­­O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko`rstkichlari



Download 133,35 Kb.
bet5/9
Sana04.10.2022
Hajmi133,35 Kb.
#851365
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kurs ishi Prognozlashtirish (2) (2)

2.Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko`rstkichlari.
Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti juda serqirra jarayon bo`lib, u o‘z ichiga iqtisodiy o‘sish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar, aholi hayotining sifati va shart-sharoitlarining takomillashuvini oladi.
U hech qachon bir tekis, yuqorilab boruvchi chiziq bo'yicha ro‘y bermaydi. Iqtisodiy rivojlanish o`z ichiga yuksalish va inqiroz davrlarini, iqtisodiyotdagi miqdor va sifat o‘zgarishlari, ijobiy va salbiy tomonlami olib notekis boradi.Milliy iqtisodiyotda iqtisodiy rivojlanish qiyin aniqlanadigan jarayon bo’lganligi sababli, uning mezonlaridan biri bo’lgan iqtisodiy o‘sish ko`proq tahlil qilinadi.
Iqtisodiy o‘sish iqtisodiy rivojlanishning tarkibiy qismi bo‘lib, o‘z ifodasini real YalM hajmining oshishi hamda aholi jon boshiga nisbatan ko‘payishida topadi.Iqtisodiy o‘sishga tarixiy jihatdan yondashilganda, u bir xil sur’atlarda va bir tekis bormaydi. Tarixda iqtisodiy o‘sish sur’atlarining jadallashish, jiddiy pasayish va hatto qisqarish davrlari ma’lum. Agar katta tarixiy bosqichlar olib qaraladigan bo`lsa, jahon va milliy iqtisodiyotda barqaror iqtisodiy o‘sish, ishlab chiqarishning har tomonlama taraqqiyot manzarasi hosil bo‘ladi. Shu bilan birga iqtisodiy o‘sish nafaqat miqdor, balki muayyan sifat o‘zgarishlari shaklida ham namoyon bo‘ladi.
Iqtisodiy o`sishni YalM mutloq hajmining ortishi orqali yoki aholi jon boshiga real YalM miqdorining ortishi orqali o'lchash buning qanday maqsadda amalga oshirilayotganiga bog`liq bo`ladi. Odatda biron-bir mamlakat iqtisodiy o‘sishini YalM mutloq hajmining ortishi orqali oMchash uning iqtisodiy salohiyatini baholashda, aholi jon boshiga real YalM miqdorining ortishi orqali o’lchash esa, mamlakatdagi turmush darajasini taqqoslashda qo‘llaniladi.
Mamlakatning iqtisodiy o‘sishsur’atini tavsiflaydigan mazkur ko`rsatkichlar (real YalM va aholi jon boshiga real YalMning o‘sishi) miqdoriy ko‘rsatkichlar bo’lib, ular birinchidan, mahsulot sifatining oshishini to‘liq hisobga olmaydi va shu sababli farovonlikning haqiqiy o‘sishini to‘liq tavsiflab berolmaydi; ikkinchidan, real YalM va aholi jon boshiga YalMning o‘sishi bo‘sh vaqtning sezilarli ko‘payishini aks ettirmaydi va farovonlik real darajasining pasaytirib ko‘rsatilishiga olib keladi; uchinchidan, iqtisodiy o‘sishni miqdoriy hisoblash boshqa tomondan uning atrof muhitga va insonning hayotiga salbiy ta’sirini hisobga olmaydi.
Tovar va xizmatlar hajmining o`sisish sur’ati bilan ishlab chiqarish omillari miqdorining o‘zgarishi o'rtasidagi nisbat iqtisodiy o‘sishning ekstensiv yoki intensiv turlarini belgilab beradi.
Ekstensiv iqtisodiy o‘sishga ishlab chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko'payishi tufayli erishiladi. Aytaylik, mahsulot ishlab chiqarishni ikki hissa ko'paytirish uchun mavjud korxona bilan bir qatorda o‘rnatilgan uskunalarning quvvati, miqdori va sifati, ishchi kuchining soni va malaka tarkibi bo'yicha xuddi o‘shanday yana bir korxona quriladi. Ekstensiv rivojlanishda, agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi o‘zgarmay qoladi.
Iqtisodiy o‘sishning intensiv turi sharoitida mahsulot chiqarish miqyoslarini kengaytirishga ishlab chiqarish omillarini sifat jihatidan takomillashtirish, yanada ilg'or ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikani qo'llash, ishchi kuchi malakasini oshirish,shuningdek mavjud ishlab chiqarish potensialidan yaxshiroq foydalanish yo‘li bilan erishiladi.
Intensiv уо`l ishlab chiqarishga jalb etilgan resurslaming har bir birligidan olinadigan samaraning, pirovard mahsulot miqdorining o‘sishida, mahsulot sifatining oshishida o‘z ifodasini topadi. Bunda mahsulot ishlab chiqarishni ikki hissa oshirish uchun mavjud korxonaga teng bo’lgan yana bir korxona qurishga hojat yo‘q. Bu natijaga ishlab turgan korxonani rekonstruksiya qilish va texnika bilan qayta qurollantirish, mavjud resurslardan yaxshiroq foydalanish hisobiga erishish mumkin.
Real hayotda ekstensiv va intensiv omillar sof holda, alohida- alohida mavjud bo’llmaydi, balki muayyan uyg‘unlikda, bir-biri bilan qo‘shilgan tarzda bo Uadi. Shu sababli ko‘proq ustuvor ekstensiv va ustuvor intensiv iqtisodiy o‘sish turlari haqida so‘z yuritiladi.
Iqtisodiy o‘sish murakkab va ko‘p qirrali jarayondir. Shu sababli uni baholash uchun qandaydir bitta ko'rsatkich kifoya qilmaydi, muayyan ko‘rsatkichlar tizimi talab qilinadi. Bu ko‘rsatkichlar tizimida naflilik (moddiy-ashyoviy) va qiymat ifodasidagi ko‘rsatkichlar farqlanadi.
Iqtisodiy o‘sishning naflilik (moddiy-ashyoviy) ko’rrsatkichIari ancha aniq natija beradi, (chunki ular inflyatsiya ta’siriga berilmaydi), biroq ulami universal holda qo`llab bo‘lmaydi (iqtisodiy o‘sish sur’atlarini hisoblashda har xil ne’matlar ishlab chiqarishni umumiy ko‘rsatkichga keltirish qiyin). Qiymat ko’rsatkichlar keng qo’llaniladi, ammo ulami har doim ham inflyatsiya ta’siridan to‘liq «tozalash» mumkin bo’lavermaydi. Shu sababli iqtisodiy o‘sish sur’atlari qiyosiy yoki o‘zgarmas narxlarda hisoblanadi. Chunki bunda ijtimoiy naflilikning umumiy ko’rsatkichi bo’yicha o’sish darajasini aniqlash mumkin bo‘ladi.
Makroiqtisodiy darajada iqtisodiy o‘sishning asosiy ko'rsatkichlari quyidagilar hisoblanadi:
1) YalM va milliy daromadning mutloq hajmi va uning o‘sish sur’ati;
2) YalM va milliy daromadning aholi jon bosh hisobiga to‘g‘ri keladigan miqdori va uning o‘sish sur’ati;
3) YalM va milliy daromadning iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga to‘g‘ri keladigan miqdori va uning o‘sish sur’ati.
Yuqorida ta’kidlanganidek, iqtisodiy o‘sishni aniqlashda har uchala ko‘rsatkichdan ham foydalanish mumkin, lekin ulaming ahamiyati turlicha bo’ladi. Masalan, agar diqqat markazida iqtisodiy salohiyat muammosi tursa, birinchi ko’rsatkichdan foydalanish ko'proq mos keladi. Alohida mamlakat va mintaqalardagi aholining turmush darajasini taqqoslashda, ko‘proq ikkinchi ko6rsatkichdan foydalaniladi. Iqtisodiy samaradorliknibaholashda uchinchi ko‘rsatkichga ustuvorlik beriladi.
Iqtisodiy o‘sishning alohida tomonlarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlari ham mavjud bo’lib, ulardan asosiylari ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanish darajasi, mehnat unumdorligining o‘sishi va ish vaqtini tejash, shaxsi daromad va foyda massasi, milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi kabilar hisoblanadi.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar darajasi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi:
a) ishlab chiqarish vositalarining rivojlanganlik darajasi;
b) xodimning malakasi va tayyorgarlik darajasi;
v) ishlab chiqarishning moddiy va shaxsiy omili o‘rtasidagi nisbat;
g) mehnat taqsimoti, ishlab chiqarishning tashkil etilishi, ixtisoslashtirilishi va kooperatsiyasi.
Iqtisodiy o‘sishning jahon amaliyotida keng qo'llaniladigan boshqa ko‘rsatkichi iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi hisoblanadi. U tarmoqlar bo‘yicha hisoblab chiqilgan YalM (YalM) ko‘rsatkichi asosida tahlil qilinadi.
Iqtisodiy o‘sishda resurslami taqsimlash omillari ham o‘z o‘miga ega bo‘lsa-da, bu muammoni tahlil qilishda asosiy e’tibor taklif omillariga qaratilishi zarur.
Fan-texnika taraqqiyoti mehnat unumdorligi va iqtisodiy о‘sishni ta’minlovchi muhim omil hisoblanadi. Texnika taraqqiyoti o‘z ichiga nafaqat ishlab chiqarishning butunlay yangi usullarini, balki boshqarish va ishlab chiqarishni tashkil qilishning yangi shakllarini ham oladi. Umuman aytganda, fan-texnika taraqqiyoti deyilganda pirovard mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish maqsadida mavjud resurslami yangicha uyg‘unlashtirishni taqozo qiluvchi yangi usullarning topilishi ham tushuniladi. Amaliyotda texnika taraqqiyoti va kapital qo‘yilmalar (investitsiyalar) mustahkam o‘zaro bog‘liq, texnika taraqqiyot ko‘pincha yangi mashina va uskunalarga investitsiyalar qo‘yilishga olib keladi. Masalan, atom energiyasidan foydalanish bo‘yicha texnologiyani qo’llash uchun atom elektrostansiyalarini qurish zamr bo‘ladi. Bir qarashda texnika taraqqiyoti tarixiy va shiddatli ro‘y berish tavsifiga ega bo‘Iadi. Gaz va yoqilg‘i dvigatellari, konveyer va yig‘ma liniyalar bizning hayotga o‘tmishning eng muhim yutuqlari sifatida kirib keldi.

Download 133,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish