O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/229
Sana23.07.2022
Hajmi5,37 Mb.
#842347
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   229
Bog'liq
2 5265091174263165031

N = E x U x B 
Bu erda: 
N
– aylanma mablag’larning normativi; 

– aylanma mablag’larga bo’lgan kunlik ehtiyoj; 
U
– o’rtacha interval uzoqligi; 

– aylanma mablag’ birligining bahosi. 
Masalan, faraz qilaylik qandaydir bir xom ashyoning zaxira me’yori 15 
kunga, kunlik ehtiyoj 10 tonnaga va bir tonnaning baho-si 20 ming so’mga teng 


63 
bo’lsa, u holda pulda ifodalangan normativ-ning darajasi 600 ming so’mga (15 x 
10 x 20 000) teng bo’ladi. 
Umuman olganda, aylanma mablag’lar normativi mol etkazib berishlar 
o’rtasidagi o’rtacha intervalni hisobga olgan holda quyidagi formula orqali 
aniqlanishi mumkin: 
N = E x (U
1
 + U
2
) : 2 x B 
Bu erda: 
N
– aylanma mablag’larning normativi; 

– aylanma mablag’larga bo’lgan kunlik ehtiyoj; 
U
1
 + U
2
 – 
navbatdagi ikki mol etkazib berishlarning 
kunlardagi uzunligi; 

– aylanma mablag’ birligining bahosi. 
Aylanma mablag’larning har bir elementlari bo’yicha norma-tivning alohida
hisoblanishi natijasida xususiy normativlar vujudga keladi. O’z navbatida, barcha 
xususiy normativlarni jamlash natijasida yig’ma normativ hosil bo’ladi. 
Xom ashyo, materiallar va yarim tayyor mahsulotlarning alo-hida turlari 
bo’yicha zaxiralarning kunlik normasi quyidagi zaxiralar summalarini inobatga 
olib o’rnatiladi: 

transport zaxirasi; 

tayyorlov zaxirasi; 

texnologik zaxira; 

joriy zaxira; 

sug’urta zaxirasi. 
Transport zaxirasi yukning yo’ldagi kunlari va shu yuk uchun hujjatlarni 
to’lash va ularning harakatlanish kunlari sonini o’z ichiga oladi. Tayyorlov zaxirasi 
qabul qilishni rasmiylashtirish, navlarga ajratish, ortish-tushirish, komplektatsiya 
qilish, moddiy resurslarni maxsus qayta ishlash va h.k.larga bog’liq. Bu zaxira 
me’yor yoki haqiqatda sarflangan vaqt asosida o’lchanadi. Texnolo-gik zaxira 
ishlab chiqarish texnologiyasiga bog’liq va texnologik me’yorlar asosida 
hisoblanadi. 


64 
Asos sifatida joriy maksimal ombor zaxirasi olinadi. Chunki u materiallarni 
navbatdagi ikki etkazib berish intervali o’rtasida ishlab chiqarish jarayonining 
uzluksizligini ta’minlay-di. Maksimal joriy zaxira materiallarga bo’lgan o’rtacha 
kunlik ehtiyoj va navbatdagi ikki mol yetkazib berish intervali o’rtasida-gi 
davomiylikning ko’paytmasiga teng. Mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish 
hajmining o’sishi joriy ombor zaxirasining oshirilishini talab qiladi. Shuningdek, 
maksimal joriy zaxira ishlab chiqarishning maromiyligini ta’minlash uchun har doim 
biroz o’zgartirilishi kerak. Sug’urta zaxirasi rezerv sifatida, odatda, jo-riy ombor 
zaxirasining 50%i doirasida qabul qilinadi. 
Shunday qilib, zaxiraning kunlik me’’yori transport zaxi-rasi, tayyorlov 
zaxirasi, texnologik zaxira, joriy ombor zaxirasi va sug’urta zaxiralarining 
summasiga teng bo’lgan summalar yi-g’indisidan iborat. 
Tugallanmagan 
ishlab 
chiqarish 
bo’yicha aylanma mablag’larni 
me’yorlashtirish buyumlarning guruhlari bo’yicha amalga oshirila-di va u quyidagi 
formula yordamida aniqlanadi: 

Download 5,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish