Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti



Download 2,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/165
Sana04.08.2021
Hajmi2,26 Mb.
#138060
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   165
Bog'liq
Moliya bozori Darslik

 
 


116 
 
 
 
X bob. MOLIYA BOZORI TAHLILI 
 
10.1. Moliya bozori tahlilining tashkiliy xususiyatlari  
Investitsion  jarayonning  asosiy  masalalaridan  biri  –  bu  qimmatli  qogʻozlar 
tahlili  (security  analysis)  hisoblanib,  oʻz  ichiga  qimmatli  qogʻozlar-ning  alohida 
turlarini  (yoki  guruhlarini)  va  ularning  bozorlarini  oʻrganadi.  Bunday  tahlilning 
investitsion  jarayondagi  asosiy  maqsadlaridan  biri  –  bu  vaqtning  tanlab  olingan 
joriy momentida notoʻgʻri baholangan qimmatli qogʻozlarni aniqlash.  
Xorijiy  amaliyotda  moliya  bozori  boʻyicha  fundamental  (fundamental 
analysis) va texnik (technical analysis) tahlil keng qoʻllaniladi. Fundamental tahlil 
ham,  texnik  tahlil  ham,  shuningdek  boshqa  tahlil  usullari  ham  oʻziga  xos 
afzalliklarga  va  kamchiliklarga  ega.  Bunga  moliya  bozorlarining  oʻzaro  farqli 
jihatlari, tartibga solish mexanizmlari, ichki va tashqi omillar taʼsiri kabilarni sabab 
sifatida koʻrsatish mumkin.  
Qimmatli  qogʻoz  tahlilida  uni  real  (fundamental  usulga  asoslangan)  yoki 
bozor  (texnik  usulga asoslangan) bahosi  hamda  uning real  va bozor daromadliligi 
koʻrsatkichlari  baholanadi,  chunki  ular  fond  bozori  qatnashchilarini  koʻproq 
qiziqtiradi.  Yuqoridagi  misoldan  kelib  chiqib,  na  texnik  va  na  fundamental,  na 
aralash usul ushbu koʻrsatkichlarning obyektiv bahosini bera olmasligini tushunish 
qiyin emas.  
Chunki qimmatli qogʻozning oʻz bazisiga ekvivalentliligi darajasi har ikkala 
usulda  har  doim  aytilgan  mezonlar  talabiga  mos  toʻliq  namoyon  boʻlavermaydi, 
demak, ularning yordamida hisoblangan koʻrsatkichlar bahosi obyektiv boʻlmaydi. 
Ushbu  qonuniyatni  koʻrish  uchun  quyidagi  nazariy  fikr-mulohazalarni  keltirish 
mumkin.  
Maʼlumki,  aksiyaning real  bahosi  fundamental  usul  yordamida  emitentning 
moliyaviy  hisobotlari  koʻrsatkichlari  asosida  hisoblanib,  aksiyani  joriy  ichki 
(balans)  bahosini  ifodalaydi.  Lekin  aksiyaning  bozordagi  talab  va  taklif  (bozor 
konʼyunkturasi)  asosida  shakllanuvchi  bozor  narxi  aksiyaning  real  bahosidan 
qandaydir  mavhumligi  bilan  farq  qilishi  mumkin,  chunki  bozor  narxi  koʻpincha 
koʻzga tashlanmaydigan spekulyativ bozorda vujudga keluvchi sirli tendensiyalarni 
ham oʻz ichiga oladi.  
Bunday tendensiyalar odatda spekulyativ bozorning oldindan  har doim  ham 
toʻliq  idrok  qilib  boʻlmaydigan  jarayonlarni  risklar  va  turli  omillar  (jumladan 
spekulyativ savdo qatnashchilarining subyektiv tarzda hohish va imkoniyatlarining 
ehtimoliy oʻzgarishi, yaʼni refleksivlik nazariyasiga asosan) taʼsiri ostida kechishi 
evaziga  hosil  boʻladi.  Demak,  aksiyaning  oʻz  bazisiga  ekvivalentlilik  darajasi 
asosida obyektiv bahosini aniqlash muhim ahamiyatga ega.  
Bularning barchasi va boshqa vaqtinchalik idrok qilinishi murakkab boʻlgan 
omil  va  jarayonlar  tahlil  amaliyotining  mavjud  usullari  uzluksiz  takomillashuv 
jarayonida yoki ularning asosida yangilari paydo boʻlib kelmoqda. Bu jarayonning 
obyektiv mahsuli sifatida qimmatli qogʻozlarni sekyurimetrik tahlili usulini alohida 


117 
 
koʻrish  maqsadga  muvofiq, chunki  u  yuqorida keltirilgan baʼzi holatlarni bartaraf 
qilishning ozmi koʻpmi imkonini berishi mumkin.  

Download 2,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish