O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti kafedrasi



Download 95,93 Kb.
bet11/12
Sana21.12.2022
Hajmi95,93 Kb.
#893475
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t (копия)

Mahsulotlar braki – tuzatiladigan va tuzatilmaydigan turlarga bo‘linadi. Yo‘l qo‘yilgan brakning mahsulotlar qiymatiga ta’sirini aniqlash uchun brak natijasida firma behuda sarflagan barcha moddiy, mehnat va moliyaviy xarajatlari jamlanadi, shuningdek, kamchilikni tugatish uchun amalga oshirilgan qo‘shimcha sarflar ham qo‘shilgan holda brak tannarxi aniqlanadi. Bu aniqlangan yo‘qotishlarni tovar mahsuloti tannarxiga bo‘lish orqali brak tufayli mahsulot hajmining kamayishi aniqlanadi. Buni quyidagi shartli misolimiz orqali ko‘rsatib o‘tishimiz va tahlil qilishimiz mumkin bo‘ladi:
Ishlab chiqarilgan tovar mahsuloti hajmi – 10 ming so‘m.
Brak mahsulot uchun ketgan barcha sarflar – 26 ming so‘m.
Ishlab chiqarilgan tovar mahsuloti tarkibidagi brak mahsulotlarning tutgan ulushi – 26/10000 * 100=0,26 %.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘zining ishlab chiqarish faoliyatida chiqitsiz texnologiyaga asoslanishi hamda imkon qadar mahsulotlarning brakligi darajasini pasaytirishi lozim bo‘ladi.
Mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va sotish hajmiga ta’sir etuvchi omillar tahlili
Korxonalar tajribasida mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ta’sir etuvchi omillarni turlicha guruhlashtirish mumkin, lekin bular ichida eng muhimlari quyidagilar:

  • tadbirkorlik omili;

  • mehnat omillari;

  • moddiy zaxiralar bilan ta’minlanganlik omili;

  • asosiy vositalar bilan qurollanganlik omili.

Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida ta’sirchan omillardan biri bu tadbirkorlik omilidir. Shu sababli, mahsulot ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar qatoriga tadbirkorlik layoqati omili ham kiritilishi tartiblangan va bu tarkiblash iqtisodiy jihatdan o‘rinlidir, chunki yuqorida qayd etilgan ishlab chiqarish omillari tadbirkorlik omili bilan birgalikda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga ta’sir etadi.
Mehnat ishlab chiqarishning muhim omili sanaladi, chunki u moddiy boyliklar, zaxiralarni xomashyo sifatida asosiy vositalardan foydalanib ishlab chiqarishni tashkil etadi va tayyor mahsulot yaratiladi. Barcha omillar bir-biri bilan uzviy bog‘langan holda ishlab chiqarish hajmiga ta’sir etadi. Mehnat omillarini tahlil etishda firmaning mehnat kuchlari tarkibi, harakati va ular bilan ta’minlanganlik, ish vaqtida foydalanganlik, mehnatning unumi va mehnat omillarini ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining o‘zgarishiga bo‘lgan ta’sirlari aniqlanadi.
Tovar va moddiy zaxiralardan foydalanganlik omilini o‘rganishda ular bilan ta’minlanganlik, tovar zaxiralarining harakati, moddiy javobgarlar bo‘yicha saqlanish holati, samarali foydalanganlik, moddiy boyliklarning qaytimi va sig‘imi hamda moddiy boyliklardan foydalanishning ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmiga ta’siri kabi ko‘rsatkichlar tahlil qilinadi.
Bugungi kunda firma va kompaniyalarni texnik jihatdan qayta qurollanishi muhim ahamiyat kasb etadi, sababi, zamonaviy asosiy vositalardan foydalanish ish unumini ortishiga, mahsulotlar sifatini yaxshilanishiga hamda texnologik jarayonlardagi yo‘qotish – braklarni kamayishiga ta’sir etadi. Shuning uchun ham bu omilning tahlilida firmani asosiy vositalari tarkibi, harakati va texnik holati, ishlab chiqarish quvvatlari va asosiy vositalardan foydalanish ko‘rsatkichlari hamda asosiy vositalardan oqilona foydalanishning ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga ta’siri o‘rganiladi.
Boshqa omillar deyilganda, bozor konyukturasi, talab va taklif, raqobatchilar imkoniyati, iste’molchi va buyurtmachilarning xarid qobiliyati, xalqaro iqtisodiy aloqalarning o‘zgarishi va shu kabi boshqa sabablar tushuniladi.
Rivoj topayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarishdan ko‘ra ko‘proq ularni sotish muammosi oldingi o‘ringa chiqadi. Korxonalar erkin faoliyat yurituvchi subyektlar sifatida oldi-sotdi munosabatlarini ham mustaqil belgilaydi. Mahsulot, ish va xizmatlarni oldi-sotdi jarayonlari bozor munosabatlarining negizida turadi. Mahsulot (ish, xizmat)larni sotish mulkiy munosabatlardan kelib chiqqan holda o‘zaro shartnomaviy kelishuvlarga tayanadi. Respublikamizdagi soliq qonunchiligiga, asosan, mahsulot ortib jo‘natilgan va hisob hujjatlari qarshi tomonga (xaridor va buyurtmachilarga) taqdim etilgan bo‘lsa, mahsulot sotilgan deb hisoblanadi. Mahsulotlarga egalik huquqi ular ortib jo‘natilgan paytdanoq korxonadan chetlanadi va qarshi tomonga o‘tadi. Ular bo‘yicha hisobkitoblar tomonlarning o‘zaro kelishuvida hal etiladi.
Mahsulotlarni sotilgan deb hisoblashning, odatda, ikki sharti, ya’ni ular ortib jo‘natilgan va korxona hisob raqamiga puli kelib tushishini xarakterlovchi «kassali usul» hamda ortib jo‘natilgan va hisob hujjatlari taqdim etilgan paytdanoq sotilgan hisoblanuvchi «hisobga olish usul»i xarakterlanadi. Mulkga egalikning yangi huquqiy aspektlarida, asosan, ikkinchi usul tarkiblanadi, shuningdek, butun-butun hisob-kitoblar tizimi ham ushbu qonuniyat asosida tuziladi. Oldi-sotdi munosabatlarida yagona belgi shuki, ortib jo‘natilgan yoki sotilgan mahsulotlar bo‘yicha mablag‘larni undirib olish bevosita mulk egasining muammosidir.
Shartnomaviy munosabatlarda uning subyektlari o‘zaro kelishuvining huquqiy aspektlari ifodalanadi, mahsulotlarni sotuvchi va sotib oluvchilar, ularning majburiyatlari, hisob-kitoblarning shakli, davri va shartlari, ularning buzilishida qo‘llaniladigan choralar, ularning tartibga solinishi aks ettiriladi. Mahsulotlarni sotish ulgurji va chakana narxlarda amalga oshiriladi. Korxona tomonidan qo‘llaniladigan narxlarni quyidagicha tasvirlash mumkin.


Download 95,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish