O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent temir yo'l muhandislari instituti



Download 1,41 Mb.
bet80/158
Sana24.12.2022
Hajmi1,41 Mb.
#895493
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   158
Bog'liq
UMK FM va FV

Degazasiyalovchi moddalar va eritmalar. Degazasiyalovchi eritma №1-u geksaxlormelamning 5% li eritmasi yoki dixloraminning dixloretandagi 10% li eritmasi. Iprit va V-gazlar bilan zararlangan predmetlarni degazasiya qilish uchun ishlatiladi: Bu eritma odam uchun zaharli; odamning ichiga tushganida o’lim bilan tugaydigan zaharlanishiga olib keladi, teriga tushganida va uzoq muddat nafas olinganida odamni zararlantiradi. Shuningdek, u metallarni zanglatadi.
Degazasiyalovchi eritma №2 natriy ishqori (2%), monoetanolamin (5%) va suvdagi ammiak (20%) eritmalarining aralashmasi. Zamon-zarinni degazasiya qilish maqsadida va metall asboblar zanglashining oldini olish maqsadida №1 eritmadan keyin ishlatiladi. Shuningdek, №2 (ammiak-ishkorsiz) eritma xam ishlatiladi.
DTS- GK (kalsiy gipoxlorit tuzi) xlor xidiga ega bo’lgan oq kukun. V- gazlar va iprit bilan zararlangan joylarni, predmetlarni degazasiya qilish uchun suvdagi 1 -1,5% li eritmasi yoki suspenziyasi ishlatiladi.
Xlorli oxak -yirik yog’och va metall predmetlarni degazasiya qilish uchun suspenziya shaklida 1:10 (bir qism xlorli oxakka 10 qism suv) nisbatidagi eritma holida ishlatiladi.
Xloramin-iprit va V-gazlar bilan zararlangan har xil ob’ektlarni degazasiya qilish uchun 1% li suv - spirt eritmasi qhaklida ishlatiladi.10
Zararlangan ob’ektlarni degazasiya qilish uchun gidropult, avtomakslar, cho’tka, latta va suv sepib yuvuvchi mashinalardan foydalaniladi.
Suvni dezaktivasiya va degazasiya qilish kamdan-kam qo’llanadi, chunki yangi suv manbai (quduq, skvajina va boshqalar) qurish engilroqdir. quyida suvni dezaktivasiya qilish usullarining ba’zilari bilan tanishamiz.
Ionlanish smolalari (kationit va anionit) orqali suvni filtrlash. Bular suvni hatto erigan holatdagi moddalardan ham tozalaydi. Qatlami qalin va har qaysi ionit qatlamining qalinligi 40-50 sm dan kam bo’lmasligi kerak. Filtrlash qo’l nasoslari yordamida yoki mexanizasiyalashtirish avto iltrasion stansiyalarda amalga oshiriladi.
Suvdagi sho’rni maxsus tozalaydigan apparatlardan (avtomashinalarda joylashgan ko’chma yoki stasionar) foydalanib suvni haydash. Suvni tindirish va keyin tuzima ko’mir filtrlar, bir qatlam qum va boshqa materiallar orqali filtrlash- bu usul unchalik foydali emas.
FZM va ipritdan suvni degazasiya qilish uchun ion almashinish smolalari yoki faollashtirilgan ko’mir (karboferrogel) orqali filtrlab, keyin qaynatish zarur.
Suvni dezaktivasiya va degazasiya qilgandan keyin albatta undan namuna olib, sanepidstansiya laboratoriyalariga ekspertiza uchun jo’natiladi. quduqlarni RM va 3 m dan zararsizlantirish uchun avvalo uning atrofidagi territoriya tozalanadi. Keyin undan 5- 10 m uzoqlikda suv yig’adigan chuqurga quduq suvi oqiziladi va quduq tagida zaharlangan tuproq olib tashlanadi. quduqda yangidan yig’ilgan suv va dezaktivasiya yoki degazasiyalovchi eritmalar bilan quduq devorlari yaxshilab yuviladi, suv yangidan oqiziladi, shundan keyin quduq suvini tekshirib ko’rib, iste’mol qilishga ruxsat berish mumkin.
Oziq-ovqatni dezaktivasiya va degazasiya qilish, ular saqlanadigan idishlarning turiga bog’liq. Agar oziq-ovqatning ozgina miqdori RM va ZM bilan zaxarlangan bo’lsa, ularni chuqurga ko’mib, ustidan xlorli ohak sepiladi. Ko’p miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari zaxarlangan bo’lsa, dezaktivasiya qilingan maxsus maydoncha tashkil etiladi, eng oldin u zararsizlantiriladi, keyin toza va iflos qismlarga bo’linadi. Shundan keyin oziq-ovqat uchga bo’linadi: sinchiklab tozalash yoki yo’qotish kerak bo’lgan yoki RM ning o’z-o’zidan tarqalishi yoki ZM ning aynishi va bug’lanishigacha konservasiya qilish kerak bo’lgan aniq va kuchli zaxarlangan oziq-ovqat mahsulotlari (koplarning tashqi qatlami, yashiklar, sabzavotlar).
Sinchiklab tozalash kerak bo’lgan, zaxarlanishga shubha tug’diradigan yoki kuchsiz zaxarlangan oziq-ovqat mahsulotlari (qoplarning ikkinchi qatori, yashik va boshqalar).
Tekshirilgandan keyin iste’mol qilish mumkin bo’lgan zaxarlanmagan, pastki qatlamlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari.
Agar oziq-ovqat mahsulotlari germetik idishlarda (konserva bankalari, refrijitorlarda) saqlangan bo’lsa, idishlarni o’ziga xos eritma bilan dezaktivasiya va degazasiya qilish kifoya.
Oziq-ovqat mahsulotlari dezaktivasiya qilingandan keyin ham sanepidstansiya laboratoriyalarida ekspertizadan o’tkaziladi. Zaxarlangan oziq-ovqat mahsulotlarini dezaktivasiya va degazasiya qilishning ba’zi bir usullari quyidagi jadvalda ko’rsatilgan.



Qattiq yog’lar va saryog’

Zaharlangan qatlamni
1 - 2 sm chuqurlikda kesib
Tashlash

Zaharlangan qatlamini 10-15 sm chuqurlikda kesib tashlash va termik ishlov berish

Suyuq o’simlik yog’lari

Butunlay yo’qotish yoki observasiyalash

Termik ishlov berish, kuchli zaxarlanganda texnikada ishlatish

Non

Zaxarlangan qatlamini kesib tashlash

Zaxarlangan qatlamini kesib tashlash, quritish

Tirik mollar

Mollarni suv yoki SF - 2 eritmasi bilan dezaktiva qilish. Ichki organlarini yo’qotib go’shti zaxarlanmaganligini tekshirish

Terini degazasiyalovchi eritmalar bilan ishlov berish. Mol so’yilgandan keyin
ichki orgonlarini yo’qotib tashlash

Dezinfeksiya mikroblarni zararsizlantirish, epidemik jarayonlarning ikkinchi zvenosiga ta’sir etishga qaratilagi. Bu tadbir tufayli mikrobning tashqi muhitda tashqari yo’llariga chek qo’yiladi. Yuqumli kasalliklar tarqalishida rol o’ynaydigan bo’g’imoyoqlilar (pashsha, chivin, burga, kana va boshqalar)ni qirish tadbirlari dezinfeksiya deyiladi. Ayrim yuqumli kasalliklarda kemiruvchilar sichqon, kalamush, yumronqoziq va boshqalar) infeksiya manbai hisoblanadi. Ularni qirish deratizasiya deyiladi.


Dezinfeksiyaning fizik va kimyoviy usullari bor: fizik usullar dezinfeksiyaning oddiy va keng qo’llaniladigan usullaridan hisoblanadi. Tabiiy sharoitda quyosh nuri, ayniqsa, uning ultrabinafsha nurlari bilan dezinfeksiyalanadi. Axlat, chiqindi va boshqalarni yoqib yuborish ham dezinfeksiyaning fizik usullaridan hisoblanadi. Shuningdek, ich kiyim- kechagi, ko’rpa-to’shagini va laboratoriya asboblarini dezinfeksiyalashda issiqhavo kameralaridan ham foydalaniladi.
Qaynatish ham dezinfeksiyaning ishonchli va oddiy usullaridan biri hisoblanadi. Ko’pgina mikroblar 100 °S da nobud bo’ladi. Spora hosil qiladigan mikroblar ana shu tempraturada 10-15 minutda nobud bo’ladi. qaynagan suvga ishqoriy tuzlar va sovun qo’shilsa, uning dezinfeksiyalovchi ta’siri kuchayadi.

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish