7-Mavzu. Soliq imtiyozlarini oqilona taqdim etish – soliq siyosati
samaradorligini ta‟minlash garovi
Reja:
1. Soliq imtiyozlarini oqilona taqdim etish printsiplari
2. Soliq imtiyozlarini oqilona taqdim etish uchun hisobga olinadigan amaliy
holatlar
3. Soliq va imtiyoz dialektikasi
4. Soliq imtiyozlarining salbiy jihatlari
5. Soliqlarni to„lash – qullik emas, hurlik belgisi
6. Maxsus ilmiy munozara: “stimul”mi yoki “rag„bat”?
104
1. Soliq imtiyozlarini oqilona taqdim etish printsiplari
Byudjet-soliq siyosatining tarkibiy va bir vaqtning o‗zida, uning nisbiy
jihatdan mustaqil qismi sifatida qaralayotgan soliq siyosatining muvaffaqiyati,
ta‘sirchan-ligi, natijaviyligi, ilg‗orligi va nihoyat, uning samara-dorligi, ko‗p
jihatdan, soliq imtiyozlarini taqdim etish masalasiga borib taqaladi. Boshqa
sharoitlar teng bo‗lgan taqdirda, soliq imtiyozlari qanchalik oqilona taqdim etilsa,
bu siyosatning samaradorligi shuncha yuqori bo‗ladi. Bunday vaziyatda quyidagi
savollarning kun tartibiga qo‗yilishi, tabiiy: soliq imtiyozlarini qanday qilib
oqilona taqdim etish mumkin? Bu nimalarga bog‗liq?
Agar soliqlar bo‗yicha u yoki bu shaklda imtiyozlarni berib turib, ko‗zlangan
maqsadlarga etarli darajada erishilmayotgan bo‗lsa, bizning fikrimizcha, uning
asosiy sabablaridan biri soliq imtiyozlarini berishda inobatga olinishi lozim
bo‗lgan printsiplarga etarlicha e‘tibor qaratilmayotganligi bilan belgilanadi.
Haqiqatdan ham, soliqlar bo‗yicha imtiyozlar berila-yotgan paytda ma‘lum
bir tartibga, ma‘lum bir qoidaga rioya etish kerak. Soliqlar bo‗yicha imtiyoz
berishning ham o‗ziga xos bo‗lgan printsiplari bor. Ularning talablarini inobatga
olmaslik, yaxshi natijalarga olib kelmaydi. Bir vaqtning o‗zida, ularni
mensimasdan, ularni oyoq osti qilib berilgan soliq imtiyozlari ham bizni
ko‗zlangan maqsad tomon etakla-maydi.
Xo‗sh, shunday qilib, soliq imtiyozlarini berishda nimalarga e‘tibor bermoq
kerak, qanday asosiy printsip-larga rioya etmoq lozim?
Iqtisodiy
hayot
sinovlaridan
muvaffaqiyatli
o‗tgan va o‗zining
hayotiychanligini hamon saqlab kelayotgan bu prin-tsiplarning eng asosiylari
quyidagilardan iborat:
1. Soliq imtiyozlarining qo‗llanilishi mulkchilik shakli, faoliyat turi,
parlamentdagi ayrim manfaatdor guruhlar-ning sub‘ektiv baholariga bog‗liq
bo‗lgan holda tanlanish xarakteriga ega bo‗lmasligi kerak
53
;
2. Soliq imtiyozlarini berishga noiqtisodiy tarzda majbur qilish va
qo‗llanilishning majburiyligi xos emas;
3. O‗zining ichki tabiatiga ko‗ra, soliq imtiyozlariga qo‗llanilishning
ma‘muriy-buyruqbozlik xarakteri begona-dir;
4. Investitsion soliq kreditlari umumdavlat ahami-yatiga ega bo‗lgan
investitsion dasturlarning bajarilishini ta‘minlaydigan soliq to‗lovchilar guruhiga
berilishi kerak;
5. Soliq imtiyozlarining qo‗llanilishi byudjet daromad-lariga, korporativ va
shaxsiy iqtisodiy manfaatlarga zarar etkazmasligi lozim
54
;
53
Bir mulohaza yuritib ko‗ringchi, amaliyotda soliq imtiyozlarini taqdim etishning bu printsipiga qay
darajada qat‘iy rioya qilinmoqda? Bunga to‗liq rioya etmaslikning oqibati nimalarga olib kelishi mumkin?
105
6. Imtiyozli soliq portfelini shakllantirish tartibi umumdavlat miqyosida
aniqlanadi va qonuniy tarzda markaziy hokimiyat tomonidan tasdiqlanadi;
7. Mahalliy darajada soliq imtiyozlarining qo‗llani-lishi oliy qonunchilik
organi tomonidan belgilanadigan ramka doirasida bo‗lishi kerak.
Bu o‗rinda, avvalo shuni ta‘kidlash joizki, yuqorida keltirilgan soliq
imtiyozlarini berish masalasida inobatga olinishi lozim bo‗lgan printsiplar biror bir
iqtisodchi olim ijodining mahsuli emas. Ular bo‗sh joydan o‗z-o‗zidan o‗ylab ham
topilmagan. Ularning ijodkori – iqtisodiy hayot. Bu printsiplarning to‗g‗ri
ekanligini va ular albatta soliqlar bo‗yicha imtiyozlar berilayotgan paytda inobatga
olinishi shart ekanligini hayotning o‗zi, iqtisodiy jihatdan rivojlangan
mamlakatlarning tarixiy tajribasi, hayot yo‗li to‗liq va uzil-kesil tasdiqlaydi.
Endi soliq imtiyozlarini berish borasida bizning amaliyotimizdagi har bir
holatni ana shu yuqorida keltirilgan printsiplarning talablari asosida tahlil qilib
chiqaylikchi, ularning qaysi biri qay darajada yuqorida keltirilgan printsiplarning
talablariga javob berar ekan? Ishonchingiz komil bo‗lsin, hatto sirtdan qilingan
kuchsizgina tahlil natijalari hamma vaqt ham soliqlar bo‗yicha imtiyozlarni
berishda to‗g‗riligini iqtisodiy hayotning o‗zi uzil-kesil tasdiqlagan yuqoridagi
talablarga etarli darajada rioya qilinmayotganligini ko‗rsatishi mumkin. Bunday
sharoitda soliqlar bo‗yicha berilgan imtiyozlarning samaradorligi to‗g‗risida
e‘tiborga loyiq bo‗lgan fikrlarni bildirish amri-maholdir.
Bizning nazarimizda, soliqlar bo‗yicha imtiyozlarni oqilona taqdim etish
masalasi quyidagi bir necha savollarning aniq javobiga ega bo‗lishni ham taqoza
etadi: Soliqlar bo‗yicha imtiyoz berishdan maqsad nimadan iborat? Soliq
imtiyozlarining berilish darajasi qanday? Mavjud soliq imtiyozlaridan to‗liq
foydalanishning uddasidan chiqaolayapmizmi? Soliq imtiyozlarini berib, ko‗zlagan
maqsadlarga erishayapmizmi? U yoki bu soliqlar bo‗yicha imtiyozga ega
bo‗lganlarning ahvoli qanday? Berilgan soliq imtiyozlari qanday «ishlayapti»?
«Ishlayaptimi» o‗zi? Yoki… Soliqlar bo‗yicha berilgan imtiyozlardan to‗liq
foydala-nishning uddasidan chiqaolsak, unda nima bo‗lishi mumkin? Berilgan
soliq imtiyozlaridan to‗liq foydalanmasdan turib qo‗shimcha imtiyozdan umidvor
bo‗lishga haqqimiz bormi yoki yo‗qmi? Soliq va imtiyoz o‗rtasidagi dialektik
bog‗liqlik nimadan iborat?
55
Va hokazo.
Shu o‗rinda quyidagi fikrni alohida ta‘kidlamoqchimiz: soliqlar bo‗yicha
imtiyozlarni berish yoki bermaslik masalasi muhokama etilayotgan paytda
yuqoridagi savol-larning haqiqiy javobiga ega bo‗linsa va ularni inobatga olgan
54
Bu erda nimalar nazarda tutilayapti? Bu bir o‗q bilan ikki quyonni emas, balki uch quyonni urish
emasmi? Buni uddalash uchun nimalar qilish kerak?
55
Ba‘zi bir sabablarga ko‗ra, bu savollarning javoblari, o‗z navbatida, ushbu bobning keyingi
paragraflarida beriladi.
106
holda imtiyozlarni berish yoki bermaslik masalasida tegishli qaror qabul qilinsa,
bunday qarorning ilmiy va amaliy jihatdan asoslanganlik darajasi shunga mos
ravishda yuqori bo‗lgan bo‗lur edi.
Soliqlar bo‗yicha imtiyozlarni oqilona taqdim etish masalasini imtiyozni
olayotgan tomonning (bu erda ularning yuridik yoki jismoniy shaxs ekanligi
printsipial ahamiyatga ega emas) soliq va imtiyoz o‗rtasidagi dialektik bog‗liqlik
mavjudligini qanday idrok etishisiz tasavvur etib bo‗lmaydi. Imtiyozning
berilganligi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‗ullanayotgan sub‘ektga xotirjamlikka
berilishga asos bo‗laolmasligi kerak. Aksincha, imtiyozni olgandan so‗ng bunday
imtiyozga ega bo‗lgan tadbirkorlik sub‘ekti, oddiy tilda aytadigan bo‗lsak, jonini
jabborga berib, uyquni harom bilib, ayshu-ishratdan voz kechib, tinib-
tinchimasdan, elib-yugurib, g‗ayrat-shijoat bilan faoliyat ko‗rsatishi lozim. Ma‘lum
ma‘noda, imtiyozga ega bo‗lgan tomon oyoqni uzatib o‗tirish huquqiga ega
emasdir. Aks holda, imtiyozning berilishi o‗z ma‘no-mazmuni yuqotadi, maqsadsiz
berilgan imtiyozga aylanadi.
Va nihoyat, soliqlar bo‗yicha imtiyozlarning oqilona taqdim etilishini
o‗zbekona aytilgan va aksioma sifatida turmush tarzimizga qabul qilingan «Qars
ikki qo‗ldan chiqadi», «Six ham kuymasin, kabob ham», «Sizdan «u»gina, bizdan
«bu»gina» kabi maqollarning bekorga aytilmagan-ligini idrok etmasdan turib his
etish mumkin emas
56
.
Do'stlaringiz bilan baham: |