Radiasiya changi va xavfli aerozollardan uylarni himoya qilish.
Urush va tinchlik paytidagi favqulodda vaziyatlar havo bo’shlig’ining radioaktiv chang va zaharlovchi modda, kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar va xavfli aerozollar bilan zaharlanishi mumkin.
Radiasiyaviy avariya- uskuna nosozligi, xodimlar (personal)ning hatti-harakatlari (harakatsizligi), tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar tufayli kelib chiqqan, fuqarolarning belgilangan normalardan ko’proq nurlanish olishiga yoki atrof muhitning radioaktiv ifloslanishiga olib kelishi mumkin bo’lgan, yoxud olib kelgan ionlashtiruvchi nurlanish manbai ustidan boshqaruvning izdan chiqishi.
Uy sharoitida radiasiyadan, kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalardan va boshqa zaharli moddalardan muhofazalanish yo’l-yo’riqlarini yaxshi bilish zarur. Buning uchun radiasiyaviy va boshqa zaharlovchi moddalarlarning xususiyatlari, ular ishtirokida avariya sodir etilgan vaqtda ularning ta’sir doirasi, zaharlash darajasi (va h.k.)ni hamda taxminiy oqibatlari haqida tushinchaga ega bo’lish lozim. Radiasiya tarqalishi bilan bog’liq favqulodda vaziyatlar sodir bo’lgan vaqtda ob’ekt fuqaro muhofazasi boshlig’i favqulodda vaziyatni oldini olish, ishchi-xizmatchilarning va aholining me’yordar ortiq zaharlanishlariga yo’l qo’ymaslik uchun tegishli tadbirlarni Favqulodda vaziyatlar vazirligi va FVDTning tizimlari xodimlari bilan hamkorlikda olib boradi.
Aholi uchun ruxsat etilgan nurlanish darajasi:
T.r
|
Maskanlar
|
Darajaning quvvati,
Mr/soat
|
1
|
Inson tanasi
|
50
|
2
|
Ichki kiyim
|
50
|
3
|
Gazdan himoyalanish niqobining yuzi
|
50
|
4
|
Kiyim-bosh, oyoq kiyimi, shaxsiy himoya vositalari
|
50
|
5
|
Hayvonlar tanasi
|
50
|
6
|
Texnika vositalari
|
200
|
Radioaktiv chang eshik, fortochka, tirqishlar orqali yashash va ishlab chiqarish binolariga, omborxonalariga kirishi mumkin. Asosan, binoga turli zararli gazlar, zaharlovchi moddalar va bakteriologik vositalar aerozollarining kirishidan saqlanish va uni himoya qilishga tayyorlanish uchun binolarni germetiklashtirish kerak, hamda barcha tirqishlar berkitilishi lozim bo’ladi.
Bundan tashqari uyning nurlanish ta’siridan saqlash uchun hiomya vositalarini kuchaytirish kerak. Buning uchun deraza bo’shlig’ini tuproq to’ldirilgan qoplar bilan yopiladi, bir qavatli bino devorlarining qalinligini oshirish uchun 1,0 dan 1,8 metr balandlikda tuproq bilan to’ldiriladi. Sepilgan tuproqni qattiq qilish uchun taxtadan foydalanish mumkin. Qishloq joylarda uylarni germetizasiya qilishda tashqaridagi shaxta quduqlarining atrofini 1-1,5 metrga sement, loy va shu kabilar bilan yopish va germetizasiya qilish zarur. Uylarni germetizasiya qilish tadbirlarini o’tkazish ma’lum miqdorda nurlanish, zaharlovchi moddalar va bakteriologik vositalar aerozollarining kirishini va odamlarning zaharlanishini kamaytiradi.
Radioaktiv moddalar yoki boshqa zaharli moddalar bilan bog’liq favqulodda vaziyatlar sodir bo’lganda aholining har bir harakati fuqaro muhofazasi xodimlarining nazoratlari ostida bo’lishi lozim.
Yashash joylarda, ob’ektlar hududidagi suvlarning radioaktiv moddalar va boshqa turdagi zaharli moddalar bilan zaharlanish darajasini aniqlash uchun suvdan 1,5 yoki 10 (bir chelak) hajmda na’muna olinadi. Asbob suv betiga parallel vaziyatda 0,5-1,0 sm. balandlikda qilib tutiladi va mikroampermetrning ko’rsatishlari yordamida aniqlanadi. Shuning uchun radiasiyaviy moddalar bilan zaharlangan hududda fuqaro muhofazasi organlari xodimlari ruxsatisiz ichimlik suvlaridan foydalanish maqsadga muvofiq emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |