O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent temir yo'l muhandislari instituti



Download 1,41 Mb.
bet130/158
Sana24.12.2022
Hajmi1,41 Mb.
#895493
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   158
Bog'liq
UMK FM va FV

Nazorat savollari
1. Tabiiy ofatlarning bir-biridan farqi va umumiy xususiyatlarini tushuntiring.
2. Tabiiy ofatlar о‘chog‘ida qilinadigan eng asosiy vazifalar nimalardan iborat?
3. Yer surilishi, uni bildiruvchi birlamchi belgilar nimalardan iborat?
4. Kuchli shamol va sel hodisasini bartaraf qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni izohlang?
5. Tabiiy ofatlarni sekinlashtirish yoki tо‘xtatishga qaratilgan asosiy usullarni tariflang ?
6. Yer silkinish oqibatlarini tugatish chora-tadbirlari haqida nimalarni bilasiz ?
14- AMALIY MASHG’ULOT
MAVZUSI.
Temir yo’l transporti va ob’ektlarini zararsizlantirish


Ishdan maqsad.

  1. Zarasizlantirish turlarini o’rganish.

  2. Zararsizlantirish ishlarini olib borishda qo’laniladigan xavfsizlik choralarini o’rganish.



Tayanch so’z va iboralar: Dezaktivasiya, degazasiya, dezinfeksiya, geksaxoran.

Dushman tomonidan ommaviy zarar yetkazuvchi qurollar-yadrzaryadi, zaharlovchi moddalar yoki bakteriologik vositalar qo’llanilganda ko’pdan-ko’p Shaxsiy tarkibi formali kiyim-kechak, himoya vositalari, qurol-yarog’lar va harbiy texnika, inshootlar, joylar hamda suv manbalari, oziq-ovqatlar, em-xashaklar zararlanadi. Zaharlovchi moddalar suyuq tomchi, aerozol va bu xolatida qo’llanilganida suv manbalari, oziq-ovqat mahsulotlarining zararlanishi kuzatiladi. Kichikroq ko’llar, hovuzlar, ochiq quduqlar zaharlovchi moddalardan ko’proq zararlanadi. Kanal suv havzalari va daryo suvlarining zararlanishi odatda kuzatilmaydi. Artezian quduqlar germetik holat bo’lganligi uchun moddalardan zararlanmaydi.


Oziq-ovqat mahsulotlarining zaharlovchi moddalardan zararlanishi dala sharoiti ularning qanday holatda saqlanishi, joylarga tashish usuli va oziq- ovqatning tashishga bog’liq bo’ladi. Dala sharoitida oziq-ovqatlarni germetik holda saqlash qiyin bo’lganligi sababli aerozol va bu holatidagi zaharlovchi moddalar osonlik bilan shu joyga tushadi. Oziq-ovqat mahsulotlariga tushgan zaharlovchi modda tomchilari osonlik bilan shimiladi va ancha ichkariga o’tadi.
Chidamli zaharlovchi moddalardan fosfoeorganik iprit turidagilar lipidlarda juda yaxshi eriydi. Shu sababli ular oziq-ovqatga tushganda (go’sht, baliq, moy va boshqalarga) unda bir nech haftadan bir oygacha saqlanib qoladi. Betakror zaharlovchi moddalar oziq-ovqat mahsulotlarini kam zararlaydi. Shuni aytish kerakki, radioaktiv moddalar oziq-ovqatlarning faqat yuza qismini zararlaydi, zaharlovchi moddalar esa 2-5 sm chuqurlikka kirish xususiyatiga ega. Yerlar 10 sm gacha, o’simlik yerlari esa butunlay zararlanadi. Shularni hisobga olgan holda oziq-ovqatlarni germetik idishlarda (konservalash, banka, termos, xolodilnik va boshqalarda) saqlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Bunday hollarda faqat idishlar zararlanadi. Yashiklar ham zaharlovchi moddalardan ancha himoya qiladi. Qog’ozdan tayyorlangan konlar radiaktiv moddalardan saqlaydi, ammo zaharlovchi moddalar tomchisidan esa vaqtincha himoya qiladi. Oziq-ovqat saqlanadigan omborlarning xamma teshiklari zaharlovchi moddalar va radioaktiv moddalardan zararlanishdan saqlash uchun mahkam qilib berkitilishi kerak. Zararlangan oziq-ovqat, suv manbalari zararlangan, deb shubha qilinadi, shuning uchun ularni maxsus tekshiruvdan o’tkazmay turib foydalanishga ruxsat etilmaydi.
RM, ZM yoki bakteriologik vositalar bilan zararlangan hududda, barcha narsalar, oziq-ovqat, em-xashak va boshqalar zararsizlantirilmaguncha odamlar va hayvonlar uchun xavflidir.
Zararlanish turiga qarab, zaharsizlantirish har xil bo’ladi: dezaktivizasiya; degazasiya; dezinfeksiya.
Zararlangan ob’ektlardan radiaktiv moddalarni yo’qotish dezaktivasiya deyiladi.
Zararlangan ob’ektlarni zararsizlantirish yoki ximiyaviy neytrallash va ulardagi zaharlovchi moddalarni yo’qotish degazasiya deyiladi.
Zararlangan ob’ektlardan kasallik qo’zg’atuvchi mikroblarni va ularning toksinlarini yo’qotish dezinfeksiya deyiladi. Ba’zan dezinseksiya qilib, zararli hasharotlarni, yuqumli kasalliklarni tarqatuvchi pashsha, chivin, kana, iskabtopar bit va boshqalar yo’qotiladi.

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish