Xususiy kapital va uning o‘zgarishi tahlili
Ko‘rsatkichlar nomi
|
Ustav
kapitali
|
Qo‘shilgan
kapital
|
Rezerv
kapitali
|
Taqsimlanmagan
foyda
(qoplanmagan
zarar)
|
Sotib olingan
xususiy
aksiyalar
|
Maqsadli
tushumlar va
boshqalar
|
Jami
|
A
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
Yil boshidagi qoldiq
|
614 384
|
-
|
5 737 851
|
507 694
|
-
|
885 865
|
7 745 794
|
Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi
|
213 818
|
-
|
x
|
x
|
x
|
x
|
213 818
|
Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash
|
x
|
x
|
2 383 571
|
x
|
x
|
x
|
2 383 571
|
Ustav kapitalini shakllantirishda paydo bo‘lgan valyuta kursi farqlari
|
x
|
-
|
x
|
x
|
x
|
x
|
-
|
Rezerv kapitaliga ajratmalar
|
x
|
x
|
-
|
-
|
x
|
x
|
-
|
Joriy yilning taqsimlanmagan foydasi (zarari)
|
x
|
x
|
x
|
-
|
x
|
x
|
-
|
Tekinga olingan mol-mulk
|
x
|
x
|
|
x
|
x
|
x
|
-
|
Maqsadli foydalanish uchun olingan mablag‘lar
|
x
|
x
|
x
|
x
|
x
|
-
|
-
|
Hisoblangan dividendlar
|
x
|
x
|
x
|
284 293
|
x
|
x
|
-284 293
|
Xususiy kapital shakllanishining boshqa manbalari
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
65 341
|
65 341
|
Yil oxiridagi qoldiq
|
828 203
|
-
|
8 121 423
|
223 400
|
-
|
951 207
|
10 124 233
|
Xususiy kapitalining ko‘payishi (+) yoki kamayishi (-)
|
+213 818
|
-
|
+2 383 571
|
-284 293
|
-
|
+65 341
|
+2 378 439
|
Aksionerlik jamiyatida xususiy kapitalning davr boshiga nisbatan o‘zgarishi 2 378 439 mln so‘mni tashkil etgan. Uning tarkibiy o‘zgarishlari ustav kapitalining oshirilishi (213 818 mln so‘m), rezerv kapitali hisobiga (2 383 571 mln so‘m) hamda maqsadli tushumlar va boshqa manbalar hisobiga (65 341 mln so‘m) ro‘y bergan. Jamiyatning xususiy kapitali tarkibida eng yuqori ko‘rsatkich rezerv kapitali hisobiga to‘g‘ri keladi va uning qiymati davr boshida 5 737 851 mln so‘mni davr oxirida 8 121 423 mln so‘mni tashkil etgan. Rezerv kapitalining xususiy kapital tarkibidagi salmog‘i mos ravishda 74.1 %, 80.2 % ni tashkil etgan hamda davr boshiga nisbatan 6.1 % ga ortgan.
2. Sof aktivlar tahlili va ulardan foydalanish samaradorligining tahlili
Sof aktivlar. Bu tushuncha bilan aksionerlik tashkilotlari va mas’uliyati cheklangan jamiyatlar bilan hamkorlikda ishlayotgan buxgalter va auditorlar tez-tez to‘qnash kelishadi.
Sof aktivlar deganda xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘z mablag‘lari bilan ta’minlangan uzoq muddatli va joriy aktivlarning qiymati, ya’ni xo‘jalik yurituvchi subyektning qarz majburiyatlaridan ozod bo‘lgan mol-mulk qiymati tushuniladi1.
Oddiy qilib aytganda:
Sof aktivlar = Aktivlar – Majburiyatlar
Demak:
Jamiyatning ustav kapitalini ko‘paytirishga qaratilgan mol-mulki = Sof aktivlar – Ustav kapitali (fondi) – Zaxira kapitali
Bugungi kunda korxonalarning aksariyat qismi mulkchilikning eng keng shakli, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar shaklida tashkil etilmoqda. Ushbu jamiyatlarda ustav kapitali 3 xil tartibda ko‘paytirilishi mumkin:
a) jamiyatning mol-mulki hisobiga;
b) jamiyat ishtirokchilarining qo‘shimcha hissalari hisobiga;
v) jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslarning hissalari hisobiga.
Yuqoridagilardan kelib chiqsak, jamiyatning mol-mulki hisobiga ko‘paytirish qo‘shilgan kapital, taqsimlanmagan foyda, maqsadli tushumlar va kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari uchun zaxiralardan sotib olingan xususiy ulushlarni (aksiyalarni) ayirib tashlagan holdagi natijaga amalga oshirish kerakligi belgilangan.
Qo‘shilgan kapital, maqsadli tushumlar va kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari uchun zaxiralar hisobiga ustav kapitalini ko‘paytirishning umuman iloji yo‘q. Chunki, ushbu balans moddalari yoki buxgalteriya hisobi obyektlari foydalanish maqsadi aniq belgilangan.
Sof aktivlarni tahlil etish metodikasi ikkita bosqichda amalga oshiriladi:
1. Sof aktivlar dinamikasining tahlili. Buning uchun davr boshiga va oxiriga sof aktivlar qiymati va ularning o‘rtacha ko‘rsatkichi aniqlanadi. Olingan natijada o‘tgan yillar bilan taqqoslanish o‘zgarishlari va o‘zgarish sabablari aniqlanadi.
2. Sof aktivlardan samarali foydalanish tahlili. Bunda sof aktivlarning aylanuvchanligi, rentabelligi ko‘rsatkichlari va ularning o‘zgarishlari omilli tahlil etiladi.
Sof aktivlardan foydalanish samaradorligini aniqlash quyidagi formula asosida hisob-kitob qilinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |