O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti


To‘qimachilik tola va iplarining emirilish deformatsiyasi va ahamiyati



Download 14,96 Mb.
bet33/112
Sana13.12.2022
Hajmi14,96 Mb.
#884371
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   112
Bog'liq
19-20 ТМ УМЛ 2021-2022 лотин

To‘qimachilik tola va iplarining emirilish deformatsiyasi va ahamiyati

To‘qimachilik tola, iplarni ishlab chiqarishda va ulardan mahsulot olishda har xil yuzalardan o‘tish jarayonida ular emirilishi mumkin. Tola iplar 3 xil emirilishga bo‘linadi: eyilish, toliqish va eskirish.


Eyilish-tola, iplar ishlab chiqarish mashina qismlaridan o‘tganda va ular bir-biriga nisbatan o‘zaro harakatda bo‘lganda ishqalanish kuchi ta’sirida ro‘y beradi.
Toliqish-tola, iplarning ko‘p davrli cho‘zilish, egilish, siqilish deformatsiyalari natijasida hosil bo‘ladi.
Eskirish-tola, iplarga fizik-kimyoviy ta’sirlar natijasida hosil bo‘ladi (havoning harorati, namligi, gazlar kimyoviy moddalar va boshqalar).
Fizik-kimyoviy omillardan iplarga eng kuchli ta’sir qiluvchi omillarga havodagi kislorod, quyosh nurlari kiradi. Quyosh nurlari ta’sirida iplardagi tolalarni hosil qiluvchi moddalar molekulalarining bog‘lanishlari uziladi. Tabiiy tolalardan jun tolasi quyosh nurlari ta’siriga chidamli, tabiiy ipak kam chidamli bo‘ladi. Kimyoviy tolalardan nitron tolasi quyosh nurlari ta’siriga eng chidamli, undan keyin xlorin turadi. Kapron va lavsanlarning chidamliligi kam bo‘ladi.
Iplarni saqlash davomida ularni chang, quyosh nurlaridan asrash lozim. Zax va yaxshi shamollatilmaydigan omborxonalarda iplar chirishi mumkin. Bakteriyalar, zamburug‘lar, hasharotlar ta’sirida iplar emiriladi. Zamburug‘ va bakteriyalar ta’sirida asosan paxta, viskoza va zig‘ir tolali materiallar engil emiriladi. Tabiiy ipak va jundan tayyorlangan iplarga kuya katta zarar keltiradi.
Undan tashqari, iplar turli kompleks ta’sir natijasida emirilishga chidamliligi o‘rganiladi.
Tola, iplarning ishqalanishga chidamliligi ularning tuzilishiga, mustahkamligiga va elastik xususiyatlariga bog‘liq. Ishqalanish jarayonida tola, iplarning emiruvchi yuzaga tegib turgan qismi eyiladi. Natijada shikastlanish hosil bo‘ladi, ayrim tola va elementar iplar uzilib, ularning uchlari ip yuzasiga chiqib qoladi. Tola, iplarning ishqalanishga chidamliligi quyidagi mezonlar bo‘yicha aniqlanadi: tola, iplarning mexanik xususiyatlari nochorlashadi, ular to‘zib ketadi, moddalarining molekula massasi kamayadi, shikastlangan qismlari ko‘payadi, kondinsion massasi kamayadi, ayrim fizikaviy xususiyatlari oshadi (havo o‘tkazuvchanligi, suv o‘tkazuvchanligi, radiaktiv nurlarni o‘tkazuvchanligi va h.k.). Tola, iplarning ishqalanishga chidamliligi har xil rusumdagi asboblar bilan o‘rganiladi: bir tomonlama aylanadigan emiruvchi diskli asboblar; ikki tomonga galma-gal aylanadigan emiruvchi diskli asbob; har xil eritmalarga solib emirilishni aniqlovchi asboblar; aralashma usul bilan emirilishni aniqlaydigan asboblar.
Tola, iplarning emirilishini aniqlaydigan emiruvchi yuza sifatida har xil materiallarni ishlatish mumkin: metall, ip, jilvir qog‘oz va h.k. Emiruvchi yuzaning harakati ham har xil bo‘lishi mumkin: chiziqli, aylanma, ilgarilanma-qaytma va h.k.
Quyida asosiy asboblarning tuzilishi ko‘rib chiqiladi:
Uzunligi 30 mm ga qadar bo‘lgan tolalarning emirilishga chidamliligi TKI-4-27-1 (Vengriya) asbobida aniqlanadi. Bu asbobda bir vaqtda 10 tolani sinash mumkin. Bunda har bir tolaning 1 bir uchi dastak 3 da joylashgan qisqich 2 bilan mahkamlanadi. Tolaning ikkinchi uchiga yuk 6 ni osiladi. Emiruvchi disk 4 ning usti jilvir qog‘oz bilan qoplangan bo‘ladi va bu disk 1000 5000 min-1 chastota bilan aylanadi. Ishqalanish sonini asbobga o‘rnatilgan hisoblagichlar orqali qayd etiladi. Tola uzilishi bilan yuk 6 pastga tushib kontakt 5 va 7 bilan qisqa tutashadi va asbob to‘xtaydi. Dastak 3 bilan ishqalanish burchagi ni 0 800 gacha o‘zgartirish mumkin.
To‘qimachilik iplarning emirilishga chidamliligi TKI-5-27-1 (Vengriya) asbobida o‘rganiladi. Bu asbobda bir vaqtda 10 namuna ipni sinash mumkin.
Bu asbobda emiruvchi yuza sifatida amalda uchraydigan sharoitlarni yaratish mumkin. Iplar to‘quv dastgohida remizka orqali ishqalanib o‘tadi, tikuv mashinasida katta tezlik bilan tikuv iplari igna teshikchalari orqali o‘tadi, iplarni qayta o‘rashda, qo‘shishda har xil yuzalardan katta tezlikda o‘tadi. Demak, iplarni emiruvchi yuza sifatida remizkani, ignani va har xil materiallar bilan qoplangan disklarni ishlatish mumkin.
Sinash uchun olingan ipning 1 bir uchi qo‘zg‘almas qisqich 2 mahkamlanadi. Ip emiruvchi yuza orqali o‘tkaziladi va ikkinchi uchiga yuk 4 osiladi. Emiruvchi yuza vertikal bo‘yicha 50-1000 davrli chastota bilan ilgarilanma-qaytma harakat qilib iplarni emiradi. CHastotani va yukni oshishi bilan iplarning emirilishga chidamliligi kamayadi.
Iplarning o‘zaro ishqalanishidan emirilishga chidamliligi IPP asbobida aniqlanadi (15-rasm). Bu asbobda ipning bir uchi qisqich 4 ga mahkamlanib disk 5 va ilgarilanma-qaytma harakat qiluvchi planka 1 ga joylashgan disk 3 orqali o‘tib halqa 2 ni hosil qilib, disk 7 dan o‘tib ipning ikkinchi uchi qisqich 8 ga mahkamlanadi. Qisqichning tagiga ipni taranglovchi yuk 9 osiladi. Plankadagi diskalar bilan hosil qilingan halqa iplar planka ilgarilanma-qaytma harakat qilganda o‘zaro ishqalanish jarayoni bo‘ladi. Bu asbobda bir vaqtning o‘zida 10 namuna ipini sinash mumkin. Har bir ip uchun ishqalanish davrini qayd etadigan hisoblagich mavjud. Ipning o‘zaro ishqalanishi 900 burchak bo‘yicha olib boriladi. Bu usulda ipning ishqalanishga chidamliligi ularning tola tarkibiga va tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi.

15-rasm. IPP asbobining sxemasi.



Download 14,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish