O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “ davlatiy moliya



Download 2,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/96
Sana26.10.2022
Hajmi2,91 Mb.
#856520
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   96
Bog'liq
22870c363bf3c6a372e0b13ea3f9df2e BYUDJET-SOLIQ SIYOSATI

undaydigan 
(kursiv – bizniki) narsa, omil‖ sifatida ham qaraladi. (Qarang: O‗sha 
manba. J. III. – B. 571). 
Endi, boshqa mavhum va ―10-darajali‖ narsalarni e‘tiborga olmasdan
fantaziyaga berilmasdan, folbinlik qilmasdan, har kim o‗z qarichi bilan 
o‗lchamasdan (axir ilmning o‗lchanadigan o‗z qarichlari bor!) yuqoridagi har ikki 
bandda keltirilgan dalillarga e‘tibor beraylikchi, nahotki ular ―stimul‖ bilan 
―rag‗bat‖ o‗rtasida ―he‖ yo‗q, ―be‖ yo‗q ―tenglik‖ belgisini qo‗yishga asos bo‗lsa?!
Yuqoridagilardan ko‗rinib turibdiki, ―stimul‖ so‗zi lug‗aviy jihatdan, aslida, 
―uchli tayoq‖ ma‘nosida ishlatilishi va shuni anglatishi lozim. Uchli tayoqning esa 
―qiziqish tug‗diradigan‖ va ―rag‗batlantiradigan‖ jihatlari-dan ko‗ra boshqa 
jihatlari ham bor. Xususan, eng avvalo, uning ―boshni silash‖ga 
mo‗ljallanmaganligini hammamiz aniq bilamiz. Zero, ―uchli tayoq‖ – oddiy tayoq 
emas. Aynan uchli tayoq bo‗lganligi uchun ham uning ―qiziqish tug‗diradigan‖ va 
―rag‗batlantiradigan‖ jihatlaridan ko‗ra ―undaydigan‖ yoki ―majbur qiladigan‖ 
jihatlari ancha ustunroqdir. Harqalay ―uchli tayoq‖ning ―qiziqtirishi‖ yoki 
―rag‗batlantirishi‖dan ko‗ra uning ko‗proq ―majbur qilish‖ salohiyatiga ega 
ekanligiga aminmiz. 
To‗g‗ri, ehtimoli kamroq bo‗lsa-da, hayvonlarni qiziqti-rish va 
rag‗batlantirish yo‗li bilan ham haydash mumkin. Lekin shu tarzda ish tutilganda 
ko‗zlangan maqsadga nisbatan kechroq etib bormasligimizga kim kafolat beradi? 
Bunday sharoitda ularning, ma‘lum darajada, ―o‗yinqaroq‖ bo‗lish-lari – tabiiy.
―Yuki engil kelsa – eshak egasini tepadi‖ yoki ―Yuki engil bo‗lsa – tuya(ning) 
baqiroq (yotog‗i) keladi‖,- degan maqollar dono xalqimizda bekordan-bekorga 
aytilmagan. Ular isbot talab qilmaydi. Bu maqollar bugungi kunning o‗ziga xos 
aksiomasidir. Shuning uchun ham hayvonlarni haydashning boshqa yo‗li bor. Bu 
majburlash yo‗lidir. Lekin ajablanarlisi shundaki, bu yo‗l ularni haydashning 


83 
ikkinchi darajali yo‗li emas, balki asosiy yo‗li hisoblanadi. Albatta, biz bu o‗rinda 
bo‗lar-bo‗lmasga majburlash yoki doimiy ravishda majburlashni nazarda 
tutayotganimiz yo‗q. Aksincha, bu joyda o‗rni kelgandagi, maqsadga muvofiq 
bo‗lgandagi yoki me‘yordagi majburlashni ko‗zda tutayotirmiz, xolos. Ko‗zlangan 
maqsadga tezroq erishishning (hammamiz shuni istaymiz-ku, axir!) ta‘sirchan va 
samarali yo‗llaridan biri shu yo‗l emasmikan? Balki ko‗zlangan maqsadga 
erishgunga qadar ―uchli tayoq‖ning ―undaydigan‖ yoki ―majbur qiladigan‖ 
jihatlaridan foydalanib, undan so‗ng esa uning ―qiziqish tug‗diradigan‖ va 
―rag‗batlantiradigan‖ tomonlaridan foydalanish kerakdir?! 
Mamlakatimizda ―uchli tayoq‖ bilan hamma hayvonlar emas, balki, asosan, 
eshak haydaladi. U ―uchli tayoq‖ bilan emas, balki faqat oddiy tayoq bilan 
haydalganda ham (esa) ko‗zlangan maqsadga o‗z vaqtida yoki tezroq etib borish – 
amri-mahol. Buning uchun aynan uchli tayoqdan foydalanish kerak va u Ona 
tilimizda ―xalacho‗p‖ deb ataladi. ―Xalacho‗p‖ga ―eshak, tuya kabi hayvonlarni 
niqtab, tezroq yurgizish uchun ishlatiladigan uchli tayoqcha; xala‖, deb ta‘rif 
berilgan ―O‗zbek tilining izohli lug‗ati‖da (4-jild, 379-bet). 
Eshakni minganingizda qo‗lingizdagi tayoqning bor-yo‗qligi yoki tayoq 
uchining o‗tkir-o‗tkirmasligiga eshak ―reaktsiya‖sining qanday ekanligiga hech 
e‘tibor bergan-misiz!? Qo‗lingizda tayoq bo‗lmasa – eshakning yurishi o‗zgacha. 
U o‗z ixtiyoricha yuradi. Ayrim hollarda, oyog‗ingiz bilan uning qorniga qanchalik 
niqtamang, yurish u yoqda tursin, ahyon-ahyonda, yurish davomida o‗tlashni ham 
o‗ziga ep ko‗radi. Tayog‗ingiz bo‗lsa – u boshqacha yuradi. Tayog‗ingizning uchi 
o‗tkir bo‗lganda esa, u yanada boshqacharoq, tezroq yuradi. Bordi-yu, tayoqning 
uchiga Siz maxsus ravishda mix qoqib olgan-ligingizni sezsa (sezadi, albatta), 
uning fikri-xayoli faqat Sizni tezroq manzilingizga eltib qo‗yishda bo‗ladi. 
―Stimul‖ so‗zining negizida yashirinib yotgan uning iqtisodiy jihatlariga 
e‘tibor berayotib, bunday ―antiqa‖ misolni keltirganimizdan, aslo, xafa bo‗lmang. 
Bu o‗rinda mualliflar ―ayrimlar‖ni nazarda tutayapti yoki nimagadir sha‘ma 
qilayapti, deb xavotirga ham tushmang. Keltirilgan misol nafsoniyatingizga yoki 
shaxsiyatingizga tegmasin. Undan siyosiy xatoni ham qidirmang. Bu erda ―kosa 
tagida nimkosa‖ – yo‗q. Yoki bu erda biz ―Qizim senga aytayapman – kelinim sen 
eshit!‖ qabilida ish tutishdan ham juda yiroqmiz. Lekin ne qilaylikki, ―stimul‖ning 
ma‘no-mazmunini ―dehqoncha qilib‖ tushuntirib berishda bundan-da qulayroq
tabiiyroq va tushunarliroq bo‗lgan misolni topaolmadik.
Eshak, haqiqatdan ham, XXI asrga allaqachon qadam qo‗ygan bo‗lishimizga 
qaramasdan, qishloq joylarida va ayniqsa, tog‗li hududlardagi qishloq joylarida 
asosiy foydali ishchi hayvon sifatida hamon qolmoqda. Uning qilgan mehnati 
e‘tirof etilib, ―go‗shti harom bo‗lsa ham mehnati (xizmati) halol‖ deb baho 
berilgan bo‗lishiga qaramasdan, bir vaqtning o‗zida, terisining qalinligi ham qayd 


84 
etilmoqda. Terining qalinligi esa, o‗z navbatida, unga nisbatan ta‘sirchanlikni 
kamaytiradi. Shuning uchun ham eshak harakatini tezlashtirish uchun uchli 
tayoqdan – xalacho‗pdan – foydalanmaslikning iloji yo‗q. Shu bois keltirgan 
misolimizdan tegishli xulosani chiqarib, endi iqtisodiyot sub‘ektlariga nisbatan 
o‗rni kelganda va maqsadga muvofiq bo‗lganda yoki me‘yorda ―stimul‖ning 
―majburlovchi‖, ―tezlashtiruvchi‖, ―yo‗naltiruvchi‖, ―ildamlovchi‖, ―undovchi‖ va 
h.k. shu kabi jihatlariga e‘tibor beraylikchi, vaziyat qanday bo‗larkin!? 
Yana bir fikr: hatto uchqur otga mingan chavandozni ham qamchisiz 
tasavvur etib bo‗lmaydi. Kasbi-kori mol boqish bo‗lgan cho‗ponning tayoqsiz ―kun 
ko‗rish‖i – ancha murakkab. Usiz podani boshqarish – amri-mahol. Ertadan-
kechgacha shoda-shoda peshona terini to‗kayotgan dehqonning dehqonligi ham
oxir-oqibatda, uning ―ketmon‖i bilan belgilanadi. Ayrim hollarda, ko‗zlangan 
maqsadga erishishda, ming-minglab qilingan pandu-nasihatdan ko‗z oldida 
yulduzchalar paydo qiladigan darajada quloqning tagiga yaxshilab tushirilgan bir 
shapaloq afzal. Manzilga tezroq etib borishni istaysizmi – mashinangizni 
ayamasdan, o‗z holiga qo‗ymasdan majbur qilishingiz, ―gaziga tepishingiz‖ lozim. 
Toqqa chiqmasangiz – do‗lonaga, jon chekmasangiz – jononaga ega bo‗laolmaysiz 
va h.k. 
Eng oddiy tarzda aytilganda, ―stimul‖ va ―stimullash-tirish‖ so‗zlari ma‘no-
mazmun va mohiyat jihatidan ―rag‗bat‖ va ―rag‗batlantirish‖ so‗zlaridan ancha 
kattaroq, kengroqdir. ―Rag‗bat‖ ―stimul‖ning, ―rag‗batlantirish‖ esa ―stimullash-
tirish‖ning bir qismi, xolos. Ayrim hollarda, sira ikkilanmasdan aytish mumkinki, 
―rag‗bat‖ning ―stimul‖ga va ―rag‗batlantirish‖ning ―stimullashtirish‖ga ―aylanishi‖ 
uchun ―etti qovun pishig‗i bor‖. Shuning uchun ham ―stimul‖ to‗g‗risida gapira 
turib faqat ―rag‗bat‖ nazarda tutilsa, yoki ―stimul-lashtirish‖ deyilganda faqat 
―rag‗batlantirish‖ e‘tiborga olinsa – bu, ma‘lum ma‘noda, noto‗g‗ri, asossiz va nari 
borganda, chala qarorning qabul qilinishiga olib keladi.
Bunday qarorlarning ijrosini ta‘minlash esa, o‗z navbatida, ko‗zlangan 
natijalarni bermaydi. Ularning yuqorida qayd etilgan jihatlariga e‘tibor bermasdan 
―stimul‖ni faqat ―rag‗bat‖, ―stimullashtirish‖ni esa faqat ―rag‗batlantirish‖ deb 
qabul qilganligimiz uchun ham balki bu borada qilayotgan sa‘yi-harakatlarimiz, 
ma‘lum darajada, besamar ketayotgandir?!
Soliq siyosati ta‘sirchanligini ta‘minlash va uni oshirishning ma‘lum bir 
(katta) zahiralari shu erda emasmikan?! ... 


85 

Download 2,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish