“Swap” turidagi amallar. Mazkur atama iqtisodiy adabiyotda tez-tez
foydalaniladi. Oltin bozoriga nisbatan qoʻllanilganda u bir vaqtda teskari bitimni
amalga oshirish bilan metallni oldi-sotti qilish kabi talqin qilinishi mumkin.
Mazkur bitimlarning hajmi spot turidagi amallar hajmidan ortadi, chunki oltin
svoplar qimmatbaho metallar bozorining holatiga spot bitimlari kabi uncha kuchli
taʼsir qilmaydi. Bu amallar boʻyicha standart bitim 32 ming unsiyani (1 tonnani)
oʻz ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |