96
tegishli axborot qaror qabul qilingan paytdan e’tiboran ikki ish kuni ichida ommaviy
axborot vositalarida va fond birjasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Investitsiya vositachisi sifatida o‘z faoliyatini to‘xtatib turayotgan, tugatayotgan
yoki tugatilayotgan investitsiya vositachisida hisobi
yuritilayotgan qimmatli
qog‘ozlar mijozning qaroriga ko‘ra bir haftalik muddatda boshqa investitsiya
vositachisiga o‘tkaziladi, bunday qaror mavjud bo‘lmagan taqdirda esa, qimmatli
qog‘ozlarning egasi tanlagan investitsiya vositachisiga qimmatli qog‘ozlar
bozorini
tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan muddatlarda
keyinchalik o‘tkazish uchun Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysiga
(faoliyatni to‘xtatib turish hollari bundan mustasno) o‘tkaziladi.
Yuridik shaxsni — investitsiya vositachisini tugatish qimmatli qog‘ozlar
bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi (hozirda Kapital bozorini
rivojlantirish agentligi) tomonidan (“Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonuning 26-moddasi 6- qismida ko‘rsatilgan harakatlar
yakunlaganini yozma ravishda tadiqlagandan keyingina) amalga oshirilishi mumkin.
Investitsiya vositachisi depozitar operatsiyalarni amalga oshirayotganda:
manfaatdor shaxslarning qimmatli qog‘ozlarni va pul mablag‘larini hisobga
olish qoidalari bilan tanishib chiqish imkoniyatini ta’minlashi;
deponentlarning har biriga tegishli qimmatli qog‘ozlarning soni va nominal
qiymati hisobini yuritishi;
qimmatli qog‘ozlarga
majburiyatlar yuklatilganligi, shuningdek ularning
tugatilganligi faktlari hisobini yuritishi;
qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar tuzish va mijozlarning hisobvaraqlari
bo‘yicha operatsiyalar bajarish uchun asos bo‘lgan birlamchi hujjatlarni idoraviy
arxivda saqlashi;
depo hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni deponentlarning yoki ular
vakil qilgan shaxslarning yozma topshiriqlari
asosida amalga oshirishi, qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
deponentning qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan mulk huquqi va boshqa
ashyoviy huquqlarini uning depo hisobvarag‘idan tegishli ko‘chirma bergan holda
97
tasdiqlashi;
mijozlarning hisobvaraqlaridagi qimmatli qog‘ozlar va pul mablag‘larining
mavjudligi va harakati, ularning holati to‘g‘risidagi axborotning maxfiyligini
ta’minlashi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
depo hisobvarag‘i bo‘yicha operatsiyalarni qimmatli qog‘ozlar bozorini
tartibga solish bo‘yicha
vakolatli davlat organining, monopoliyaga qarshi davlat
organining, shuningdek sudning, surishtiruv va tergov organlarining qarorlari
asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘xtatib turishi;
o‘z faoliyatiga taalluqli ma’lumotlarni qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga
solish bo‘yicha vakolatli davlat organining, davlat soliq xizmati organining,
monopoliyaga qarshi davlat organining, shuningdek sudning, surishtiruv va tergov
organlarining yozma talablariga ko‘ra qonun hujjatlarida belgilangan doirada va
tartibda taqdim etishi;
o‘zi yetkazgan zararning o‘rnini qoplash maqsadida kafolat fondini
shakllantirishda ishtirok etish, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikni
sug‘urta qilish yo‘li bilan qoplash imkoniyatini nazarda tutishi;
qimmatli qog‘ozlar egalarining reestrini shakllantirish uchun zarur bo‘lgan
qimmatli qog‘ozlarning egalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Qimmatli qog‘ozlar
markaziy depozitariysining talabiga ko‘ra taqdim etishi;
o‘zida hisobga olinadigan qimmatli qog‘ozlar va ularning emitentlari
rekvizitlariga Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysidan olingan ma’lumotlar
asosida o‘zgartirishlar kiritishi shart.
Investitsiya vositachisining zimmasida qonun
hujjatlariga muvofiq boshqa
majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Investitsiya vositachisi tomonidan mijozlarning pul mablag‘larini hisobga
olish va ularning but saqlanishini ta’minlash tartibi qimmatli qog‘ozlar bozorini
tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: