar sodir bo’lganda yoki sodir bo’lish ehtimoli tug’ilganida aloqa va xabar berish tizimini tashkil etishga fuqaro muhofazasi boshlig’i mas’uldir. Aloqa va xabar berish tizimining doimiy tayyorgarligini bevosita fuqaro muhofazasi xabar berish va aloqa xizmati ta’minlaydi. Fuqaro muhofazasi aloqa tizimi muqim, boshqaruv punktlarining aloqa tarmoqlari bazasiga davlat aloqa tarmog’iga tayangan holda tinchlik davrida oldindan tashkil etib qo’yiladi. Respublika, viloyat, poytaxt shahar aloqa tizimi asosini shahar va shahardan tashqari xududlardagi boshqaruv punktlarining aloqa tarmoqlari tashkil etgan bo’lib, ular aloqa vazirligining shahar va shahardan tashqaridagi aloqa tarmoqlariga aloqa yo’llari yordamida bog’langan bo’ladi hamda ular orqali davlat aloqa tizimiga chiqishni ta’minlab beradi.


Boshqaruv punktlarining aloqa tarmog’i - boshqarishni ta’minlash uchun ishlatilgan aloqa kuchlari va vositalarning tashkiliy-texnik birlashmasidir.
Aloqa tarmoqlari muqim (muhofaza qilingan va muhofaza qilinmagan) hamda ko’chma bo’ladi.
Muqim aloqa tarmoqlari respublika, viloyat, shahar, tuman, vazirlik va idoralarning shaharlardagi va shahardan tashqari hududlaridagi boshqaruv punktlaridagi muhofaza inshootlarida jihozlanadi. Ko’chma aloqa tarmoqlari avtomobillarda, vertolyotlarda va temir yo’l vagonlarida jihozlanib, muqim aloqa tarmog’ida uzellar ishdan chiqqan holda vaavariya-qutqarish ishlari o’gkazishda va boshqa tusatdan paydo bo’lgan vazifalarni bajarishda aloqalarni ta’minlab turishga mo’ljallangan bo’ladi.
FVDT (Favqulodda vaziyatlarda oldini olish va bartaraf etish davlat tizimi)da radio, simli va signal beruvchi aloqa vositalari ishlatiladi. Radio muhim va ishonchli vositasi bo’lib, birinchi galda FVDT kuchlari vaziyatlar joyiga olib borilayotganda va avariya-qutqaruv ishlari o’tkazilayotganda ularni boshqarish uchun ishlatiladi. Bunday aloqa radio tarmoqlari va radio yo’nalishlari shaklida tashkil etiladi. Simli aloqa vositalari fuqaro muhofazasi kuchlari o’z asosiy joyida turganda, avariya-qutqaruv ishlari o’tkazayotganda, ularni boshqarish uchun ichki aloqasini ta’minlashda ishlatiladi. Ko’chma aloqa vositalari sifatida avtomobillar, motosikllar, vertalyotlar va yugurdaklardan foydalaniladi.
Signal beruvchi vositalar - axborot berish, xabarlash, boshqarish va o’zaro hamkorlik tadbirlarini o’tkazish signallarini berish uchun ishlatiladigan eShitish radiotexnika vositalaridir.
Xabar berish tizimi markazlashgan va cheklangan quyi tizimlarga bo’linadi.
Aloqa va xabar berish markazlashgan tizimi.
Markazlashgan xabar berish tizimi deganda tinchlik va harbiy harakatlar davrida fuqaro muhofazasiga mas’ul xodimlarga hamda respublika aholisiga signal va kerakli axborotlarni tezlikda yetkazib berishga mo’ljallangan texnik vositalar, aloqa kanali, radio va televidenie majmuasi tushuniladi.
O’z vazifalariga qarab markazlashgan bildirish tizimi respublika, viloyat, tuman, shahar, inshoot miqyosida tuziladi. Aholiga markazlashgan holda xabar berish tizimining maxsus jihozlangan texnik vositalari Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boshqarmalari tasarrufida bo’ladi. Bu texnik vositalar qoida bo’yicha O’zbekiston pochta va telekommunikasiya agentligi korxonalarida joylashtiriladi. Xabar berish apparatlari favqulodda vaziyatlar shahar (tuman) bo’limlarida o’rnatiladi, agarda bunday bo’limlar mavjud bo’lmasa kechayu-kunduz tezkor navbatchilik tashkil qilingan joylarga o’rnatiladi. Markazlashgan xabar berish tizimi ancha qulayliklarga ega. Birinchidan, sirenaning ovozi shahar, tuman, viloyatningaholisi e’tiborini jalb qilish imkoniyatini beradi. Ikkinchidan, uni ham tinchlik davrida - tabiiy ofat, avariyalar sodir bo’lganda, ham harbiy davrda qo’llash mumkin. Qishloqlarda, tumanlarda va iqtisodiyot ob’ektlarida ovozli signallarni va og’zaki xabarlarni etkazuvchi xabar beruvchi vositalarni yagona markazlashgan xabar berish tizimiga birlashtiruvchi maxsus apparatlar mavjud. Ular yordamida elektro sirenalarni boshqarish, xodimlarga uy va xizmat telefonlari orqali xabar xabar berish vositalarini ulaSh mumkin. Xabar berish markazlashgan tizimi:
-shaharlarda, tumanlarda, ob’ektlarda va qishloqlarda yirik aholi punktlarida markazlashgan va markazlashmagan tarzda “Diqqat barchaga!” signalini berishni;
-simli eshittirish tarmoqlari va mahalliy radio eshittirish stansiyalarida og’zaki axborot berish yo’li bilan aholini xabarlashni;
-signallarni va axborotni respublika, viloyat, shahar, tuman, vazirlik va idoralarning shaharlardagi va shahardan tashqari hududlaridagi boshqaruv punktlariga, ichki ishlar shahar, tuman bo’limlariga yetkazishni;
-xonadon va xizmat telefonlarida mansabdor shaxslarga doimiy (sirkulyar) bildirishni;
-fuqaro muhofazasini bildirish signallarini iqtisodiyot ob’ektlari ishchilari xizmatchilariga, FVDT tuzilmalariga va O’zbekiston Respublikasining barcha aholisiga berishni ta’minlashi kerak.

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish