O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti


Eshilishning qisqarishini va yo‘nalishi aniqlash



Download 14,96 Mb.
bet36/112
Sana13.12.2022
Hajmi14,96 Mb.
#884371
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   112
Bog'liq
19-20 ТМ УМЛ 2021-2022 лотин

Eshilishning qisqarishini va yo‘nalishi aniqlash. Iplarning qisqarishi bir vaqtning o‘zida eshilish sonlari bilan birgalikda aniqlanadi. Iplarning qisqarish ko‘rsatkichi asbobning chap tarafidagi qisqich shkalasi bo‘yicha olinadi.
Iplarning eshilish yo‘nalishini aniqlash uchun 100 mm dan kam bo‘lmagan uzunlikdagi ip kesimi bo‘ylamasiga osib qo‘yilib, ipniig markaziy o‘qiga nisbatan buralgan eshilishlarining yo‘nalishi tekshiriladi.


Tayanch iboralar
Fizik-kimyoviy omillar ta’sirida emirilishi, mexanik va kompleks emirilish, emirilish, eyilish, toliqish, eskirish, emirilishga chidamlilik, elastik xususiyatlari, Egiluvchan, qayishqoq, mustahkamlik, eshilish burchagi, o‘rtacha zichlangan, eshish uslubi, buram o‘lchagich, eshish ko‘rsatkichi, bo‘ylama, ip o‘tkazgich


Nazorat savollari
1. To‘qimachilik tola va iplarining emirilishi haqida ma’lumot bering.
2. To‘kimachilik tola va iplarining emirilishini aniqlaydigan asboblarni bering.
3. Tolalarning emirilishi necha turga bo‘linadi.
To‘qimachilik iplarining eshilganligi deganda nimani tushunasiz?
4.Ipning eshilishi va eshilishdagi qisqarishinn aniqlash usullarini keltiring
5.Bevosita teskari eshish uslubi yordamida eshilishlar sonini aniqlash yo‘llari ko‘rsating.
6.Ikki marta eshish uslubi bo‘yicha eshilishlar sonini aniqlash.
7.Eshilishning qisqarishini va yo‘nalishi aniqlash.
10-MAVZU: TО‘QIMACHILIK GAZLAMALARINING OLINISHI, TUZILISHI VA XUSUSIYATI

Ma’ruza mavzusining rejasi:




a) gazlamalarning o‘rilish turlari;
b) oddiy yoki bosh o‘rilishlar;
v) mayda gulli o‘rilishlar;
g) murakkab o‘rilishlar;
d) yirik gulli o‘rilishlar.

To‘qimachilik gazlamalarining tuzilishi tanda va arqoq iplarining o‘zaro o‘rilishi va aloqasi bilan belgilanadi. To‘qimachilik gazlamalarining tashqi ko‘rinishi, xossalari va nimaga ishlatilishi uning tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi. Gazlamaning tuzilishini ifodalovchi ko‘rsatkichlaridan biri zichligi bo‘lsa, ikkinchisi ularning o‘rilishidir. Gazlamaning zichligi uning uzunlik birligiga, odatda, 100 mm ga to‘g‘ri keladigan iplar soni bilan belgilanadi. Bu ko‘rsatkich haqiqiy zichlik deb ataladi va Zt-tanda bo‘yicha, hamda Za-arqoq bo‘yicha deb belgilanadi. Gazlamaning tanda va arqoq bo‘yicha zichligi bir-biridan farq qilsa bunday gazlamalar zichligi notekis gazlama deb ataladi. Bir-biriga teng bo‘lsa, zichligi bir tekis gazlama deb ataladi. Odatda gazlamalarda tanda bo‘yicha zichligi arqoq bo‘yicha zichligiga qaraganda kattaroq bo‘ladi. Lekin ba’zi gazlamalarda (satin, poplin kabi) aksincha ham bo‘ladi.
Haqiqiy zichlik gazlamani hosil qiluvchi iplarning yo‘g‘onligiga bog‘liq bo‘ladi. Gazlamalarni zichlik bo‘yicha taqqoslash uchun maksimal va nisbiy zichlik tushunchalari kiritilgan.
Gazlamaning maksimal zichligi shunday shartli zichlikki, unda barcha iplarning diametri bir xil va ular bir-biriga bir tekis tegib turadi deb qabul qilingan.
Nisbiy zichlikni ifodalovchi raqam gazlamaning iplar bilan to‘lganlik darajasi haqida tasavvur olishga va gazlamaning zichligini taqqoslab ko‘rishga imkoniyat beradi. Nisbiy zichligi yuqori bo‘lgan gazlamalarni tikish qiyin, chunki tikish paytida igna iplarni uzib yuborishi mumkin. Bunday gazlamalarni dazmollash qiyin, chunki zichligi oshib ketsa, gazlama og‘irlashadi, qattiqlashadi. SHuning bilan birga gazlamalarda uzilish va ishqalanishga chidamligi oshadi, havo o‘tkazuvchanligi kamayadi. Nisbiy zichligi kichik bo‘lgan gazlamalar engil bo‘ladi, havo va bug‘ni yaxshi o‘tkazadi. Ulardan tikilgan buyumlarning choklari puxta bo‘lmaydi. Bunday gazlamalar har tomonga osongina cho‘ziladi, hamda bichish va tikish paytida qiyshayib ketadi.
Nisbiy zichlik boshqa so‘z bilan gazlamaning chiziqiy to‘ldirilishi deb ataladi. Nisbiy zichlik Et,a (%), tanda yo‘nalishida alohida, arqoq yo‘nalishida alohida quyidagi ifoda yordamida hisoblanadi:
, (93)
bu erda: A-gazlamaning tolali tarkibiga bog‘liq koeffitsent; Zt,a- tanda va arqoq yo‘nalishidagi haqiqiy zichlik; Tt,a-tanda yoki arqoq iplarining chiziqiy zichligi.
Gazlamaning sirti iplar bilan to‘lganlik darajasi Es (%) ularning yuza to‘ldirilishini ko‘rsatadi. Bu ko‘rsatkich quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
Es= Et+Ea-0,01EtEa, (94)
bu erda: Et va Ea-gazlamaning tanda va arqoq yo‘nalishidagi chiziqiy to‘ldirilishi, %.
Gazlamaning iplar hajmi bilan to‘lganlik darajasi Ehajm (%) esa ularning hajmiy to‘ldirilishini ko‘rsatadi:
(95)
bu erda: gaz-gazlamaning zichigligi mg/mm3; ip- ipning zichligi, mg/mm3.
Gazlamalarning o‘rilishi deb, tanda va arqoq iplarining ma’lum tartibda o‘zaro bog‘lanishiga aytiladi. Tanda va arqoq iplarining o‘rilishini ko‘rsatuvchi shaklga o‘rilish naqshi deb aytiladi.
O‘rilish jarayonida hosil bo‘luvchi naqshning takrorlanishi rapport deb ataladi. Tanda ipi gazlamaning sirtiga chiqib arqoq ipining ustini qoplashi tanda qoplanishi deyiladi. Arqoq ipi gazlamaning sirtiga chiqib tanda ipining ustini qoplashi arqoq qoplanishi deyiladi. Gazlamalar o‘rilishlari katak qog‘ozga chiziladi. Bunda har qaysi ko‘ndalang qatorni arqoq iplari deb, har qaysi bo‘ylama qatorni tanda iplari deb hisoblash qabul qilingan. Har bir katak tanda va arqoq ipining kesishuvidan iborat. Bu joyda tanda qoplanishi bo‘lsa, o‘rilish naqshni chizish paytida katak bo‘yab qo‘yiladi. Agar arqoq qoplanishi bo‘isa katak oqligicha qoldiriladi. Gazlamalar o‘rilishi bo‘yicha quyidagicha sinflanadi: oddiy yoki bosh o‘rilishlar; mayda gulli o‘rilishlar; murakkab o‘rilishlar va yirik gulli (jakkard) o‘rilishlar.

Download 14,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish