Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti



Download 2,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/165
Sana04.08.2021
Hajmi2,26 Mb.
#138060
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   165
Bog'liq
Moliya bozori Darslik

 
 


105 
 
IX bob. QIMMATBAHO MЕTALLAR BOZORI 
 
9.1. Qimmatbaho metallar bozori xususiyatlari, ishtirokchilari 
Bugungi kunda moliya bozorida qimmatbaho metallar savdosi keng doirada 
kuzatiladigan  amaliyotlardan  biridir.  Bunga  har  bir  mamlakatda  oltin-valyuta 
zaxirasini muntazam oshirib borishga alohida eʼtibor qaratilishi ham bevosita taʼsir 
koʻrsatmoqda. Valyutalar boʻyicha oltin standart amal  qilgan  vaqtda oltinga talab 
keskin yuqori boʻlgan va bu oʻz navbatida qimmatbaho metallar bozorida oltinning 
ulushi  keskin  yuqoriligiga  ham  xizmat  qilgan.  Valyutalar  boʻyicha  oltin  standart 
bekor qilingach qimmatbaho metallar bozorida oltinning ulushi nisbatan pasaygan 
holda  kumush,  olmos,  platina,  palladiya  va  boshqa  qimmatbaho  metallar  bozori 
ham rivojlana boshladi. 
Qimmatbaho  metallar  oʻz  xususiyatiga  koʻra  sanoat  ishlab  chiqarish  sohasi 
mahsuloti  hisoblanadi.  Qimmatbaho  metallarning  kamyobligi,  ixchamligi,  koʻp 
marta  va  uzoq  muddat  davomida  foydalanish  mumkinligi,  savdo  tarmogʻining 
rivojlanishi  va  doimiy  talabning  mavjudligi  moliyaviy  aktiv  sifatida  qimmatbaho 
metallarning  ham  qoʻllanilishiga  xizmat  qiladi.    Shundan  kelib  chiqqan  holda 
qimmatbaho metallar ikkita funksiyani bajarishini qayd etish mumkin.  
Qimmatbaho  metallardan  yombilar  va  tangalar  bank  va  birja  aylanmasi 
obyekti,  davlat  va  xalqaro  oltin-valyuta  zaxiralari  tarkibiy  qismi  hisoblanishi 
davlatning  moliyaviy-iqtisodiy  barqarorligini  taʼminlash,  bank  barqarorligini 
kafolatlash,  shuningdek  alohida  shaxs  moddiy  jihatdan  taʼminlanganligi 
yuqoriligini belgilab beradi. 
Jahon  bozorida  qimmatbaho  metallarning  strategik  roli 
yuqorida 
taʼkidlanganidek, bunday aktivlarga talabning yuqori darajadaligi bilan izohlanadi. 
Xususan,  xalqaro  darajada  oltin  yombilari  va  tangalarining  yuqori  likvidliligi  
kapital  qoʻyilmalarning  asosiy  uchta  asosiy  sohalari  oʻrtasidagi  tenglikka 
asoslangan: 
- qimmatbaho metallarni qazib olish va ishlab chiqarish; 
- zargarlik buyumlari ishlab chiqarish va ular savdosi;  
- qimmatbaho metallardan yombilar va tangalarning moliyaviy muomalasi. 
Bungungi  kunda  jahonda  qimmatbaho  metallar  bozori  oltin  bozori,  kumush 
bozori,  platina  bozori,  palladiya  bozori  va  boshqa  sektorlar  boʻyicha  faoliyat 
yuritmoqda.  Qimmatbaho  metallar  bozorida  aynan  qimmatbaho  metallar  savdo 
predmeti boʻlib  xizmat qiladi. Shundan kelib chiqqan  holda qimmatbaho  metallar 
bozorini intitutsional va funksional nuqtai nazardan koʻrib chiqish mumkin. 
Bugungi  kunda  qimmatbaho  metallar  bozorining  muhim  ishtirokchilari 
quyidagilar hisoblanadi (9.1-rasm):  


106 
 
 
 
9.1-rasm. Qimmatbaho metallar bozori ishtirokchilari 
 
Bunda  qimmatbaho  metallar  qazib  oluvchi  korxonalardan  kelib  tushadi. 
Ularning bozorga taʼsir koʻrsatishi yetkazib berayotgan mahsulot hajmiga bevosita 
bogʻliq hisoblanadi. Qazib olingan qimmatbaho metallar sanoat korxonalari hamda 
zargarlik  ustaxonalari  tomonidan  tomonidan  tayyor  mahsulotga,  zargarlik 
buyumlariga  aylatiriladi.  Birjalarning  qimmatbaho  metallar  bozorining  muhim 
ishtirokchisi sifatida qaralishi ayrim mamlakatlardagi birjalarda aynan qimmatbaho 
metallar bilan savdo qilinuvchi seksiyalar  mavjudligi bilan  izohlanadi.  Investorlar 
ishtiroki  esa  bunday  aktivlar  orqali  faoliyatni  diversifikatsiyalashda  namoyon 
boʻlishini qayd etish mumkin. “Markaziy banklar qimmatli metallar bozorida koʻp 
qirrali  oʻrinni  egallaydi.  Ular  oltin  bozoridagi  eng  yirik  operatorlar  boʻlib 
hisoblanadi  va  bir  vaqtda  bu  oltin  bilan  savdo  qilish  qoidalarini  belgilab  beradi. 
Shuni  ham  taʼkidlash  zarurki,  zaxira  oltinni  faol  sotish  bosh  maqsad  boʻlib 
hisoblanmaydi,  ammo  zaxiralardan  oqilona  foydalanishga  intilishni  namoyish 
qiladi. Markaziy banklar bozor konʼyunkturasiga katta taʼsir koʻrsatadi, bu ayniqsa 
XX  asrning  90-yillarida  sezilarli  boʻldi”
42
.  Tijorat  banklari  tomonidan  oltindan 
ishlangan  zargarlik  buyumlari  garov  sifatida  qabul  qilinganda  baholash  qiymati 
toʻliq  olinishi  asosida  kredit  ajratilishini  ham  shu  oʻrinda  taʼkidlash  maqsadga 
muvofiq.  Qimmatbaho  metallar  bozorida  professional  vositachilar  va  dilerlar 
faoliyati  ham  muhim  hisoblanadi.  Bunda  ixtisoslashgan  kompaniyalar  va  tijorat 
banklari vositachilar sifatida ishtirok etadi.  
Xalqaro  metallar  bozorida  ham  hosilaviy  instrumentlar  ham  keng  doirada 
qoʻllaniladi. Bunda svoplar, fyucherslar, opsionlar, forvardlar qoʻllanilishi alohida 
ahamiyat kasb etadi.   
 
                                                
42
https://www.instaforex.com/oz/gold
 

Download 2,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish