O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti «Moliya» kafedrasi


Xususiy kapitalni tahlil etish maqsadi, mazmuni, vazifalari va axborot manbalari



Download 47,6 Kb.
bet4/5
Sana20.07.2022
Hajmi47,6 Kb.
#828962
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 chi kurs ishi

3 Xususiy kapitalni tahlil etish maqsadi, mazmuni, vazifalari va axborot manbalari.
Iqtisodiyotni liberallashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va innovatsion rivojlantirish nafaqat iqtisodiy jihatdan‚ balki moliyaviy jihatdan ham mustahkam tayanchni talab etadi. Shu sababli‚ xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy salohiyatini baholashda o‘z mablag‘larining qiymatiga, ularning jami kapital tarkibidagi salmog‘iga, majburiyatlarga nisbati chegaralariga muhim ahamiyat qaratiladi. Xususiy kapital korxonaning moliyaviy holatini tavsiflovchi muhim ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Xususiy kapital tushunchalariga ta’riflar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos”da hamda “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot”da keltirilgan
Iqtisodiyotni liberallashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va innovatsion rivojlantirish nafaqat iqtisodiy jihatdan‚ balki moliyaviy jihatdan ham mustahkam tayanchni talab etadi. Shu sababli‚ xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy salohiyatini baholashda o‘z mablag‘larining qiymatiga, ularning jami kapital tarkibidagi salmog‘iga, majburiyatlarga nisbati chegaralariga muhim ahamiyat qaratiladi. Xususiy kapital korxonaning moliyaviy holatini tavsiflovchi muhim ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Xususiy kapital tushunchalariga ta’riflar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos”da hamda “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot”da keltirilgan . Xususiy kapital (sarmoya) – subyektning majburiyatlarni chegirib tashlagandan keyingi aktivlaridir. Subyekt majburiyatlari – subyekt (qarzdorning) boshqa subyekt (kreditor) foydasiga muayyan ishni amalga oshirish,

17
masalan, mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, pul to‘lash va boshqa majburiyatlaridir yoxud muayyan xatti-harakatdan tiyilib turish majburiyatidir, kreditor esa qarzdordan o‘z majburiyatlarini bajarishini talab qilishga haqlidir. Aktivlar – subyekt nazorat qiladigan, kelgusida ulardan daromad olish maqsadida avvalgi faoliyat natijasida olingan iqtisodiy resurslardir. Demak yuqoridagi ta’rif va tasniflashdan quyidagi bog‘lanishni berib o‘tish mumkin:


Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotga bo‘lgan tushuntirishda xo‘jalik yurituvchi subyekt xususiy kapital qatnashchisining chiqib ketishi, aksiyadorlik jamiyati tomonidan aksiyalarning sotib olinishi yoki sotib olingan aksiyalarni bekor qilinishi, aksiyalar nominal qiymatining pasayishi yoki boshqa sabablarga ko‘ra kamayib ketganligi haqidagi ma’lumotlar keltiriladi. Hisobotning xususiy kapital to‘g‘risidagi qismiga oid tushuntirish xati “Hisob siyosati va moliyaviy hisobotlar” Buxgalteriya hisobi milliy standarti (1-son BHMS)da nazarda tutilgan talablarga muvofiq tuziladi. Aksiyadorlik jamiyatlari xususiy kapital to‘g‘risidagi tushuntirishda quyidagilar haqidagi axborotni keltiradilar: a) obuna amalga oshirilishi nazarda tutiladigan aksiyalarning umumiy soni va nominal qiymati; b) nazarda tutilgan miqdorlar bilan taqqoslaganda obuna amalga oshirilgan aksiyalarning umumiy miqdori va nominal qiymati; v) aksiyalarga obunaning borishi chog‘ida olingan mablag‘lar umumiy summasi; 593 g) ayrim turlar va toifalar bo‘yicha ustav kapitali tarkibidagi aksiyalar; d) imtiyozli aksiyalar bo‘yicha to‘lanmagan jamlangan dividendlar summasi; e) aksiyalar ko‘rinishida to‘lanadigan dividendlar, xususan, to‘lanadigan aksiyalarning soni va qiymati, shuningdek, ularning turlari yoki toifalari to‘g‘risida; j) hisobot davrida yuz bergan maydalash yoki qo‘shib yuborishlar va aksiyalarning maydalanishi yoki qo‘shib yuborilishigacha va undan keyingi aksiyalarning nominal qiymati to‘g‘risidagi.

18
Aksiyalarga obunaning borishi chog‘ida olingan mablag‘lar umumiy summasi tushuntirishda quyidagilar bo‘yicha keltiriladi: a) aksiyalar uchun haq sifatida kirim qilingan barcha pul mablag‘lari, aksiyalar soni ko‘rsatilgan holda; b) aksiyalar uchun to‘lov sifatida kirim qilingan mol-mulkning qiymat bahosi, aksiyalar soni ko‘rsatilgan holda; v) aksiyalar uchun haq sifatida kirim qilingan chet el valyutasining umumiy summasi, aksiyalar soni va hisobda valyuta kirim qilingan kursi ko‘rsatilgan holda. Ustav kapitali tarkibidagi aksiyalar haqidagi axborot tushuntirishda ayrim turlar va toifalar bo‘yicha keltiriladi: a) chiqarilgan aksiyalar soni, ustav kapitalining to‘lanmagan qismi ko‘rsatilgan holda; b) aksiyaning nominal qiymati; v) muomalada bo‘lgan aksiyalar sonida hisobot davri mobaynidagi o‘zgartirishlar; g) aksiyalar bilan bog‘liq huquqlar, imtiyozlar va cheklashlar, shu jumladan dividendlarning taqsimlanishi va kapitalning qaytarib berilishi bo‘yicha cheklashlar; d) jamiyatning o‘ziga, uning sho‘ba va uyushgan korxonalariga tegishli aksiyalar; e) ular egalik qilayotgan muassislar ro‘yxati va aksiyalar soni; j) ijroiya organi a’zolarining mulki bo‘lgan aksiyalar soni; 594 z) opsionlar va boshqa kontraktlarga binoan chiqarish uchun zaxiralashtirilgan aksiyalar, ularning muddatlari va summalari ko‘rsatilgan holda; i) konvertatsiyalanadigan (aksiyalar yoki obligatsiyalarga) aksiyalarning soni va nominal qiymati hamda ushbu aksiyalarning qarzga oid qimmatli qog‘ozlarga konvertatsiya qilinishi hollarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan majburiyatlar. Boshqa barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotlarga oid izohlarda quyidagilar to‘g‘risidagi axborotni keltiradilar: a) egalik qiluvchilar o‘rtasida ustav kapitali ulushining taqsimlanishi; b) ushbu ulushlarga tegishli huquqlar, imtiyozlar yoki cheklashlar; v) ustav kapitali tarkibida egalik qiluvchilar ulushi tarkibidagi o‘zgartirishlar.


19

Xususiy kapital va uning o‘zgarishini baholashda kapitalning davr boshi va oxiridaga o‘zgarishlariga va o‘zgarish sabablariga baho beriladi. Kapitalning o‘zgarishi jamlangan qator va uning tarkibiy birliklari bo‘yicha alohida o‘rganiladi. Xususiy kapital o‘zgarishiga ta’sir etuvchi birliklarga: ustav sarmoyasi, qo‘shilgan sarmoya, zaxira sarmoyasi, sotib olingan o‘z aksiyalari, taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar), maqsadli tushumlar hamda bo‘lg‘usi xarajatlar va to‘lovlar zaxiralarining o‘zgarishi ta’sir etadi. Jumladan qimmatli qog‘ozlar emissiyasi bilan bog‘liq jarayonlar ustav va qo‘shilgan sarmoyaning o‘zgarishiga; uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash rezerv kapitali o‘zgarishiga; ustav kapitalini shakllantirishda paydo bo‘lgan valyuta kursi farqlari qo‘shilgan kapital o‘zgarishiga; rezerv kapitaliga ajratmalar rezerv kapitali va taqsimlanmagan foyda o‘zgarishlariga; joriy yilning taqsimlanmagan foydasi jamlangan, taqsimlanmagan foydaning o‘zgarishiga; tekinga olingan mol-mulk rezerv kapitali o‘zgarishiga; hisoblangan dividendlar taqsimlanmagan foyda o‘zgarishiga ta’sir etadi. Xususiy kapitalning shakllanishini yuqorida keltirilgan manbalaridan tashqari boshqa manbalari barcha tarkibiy birliklarni o‘zgarishiga ta’sir etadi.


Aksionerlik jamiyatida sof aktivlarning samaradorligi o‘tgan yilga nisbatan bir qadar yaxshilangan. Jumladan sof aktivlarning har bir so‘miga to‘g‘ri keladigan sof tushum summasi 0.434 tiyindan, 0.511 tiyinga ortgan. Bu o‘zgarish asosan sof tushumning o‘tgan yilga nisbatan 1 818 575 790 ming so‘mga ortishi tufayli ro‘y bergan. Sof aktivlarning aylanish davri 829.4 kundan 704.5 kunga qisqargan. Aylanish davri 84.9 kunga tezlashgan. Bu yil taqvimi bo‘yicha bir chorakka tezlashish demakdir. Sof aktivlarning rentabelligi mos ravishda o‘tgan yilda 6.5 %ni, joriy yilda 9.6 %ni tashkil qilmoqda. Rentabellikning o‘tgan yilga nisbatan o‘zgarishi 3.1 %ga ortgan.

20
Sof aktivlar tahlili, ularning samaradorligi baholash amaliyoti xorij tajribasidan kirib kelgan ko‘rsatkich hisoblanadi.


Bu ko‘rsatkich korxona to‘lovga qobilligini baholashning umumiy ifodasi ham hisoblanadi. U aktivlarning majburiyatlardan ortgan summasini aniqlash orqali sof kapitalni shakllantirish strategiyasini ham belgilab olish mumkin. Zanjirli bog‘lanish usulida xususiy kapital samaradorligi, rentabelligini omilli tahlilini amalga oshirish mumkin va bu jarayon ichki imkoniyatlarni aniq va to‘g‘ri baholash imkonini beradi.
Moliyaviy leveridj ko‘rsatkichi xalqaro amaliyotdan kirib kelgan muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Uning iqtisodichilar va menejerlar tomonidan baholashga o‘tilganiga hali uncha ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Ushbu ko‘rsatkichni baholash bir qancha moliyaviy koeffitsiyentlar orqali amalga oshiriladi. Moliyaviy leveridj ko‘rsatkichi xususiy kapitalning majburiyatlarga nisbati orqali baholanadi. Uning natijasiga qarab xo‘jalik subyektining moliyaviy barqarorligi va rentabellik darajasiga baho berish mumkin. 609 Quyida moliyaviy leveridj nima ekanligi, uning turlari, aniqlash formulasi, moliyaviy leveridj samaradorligini aniqlash tartiblari hamda ularni tahlil etish tartiblarini ko‘rib o‘tishimiz mumkin. Moliyaviy leveridj moliyaviy richag (dastak) deb ham nomlanadi. Uning mazmunini o‘z mablag‘lari manbasi bilan qarz kapitali o‘rtasidagi nisbatda xo‘jalik subyektining foydasiga ta’sir etish darajasini baholash tashkil etadi. Shuningdek, xo‘jalik subyektining istiqboldagi moliyaviy barqarorligini tahlil etish va bashoratlashda ham ushbu bog‘liqlik nisbatidan kelib chiqiladi. Moliyaviy levridj ko‘rsatkichlarini tahlil etish analitiklarga rentabellikni qo‘shimcha o‘stirish imkoniyatlarini aniqlashda, ichki va tashqi omillar ta’sirida foydaning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarning risk darajalarini baholashga imkon beradi.

21


Foydalanish samaradorligi yuzasidan moliyaviy leveridjlarning quyidagi turlari aniqlanadi: - ijobiy (foyda summasi kreditlar, qarzlar yuzasidan foizlar to‘lovidan ortgan hollarda); - neytral turlari (foyda summasi kreditlar, qarz yuzasidan foiz to‘lovlari summasigagina yetgan hollarda); - salbiy (foyda summasi kreditlar, qarz yuzasidan foiz to‘lovlari summasiga yetmagan hollarda). Moliyaviy leveridj quyidagi formula asosida aniqlanadi: Xususiy kapitalning dinamik tahlilida xususiy kapitalning yaqin va uzoq davriylikdagi mutlaq, nisbiy o‘zgarishlariga baho beriladi.
Dinamik tahlilda xususiy kapitalning tarkibi, tuzilishi, holati va samaradorligi bo‘yicha ko‘rsatkichlar tizimi yillar kesimida baholanadi. Tarkib bo‘yicha ustav, qo‘shilgan, rezerv kapitali va taqsimlanmagan foydaning o‘zgarishlari, tuzilishi bo‘yicha tarkib birliklarining salmoq bo‘yicha o‘zgarishlari; samaradorlik (daromadlik va rentabellik) ko‘rsatkichlarining o‘tgan yillarga nisbatan o‘zgarishlariga baho beriladi. Bugungi kunda korxonalarning aksariyat qismi mulkchilikning eng keng shakli, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar shaklida tashkil etilmoqda. Ushbu jamiyatlarda ustav kapitali 3 xil tartibda ko‘paytirilishi mumkin:
a) jamiyatning mol-mulki hisobiga;
b) jamiyat ishtirokchilarining qo‘shimcha hissalari hisobiga;
v) jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslarning hissalari hisobiga.
Yuqoridagilardan kelib chiqsak, jamiyatning mol-mulki hisobiga ko‘paytirish qo‘shilgan kapital, taqsimlanmagan foyda, maqsadli tushumlar va kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari uchun zaxiralardan sotib olingan xususiy ulushlarni (aksiyalarni) ayirib tashlagan holdagi natijaga amalga oshirish kerakligi belgilangan.
22
Qo‘shilgan kapital, maqsadli tushumlar va kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari uchun zaxiralar hisobiga ustav kapitalini ko‘paytirishning umuman iloji yo‘q. Chunki, ushbu balans moddalari yoki buxgalteriya hisobi obyektlari foydalanish maqsadi aniq belgilangan.
Sof aktivlarni tahlil etish metodikasi ikkita bosqichda amalga oshiriladi:
1. Sof aktivlar dinamikasining tahlili. Buning uchun davr boshiga va oxiriga sof aktivlar qiymati va ularning o‘rtacha ko‘rsatkichi aniqlanadi. Olingan natijada o‘tgan yillar bilan taqqoslanish o‘zgarishlari va o‘zgarish sabablari aniqlanadi.
2. Sof aktivlardan samarali foydalanish tahlili. Bunda sof aktivlarning aylanuvchanligi, rentabelligi ko‘rsatkichlari va ularning o‘zgarishlari omilli tahlil etiladi. Tahlil yakunida albatta sof aktivlarning samaradorligi baholanadi va uning o‘zgarishlari omilli tahlil etiladi. Samaradorlikni baholashda sof aktivlarning har bir so‘miga to‘g‘ri keladigan sotishdan sof tushum, sof foyda ko‘rsatkichlari o‘rganiladi. Sof aktivlar tahlili, ularning samaradorligi baholash amaliyoti xorij tajribasidan kirib kelgan ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich korxona to‘lovga qobilligini baholashning umumiy ifodasi ham hisoblanadi. U aktivlarning majburiyatlardan ortgan summasini aniqlash orqali sof kapitalni shakllantirish strategiyasini ham belgilab olish mumkin.

____________________


2 “Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir”. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimovning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi ma’ruzasi. Xalq so’zi. 2005 yil 29 yanvar - № 20 (3565) 6 “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2015 y., 20-son, 251-modda.
23
Xulosa
Amalga oshirish iqtisodiy islohotlar mamlakat byudjet tizimining faoliyati asoslarini o'zgartirdi. Turli darajadagi davlat organlari o‘rtasidagi munosabatlar ham o‘zgardi, bu esa yangi byudjet mexanizmini shakllantirish metodologiyasini ishlab chiqishni taqozo etdi. Byudjet tizimi Har qanday federal davlat ma'lum vaqtlarda byudjetlarning muvozanatsizligi sharoitida mavjud. Bunday tizimning normal ishlashi uni amalga oshirishning aniq mexanizmidan foydalangan holda byudjet resurslarini oqilona qayta taqsimlash zarurati bilan bog'liq. Hozirgi vaqtda ko'pgina mamlakatlar davlat byudjeti uchun byudjet taqchilligi tez-tez uchraydigan hodisaga aylandi. So'nggi paytlarda Rossiya Federatsiyasining federal byudjeti ham kamomadga aylandi. Byudjet taqchilligi noqulay iqtisodiy muhit yoki maqsadli olib borilgan byudjet siyosatining natijasi bo'lishi mumkin. Byudjet taqchilligini moliyalashtirishning turli usullari mavjud. Agar u pul emissiyasi orqali amalga oshirilsa, bu muomaladagi pul miqdorining oshishiga, narxlarning oshishiga va inflyatsiyaga olib keladi. Kamomadni xususiy sektor kreditlari bilan qoplash davlat qimmatli qog’ozlarini chiqarish natijasida xususiy investitsiyalarning qisqarishiga olib keladi. Byudjet taqchilligi davlat qarzi tushunchasi bilan uzviy bog'liq bo'lib, u kredit manbalariga ko'ra ichki va tashqi bo'lishi mumkin. Muhim davlat qarzi iqtisodiyotga salbiy ta'sir ko'rsatadi: bu jamiyatning qutblanishining kuchayishiga olib keladi, iqtisodiy o'sish sur'atlariga salbiy ta'sir qiladi, davlat qarziga xizmat ko'rsatish xarajatlari byudjet taqchilligini oshiradi. Tashqi davlat qarzi (boshqa davlatlarga qarz, xorijiy kompaniyalar, banklar va xalqaro iqtisodiy tashkilotlar) eksport tushumlaridan to'lanadi, bu ham iqtisodiy rivojlanish sur'atlariga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.

24
Byudjet tarkibidagi ijobiy siljishlarga davlatning noratsional xarajatlarini qisqartirish, byudjetlararo munosabatlarni tartibga solish va eng muhimi, soliq islohoti natijasida erishilmoqda. Davlat qarzini boshqarish bo'yicha qonun hujjatlarida mustahkamlangan eng muhim chora-tadbirlar qatoriga davlat ichki va tashqi qarzlarining maksimal hajmlarini, tashqi qarzlar chegaralarini belgilash kiradi; byudjet taqchilligini ichki


Davlat qarzini boshqarish bo'yicha qonun hujjatlarida mustahkamlangan eng muhim chora-tadbirlar qatoriga davlat ichki va tashqi qarzlarining maksimal hajmlarini, tashqi qarzlar chegaralarini belgilash kiradi; byudjet taqchilligini ichki moliyalashtirish manbalari, shu jumladan davlat qimmatli qog'ozlarini chiqarishdan tushgan tushumlar; tashqi qarzning maksimal miqdori; davlat ichki va tashqi qarziga xizmat ko'rsatish xarajatlari; davlat ichki va tashqi kafolatlarining yuqori chegaralari Qolaversa, ichki va tashqi davlat qarzlari miqdori muttasil ortib bormoqda. Kelajakda qarzning yanada oshishi kutilmoqda.
Bularning barchasidan kelib chiqib xulosa qilishimiz mumkinki, bu hodisalar butun mamlakat taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois Hukumat ham byudjet taqchilligini kamaytirish, ham ichki va tashqi qarzlarni qisqartirish bo‘yicha maxsus dasturlar ishlab chiqishi va amalga oshirishi zarur. Faqatgina ushbu sohalarda samarali choralar ko'rish Rossiyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga yordam beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respubli-kasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari egalik qiladilar, mablag‘lardan foydalanish to‘g‘risidagi moliya organlari bilan dastlab kelishilgan takliflar tashabbuskorlar tomonidan tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi,

25

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlariga belgilangan tartibda kiritiladi va ularning qarorlarida ko‘rsatilgan aniq maqsadlarga va miqdorlarda sarflanadi. Zaxira jamg‘armalaridan mablag‘lar ajratilgan tadbirlar muayyan muddatga ega bo‘lsa, ushbu muddatda foydalanilmay qolgan mablag‘lar tadbirlarni o‘tkazish muddati tugaganidan keyin o‘n ish kuni ichida tegishli zaxira jamg‘armasiga tiklanad.



26



Download 47,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish