O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “ davlatiy moliya


 Byudjet defitsitiga nisbatan strategik yondoshuv va uning darajasini



Download 2,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/96
Sana26.10.2022
Hajmi2,91 Mb.
#856520
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   96
Bog'liq
22870c363bf3c6a372e0b13ea3f9df2e BYUDJET-SOLIQ SIYOSATI

2. Byudjet defitsitiga nisbatan strategik yondoshuv va uning darajasini 
kamaytirish chora-tadbirlarining asosiy yo„nalishlari 
Byudjet defitsiti vujudga kelganda, unga nisbatan strategik yondoshuv
20
(strategiya) quyidagilarga alohida e‘tibor berilishini taqozo etadi: 

byudjet defitsitining mavjudligini matematik yo‗l bilan hal qilishga harakat 
qilmaslik kerak. Chunki, bu holda, iqtisodiyotni ―davolash‖ o‗rniga uning kasalligi 
kuchayadi; 

byudjetning balansliligi, daromadlarning xarajat-lardan ko‗pligi sog‗lom va 
uzluksiz rivojlanayotgan iqtisodiyotdan dalolat bermaydi. Byudjet defitsiti bo‗lishi 
mumkin; 

byudjet defitsitining miqdori (darajasi), odatda, mamlakat yalpi ichki 
(milliy) mahsulotining 2-3%dan oshmasligi lozim. Ana shu chegaradan oshilsa, 
uni tezroq qisqartirish (yoki shu darajaga keltirish) choralarini ko‗rish kerak; 

byudjet defitsitini qoplash uchun, eng avvalo, davlat kreditining turli 
shakllaridan foydalanmoq lozim. Shuningdek, davlat qimmatbaho qog‗ozlarini 
moliyaviy bozorda joylashtirish maqsadga muvofiq. Aksincha, milliy pul birligi 
belgilarini zarb etuvchi uskunani (stanokni) ishga solmaslik kerak; 

byudjet defitsitining darajasini kamaytirish yoki unga barham berish uchun
birinchi navbatda, iqtisodiyotning o‗zini ―davolamoq‖ lozim. Aks holda, ana shu 
maqsadga erishish uchun ko‗zda tutilgan har qanday tadbir, albatta, muvaffaqiyat-
sizlikka uchraydi. 
Byudjet defitsitining darajasini kamaytirish yoki unga barham berish 
borasidagi amalga oshirilishi lozim bo‗lgan chora-tadbirlarning eng asosiy 
yo‗nalishlari
21
quyidagi-lardan iborat: 

byudjet xarajat (mablag‗)larining investitsion yo‗nali-shini o‗zgartirish, 
ularni eng ko‗p samara beradigan yo‗nalishlarga sarflash; 

xo‗jalik yuritishning o‗ziga xos xususiyatlarini hisobga oluvchi moliyaviy 
imtiyoz va jazolardan keng foydalanish; 

davlatdan moliyalashtirishni va davlat iqtisodiyoti sohasini qisqartirish, 
xorijiy davlatlarga yordam ko‗rsa-tishni keskin kamaytirish; 

harbiy xarajatlarni qisqartirish; 
20
Qayd etilgan strategik yondoshuvlar har birining aynan to‗g‗ri ekanligini, mantiqiy fikrlash asosida,
isbotlab beraolasizmi? 
21
Ana shu asosiy yo‗nalishlarda tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilishining oqibati nimalar bo‗lishi 
mumkin? Bir mulohaza yuritib ko‗ringchi, qanday manzara vujudga kelar ekan? 


31 

eng muhim sotsial dasturlarnigina moliyalashtirishni saqlab qolish, yirik 
byudjet xarajatlarini talab etuvchi dasturlarni qabul qilishni to‗xtatib turish; 

qarzlarni davlat qimmatbaho qog‗ozlari shaklida rasmiylashtirmasdan turib 
hukumat organlariga kredit berishni Markaziy bank uchun taqiqlab qo‗yish; 

xorijiy sarmoyalarni jalb etish; 

va boshqalar. 
Byudjet defitsitini qisqartirish maqsadida quyidagi metodlardan foydalanish 
mumkin: 

konversiya; 

moliyalashtirishdan kreditlashtirishga o‗tish; 

zarar (ziyon)ga ishlayotgan korxonalarga dotatsiya berishni uzluksiz 
ravishda qisqartirib borish; 

davlat boshqaruvi xarajatlarini qisqartirish; 

soliqqa tortish tizimini o‗zgartirish; 

mahalliy byudjetlarning rolini oshirish. 
Davlat byudjetining daromadlariga va, shunga mos ravishda, byudjet 
defitsitining ko‗lami (darajasi)ga mamlakat milliy valyutasi va pul muomalasining 
barqarorligi ham o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi. Aksincha, mamlakat milliy valyutasining 
zaifligi, iqtisodiy aylanmagan xizmat ko‗rsatish uchun uning etarli emasligi barter 
operatsiyalarining rivojlanishiga, pul surrogat-larining paydo bo‗lishiga, sog‗lom 
hisob-kitoblarning buzilishiga, xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarning bir-biriga va 
byudjetga bo‗lgan noto‗lovlariga olib keladi. 

Download 2,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish