O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent temir yo'l muhandislari instituti



Download 1,41 Mb.
bet110/158
Sana24.12.2022
Hajmi1,41 Mb.
#895493
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   158
Bog'liq
UMK FM va FV

Nazorat savollari

  1. Radiatsion razvedka priborlari va ularni ishlatish haqida ma’lumot bering

  2. Kimyoviy razvedka priborlari va ularni ishlatish haqida ma’lumot bering

7 AMALIY MASHG’ULOT
MAVZUSI.
Zararlangan joylarda radiatsion va kimyoviy razvetka ishlarini olib borish
Ishdan maqsad.

  1. Radiatsion razvyedka guruhining harakatlarini o’rganish

  2. Kimyoviy va biologaik razvyedka guruhlarining harakatlarini o’rganish



Tayanch so’z va iboralar: Radiatsion dozorlar (RD), kimyoviy dozorlar (KD), kimyoviy kuzatuv postlari (KKP)

Radiatsion, kimyoviy va nospetsifik biologik (bakteriologik) razvedkani o'tkazish uchun radiatsion va kimyoviy razvedka tuzilmalari tarkibidan kimyoviy kuzatuv postlari (KKP) va kimyoviy razvedka dozorlari (KRD) ajratib olinadi. Radiatsion, kimyoviy va nospetsifik biologik (bakteriologik) razvedkani o'tkazishda quyidagi zonalar to'sish belgilari bilan ifodalanadi: 0,5 R/ch radiatsiya darajasi hamda komandir tomonidan belgilangan radiatsiya darajasiga ega bo'lgan hudud chegaralari; zaharli moddalar bilan zararlangan hududlar (uchastkalar) chegaralari; radioaktiv va kimyoviy zararlanish zona (tuman, uchastka) laridan aylanib o'tish va o'tish joylari yo'nalishlari, shuningdek, bakterial (biologik) aerozollar aniqlangan hududlar. To'sish belgilari shunday masofada o'rnatiladiki, bunda bitta belgidan ikkinchi belgigacha bo'lgan oraliqda ushbu ikkala belgi ham ko'rinishi lozim; belgining o'ng tomoni (oldi) zararlanmagan tomonga yoki radiatsiya darajasi kamaygan tomonga qaratilishi zarur.


To'sish belgilari zararlanish hududi topilgan nuqtadan 250-300 m oraliqda o'ng tomonda, ichki chegarani ifodalashda – harakat yo'nalishi bo'ylab chap tomonda o'rnatiladi.
Radioaktiv yoki kimyoviy zararlanish zonasini razvedka qilishda radiatsiya darajasini o'lchash va razvedka ma'lumotlarini uzatish zona (tuman) ning boshlanish joyida, so'ng aniq ko'rinadigan topografik mo'ljallar (yo'lning ayrilish joylari, chorrahalar, yo'l burilishlari, aholi punktining boshlanishi va yakuni, suv to'sig'i orqali ko'prik va b.) yaqinida har 1,5-2 km oraliqda yoki radiatsiya darajasining birdan o'zgarishida (radiatsiya darajasi aniqlanmasa yoki birdan ortib ketsa) amalga oshiriladi.
Razvedkaning qo'shni marshrutlari yoki yo'nalishlari o'rtasidagi masofa 2-3 km ni tashkil etadi.
Razvedka ma'lumotlari radio orqali kodlangan xarita va muzokara jadvallari (signal jadvallari) orqali uzatiladi.
Yo'nalishlar (marshrut)ning radiatsion, kimyoviy va nospetsifik bakteriologik (biologik) razvedkasi radioaktiv zararlanishda 40 km/s tezlikda va kimyoviy zararlanishda 12 km/s tezlikda olib boriladi.
Razvedka boshlanishidan oldin, shaxsiy tarkib guruh komandirining buyrug'i bilan shaxsiy himoya uskunalarini “tayyor” holatga o'tkazadi. Agar hudud zaharli moddalar, bakterial (biologik) vositalar yoki 0,5 R / ch dan ortiq radioaktiv moddalar bilan zararlangan bo'lsa, unga yaqinlashganda, shaxsiy himoya vositalari “jangovar holat”ga o'tkaziladi.
Razvedka jarayonida guruh komandiri hududni, uskunaning ko'rsatkichlarini, xodimlarining hatti-harakatlarini kuzatadi, razvedka ma'lumotlarini ishchi xarita (sxema) ga kiritadi va ular to'g'risida guruhni razvedkaga jo'natgan komandirga radio orqali hisobot beradi.
Razvedka yakunlanganidan so'ng guruh komandiri topshiriq bajarilganligi haqida xabar beradi, guruhni dozimetrik va kimyoviy nazoratdan o'tishini, mashina va uskunalarning qisman maxsus qayta ishlovdan o'tishini tashkillashtiradi, shundan so'ng guruh bilan birgalikda yig'ilish punktiga boradi, razvedkaga jo'natgan komandirga ishchi xarita (sxema)ni taqdim etadi, doza o'lchagichlarning (dozimetrlar) ko'rsatkichlarini oladi va guruhni yangi topshiriqlarni bajarishga tayyorlaydi.
Radiatsion, kimyoviy, bakteriologik (biologik) zararlanish zonasi (hudud, uchastka) yo'nalishini razvedka qilishda guruh belgilangan yo'nalish (marshrut) bo'ylab harakatlanadi, havoda radioaktiv, zaharli moddalar va bakterial (biologik) aerozollarning mavjudligini aniqlaydi, harakat marshrutidagi radioaktiv, kimyoviy va bakteriologik (biologik) hudud (uchastka)ning oldingi va ichki chegaralariga to'sish belgilarini o'rnatadi.

Radiatsiyaning belgilangan darajasi aniqlanganda, guruh komandiri bu joylarni to'sish belgilari bilan belgilaydi va bu haqda razvedkaga jo'natgan komandirga (boshliqqa) xabar beradi, uning ko'rsatmasiga binoan marshrut bo'ylab razvedkani davom ettiradi yoki yangi yo'nalish (marshrut) ni razvedka qilish uchun topshiriq oladi.
Kelib chiqishi noaniq bo'lgan moddalar va bakterial (biologik) vositalarning namunalari guruhning yig'ilish punktiga olib boriladi va u erdan kimyoviy laboratoriyalarga jo'natiladi.
Yadro minalarini portlatish oqibatida zararlangan zonalarni razvedka qilishda muhandislik-razvedka dozorlari bilan birgalikda belgilangan yo'nalishda radiatsiya darajalari aniqlanadi.
Fuqarolik mudofaasi tuzilmalarining joylashuviga mo'ljallangan hududni razvedka qilish, odatda, rekognostsirovka guruhi tomonidan amalga oshiriladi.
Guruh belgilangan marshrut bo'ylab hududni aylanib chiqadi va zararlanishning mavjudligini aniqlaydi. Boshqaruv punktlari, fuqarolik mudofaasi tuzilmalari, shoxobcha yo'llarni joylashtirish ko'zda tutilgan hududlarning radioaktiv va kimyoviy zararlanishini aniqlashga alohida e'tibor qaratiladi. Shuningdek, suv manbalari puxta tekshiriladi. Zararlanish aniqlanganda, guruh tomonidan hududning oldingi va ichki chegaralari belgilanadi, bo'lim komandiri bu haqda rekognostsirovka guruhining katta xodimiga yoki guruhni razvedkaga jo'natgan komandir (boshliq) ga xabar beradi.
Razvedkada va harakatni ta'minlash otryadida qatnashuvchi guruh belgilangan joyda radiatsion, kimyoviy va nospetsifik bakteriologik (biologik) razvedkani olib boradi, radioaktiv va kimyoviy zararlanish haqida ogohlantiradi.

Radiatsion razvedka.
Radioaktiv zararlanish zonasida qidiruv-qutqaruv ishlarini o'tkazishning samaradorligi ko'p jihatdan radiatsion vaziyat bo'yicha ishonchli ma'lumotlarning mavjudligiga bog'liq. Buning uchun radiatsion razvedka olib boriladi va u quyidagi muammolarni hal qiladi: hudud va havoning erga yaqin qatlamida radioaktiv moddalarning mavjudligini aniqlash va bu haqda rahbarga ma'lumot berish; harakatlanish marshrutida gamma-nurlanishining doza quvvatini aniqlash va radioaktiv zararlanish zonalarining chegaralarini belgilash; zararlangan uchastkalardan aylanib o'tish yo'llarini izlash (zarurat tug'ilganda); radiatsion vaziyatning o'zgarish dinamikasini nazorat qilish; suv, oziq-ovqat, o'simliklar, tuproq, texnika ob'ektlari, buyumlar namunalarini olish va laboratoriyaga jo'natish; meteorologik kuzatuv; radioaktiv zararlanish zonasidan chiqqan shaxsiy tarkibni dozimetrik nazoratdan o'tkazish.
Radiatsion razvedkani tashkil etishda atrof-muhit sharoitlarining o'zgarishi (shamol yo'nalishi va boshqalar) oqibatida yuzaga keladigan vaziyatni yoki qayta radioaktiv zararlanishni hisobga olishi kerak. Fuqarolik mudofaasi tuzilmalarining joylashuvi hududlarida va ishlarni olib borish ob'ektlaridagi radiatsion holatni kuzatish uchun radiatsion kuzatuv postlari tashkil etiladi, ularning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: radioaktiv zararlanishni o'z vaqtida aniqlash va ogohlantirish signallarini uzatish; radioaktiv moddalar bulutining harakat yo'nalishini aniqlash; radioaktiv moddalar bilan zararlangan post atrofi hududlarini o'rganish, shuningdek, meteorologik kuzatuvni amalga oshirish. Radiatsion nazorat posti uch kishidan iborat. Mazkur post nurlanish dozalarini o'lchash uskunalari, meteokomplekt № 3, nurlanish dozasi quvvatini individual o'lchash uskunalari, sekundomer, xabar berish va aloqa vositalari, radiatsion vaziyat parametrlarini yozib olish jurnali, havo namunalarini olish uchun uskunalar majmui bilan jihozlangan.
Yuqorida keltirilgan har bir operatsiya qutqaruv bo'linmalarining kuch va vositalari tomonidan muayyan ketma-ketlikda amalga oshiriladi, bunda ma'lum vaziyat sharoitlaridan kelib chiqib, PSR ni o'tkazishni tashkillashtirishning ratsional texnologiyalarini tanlashga alohida e'tibor qaratiladi. Radioaktiv moddalar bilan zararlangan zonada ishlarni olib borish ishchilarning tashqi va ichki nurlanishini kamaytirishga, toza hududlarga va odamlar yashaydigan uylarga radioaktiv moddalarning olib kirilishini istisno etishga qaratilgan radiatsion xavfsizlik choralarini talab etadi.
Kimyoviy razvedka
ZM (zaharli modda) yoki KTQZM (kuchli ta'sir qiluvchi zaharli moddalar)ning atmosferaga yoki hududga kirishini aniqlanishi bilan quyidagi harakatlar amalga oshirilishi zarur: xavfli hududda bo'lishi mumkin bo'lgan barcha odamlarni zudlik bilan ogohlantirish; zarur hollarda ularni shoshilinch evakuatsiya qilish, bunda ZM yoki KTQZMning bug'li buluti harakatlanadigan hududga tushib qolmaslik hisobga olinadi; yordamga muhtoj, jumladan, konstruktsiya va bino bo'laklari ostida qolgan jabrlanuvchilarni qidirishni tashkil qilish; biror sababga ko'ra xavfli hududdan chiqib keta olmaydigan shaxslarni zaruriy ShHV bilan ta'minlash; KTQZM ning keyingi tarqalishini to'xtatish maqsadida zararlangan maydonlar, kranlar yoki boshqa qulflash moslamalarini berkitish; Zarurat tug'ilganda zararlangan katta idish atrofida tuproq uyumlari o'rnatiladi yoki chuqurliklar qaziladi; vaziyatni bashorat qilish va ZM yoki KTQZM bilan zararlangan havo harakatining yo'nalishini aniqlash maqsadida doimiy meteorologik kuzatishlarga alohida e'tibor qaratiladi.
ZM va KTQZM bilan zararlangan zonada kimyoviy razvedka tashkil etiladi, u ob'ektda mavjud va kimyoviy razvedka uskunalari bilan ta'minlangan qidiruv-qutqaruv tuzilmalarini jalb etgan holda zararlanish o'chog'ini tekshirishdan boshlanadi. Mazkur jarayon xavfli kimyoviy moddalarning mavjudligi, ularning havodagi kontsentratsiyasi va tuproq namunalarini olish kabi amallarni o'z ichiga oladi. Zararlanish o'chog'ida kimyoviy razvedkani o'tkazishda ZM yoki KTQZM ning mavjudligi har bir xonada 20-30 m oraliqda, katta xonalarda esa 10-15 m oraliqda aniqlanadi. ZM yoki KTQZMning ehtimoliy to'planish uchastkalariga alohida e'tibor qaratiladi (erto'lalar, shamol aylanmaydigan joylar). Havo namunalari ZM yoki KTQZM mavjud bo'lgan joylardan, suyuq holdagi namunalar esa ular oqib turgan joylardan olinadi. Favqulodda vaziyat hududida tuproq namunalari olinadi.

KTQZM tarqalgan halokat o'choqlaridagi kimyoviy razvedkani o'tkazishda shtatli to'sish belgilari ZM tarqalgan o'choqlarga nisbatan o'rnatilmaydi, boisi aksariyat KTQZM yonish yoki portlash xususiyatiga ega. KTQZM bug'lari bilan zararlangan zonalar (uchastkalar, tumanlar)ni belgilash uchun qo'lostidagi vositalar (bo'r bilan yozilgan yozuvlar, plakatlarni ilish va b.) qo'llanadi. Zararlangan o'choqni razvedka qilish bilan bir vaqtda korxona hududi va uning atrofida kimyoviy razvedka amalga oshiriladi. Aholi punktlarida o'tkaziladigan kimyoviy razvedka ayniqsa, ko'chalar va yo'llar bo'ylab o'ta ziyraklik bilan amalga oshiriladi. Ayrim hovlilar, binolar, xonalar, tomorqa uchastkalari va boshqa ob'ektlarni razvedka qilish piyoda yurish tartibida dozorlar tomonidan amalga oshiriladi. Bu hollarda to'siq belgilari kesishgan ko'chalarda, hovlilarning chiqish joylarida, binolar pod'ezdlarida, yaxshi ko'rinadigan hovlilar va ko'chalarda o'rnatiladi. Hududda va havoda ZM yoki KTQZM ni aniqlash maqsadida kimyoviy razvedka va indikatsiya asboblari qo'llanadi.


Kimyoviy razvedka, odatda, razvedka uchun mo'ljallangan kimyoviy mashinalarda, zarurat tug'ilganda, piyoda yurish tartibida amalga oshiriladi. Kimyoviy razvedka natijalari asosida aholi punktining har bir uyi (bino, tomorqa uchastkasi) uchun zararlanish pasporti (kartogramma) tuziladi. Halokat oqibatida jabrlanganlar va yordamga muhtoj odamlar zararlangan zonaning ochiq maydonida, konstruktsiya yoki binolarning vayronalari ostida, ishlab chiqarish yoki turar-joy binolarida bo'lishi mumkin.

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish