Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent moliya instituti


Savdo tizimida tuzilgan bitimlarni bekor qilish va haqiqiy emas deb



Download 4,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/177
Sana14.07.2022
Hajmi4,59 Mb.
#797516
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   177
Bog'liq
Биржа иши дарслик

Savdo tizimida tuzilgan bitimlarni bekor qilish va haqiqiy emas deb 
topishda Birjaga komission yig‘imlar va boshqa to‘lovlarni to‘lash tartibi. 
Qonun hujjatlarining buzilishi yoki qonun hujjatlariga muvofiq haqiqiy emas 
deb topilgan holatda YaDTK Savdo tizimida bitimni bekor qilish (kuchdan 
qoldirish), shuningdek, tomonlardan ikkalasining roziligi bilan bitimni buzgan holda 
bekor qilish (kuchdan qoldirish), ushbu Qoidalarda ko‘zda tutilgan holatlarni istisno 
qilganda, Birja a’zolari va ularning mijozlarini Birjaga komission yig‘imlardan ozod 
qilish uchun asos bo‘la olmaydi. 
Qonun hujjatlarining buzilganligi tufayli Birja bitimni ro‘yxatdan o‘tkazishni 
rad qilgan holatda bitimni bekor qilish (kuchdan qoldirish) holatida bitim bo‘yicha 
aybdor tomon ikkala tomon uchun Birja komission yig‘imlarini to‘ashi lozim. birja 
Boshqarmasining bitimni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad qilish haqida tegishli qarori 
Birja komission yig‘imlari va penya undirish uchun asos hisoblanadi. 
Bitimni bekor qilishga quyidagi hollarda yo‘l qo‘yiladi: 

xaridor va sotuvchi o‘rtasida Birjada belgilangan tartibda ro‘yxatdan 
o‘tkazilgan bitimni bekor qilish kelishuvi ko‘rinishida yozma shaklda 
rasmiylashtirilgan ikka taraflama rozilik mavjudligida «T+2» hisob-kitob kodi bilan 
ko‘zda tutilgan to‘lov muddati doirasida; 

xaridor va sotuvchi o‘rtasida Birjada belgilangan tartibda ro‘yxatdan 


308 
o‘tkazilgan bitimni bekor qilish kelishuvi ko‘rinishida yozma shaklda 
rasmiylashtirilgan ikka taraflama rozilik mavjudligida O‘zbekiston Respublikasi 
Fuqarolik kodeksi me’yorlariga muvofiq to‘lov muddatidan tashqari; 

sud qarori bilan to‘lov muddatidan tashqari. 
To‘lov muddati doirasida tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra bitim bekor 
qilinganda komission yig‘im Birjaga bitimning ikkala tomonidan yoki tomonlarning 
kelishuviga ko‘ra tomonlardan biri ikkala tomon uchun to‘lanadi. 
To‘lov muddatidan tashqarida tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra bitim 
bekor qilinganda, bitim tomonlari komission yig‘imlarni to‘lab qo‘ygan bo‘lsa, Birja 
komission yig‘imlariga to‘langan pul mablag‘lari qaytarilmaydi va o‘rni 
to‘ldirilmaydi. 
To‘lov muddatidan tashqarida sud qarori bilan bitim bekor qilinganda, agar 
sud qarori bilan o‘zgacha holat ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, bitim tomonlari komission 
yig‘imlarni to‘lab qo‘ygan bo‘lsa, Birja komission yig‘imlariga to‘langan pul 
mablag‘lari qaytarilmaydi va o‘rni to‘ldirilmaydi.
1580-7. Tomonlardan birining tashabbusi bilan bitim bekor qilingan va 
kuchdan qoldirilganda bitim ishtirokchisi bo‘lgan ikkala tomon Birja HKKPni 
xabardor qilishi hamda bitimni bekor qilish haqida murosa kelishuvi tuzib, bir 
nusxasini Birja HKKPga tegishli kliring operatsiyalari amalga oshirilishi ustidan 
nazorat qilish uchun berilishi lozim. Bunda bitim bo‘yicha aybdor tomon ikkala 
tomon uchun ham Birja komission yig‘imlarini to‘lashi lozim. 
Bitim bo‘yicha to‘lov muddatlari buzilgan hollarda O‘zbekiston Respublikasi 
«Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida»gi Qonunining 16-moddasi asosida bunday 
bitim haqiqiy emas deb topiladi. 
Birja HKKP bitim bo‘yicha to‘lov muddati buzilganiligi haqida Birja 
Boshqarmasini yozma ravishda xabardor qiladi. Birja Boshqarmasi bitim bo‘yicha 
to‘lov muddati buzilganligi holati haqida materiallarni Birja Nazorat komissiyasiga 
ko‘rib chiqishga yuboradi.
Birja HKKPdan bitim bo‘yicha to‘lov muddati buzilganligi holati xabar 
olingan kundan boshlab uch kun davomida Birja bitim tuzgan Birja a’zolarini to‘lov 


309 
muddati buzilganligi holati bo‘yicha materiallar Birja Nazorat komissiyasiga ko‘rib 
chiqishga berilgani haqida xabardor qiladi. 
Birjadan xabar olgan kundan boshlab uch kun davomida Birja az’olari, agar 
belgilangan muddatda Birja a’zolari tomonidan bitimning bekor qilinganligi haqida 
kelishuv taqdim etilmagan bo‘lsa, ularning mijozlari tomonidan tuzilgan va 
imzolangan (yuridik shaxslar uchun – ularning rahbarlari tomonidan imzolangan va 
muhri bilan tasdiqlangan) bitimning haqiqiy emasligi va haqiqiy emasligining tan 
olingan oqibatlari haqida bitimni taqdim etadi. 
Nazorat komissiyasining qarori asosida Birja Boshqarmasi tegishli qaror 
qabul qiladi va u manfaatdor shaxslarga etkaziladi. 
Birja a’zolari belgilangan muddatda hujjatlar takdim etmagan hollarda Birja 
qimmatli qog‘ozlar bozori haqida qonun hujjatlari buzilganligi haqida xabardor 
qilish va bitim bo‘yicha to‘lovlar muddati buzilganligi haqida materiallarni tegishli 
qarorlar qabul qilish uchun qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha 
vakolatli organga yuborish huquqiga ega.
To‘lov muddati buzilganligi sababli bitim bo‘yicha da’volar mavjud bo‘lgan 
holatda bitim sud tartibida ko‘rib chiqiladi.
Bitim haqiqiy emas deb topilganda komission yig‘im Birjaga bitim 
tomonlarining ikkalasi tomonidan, yoki bitimni haqiqiy emas deb topish va 
bitimning haqiqiy emasligi tan olingan oqibatlari haqida kelishuvda yoki bitimni 
bekor kilish haqida kelishuvda ko‘rsatilgan tomonlardan biri tomonidan ikkala 
tomon uchun to‘lanadi. 
Bitim sud qarori bilan haqiqiy emas deb topilganda yoki bekor qilinganda 
Birjaga komission yig‘imlar va penya, agar sud qaror bilan tomon (tomonlar) ularni 
to‘lashdan ozod qilingan bo‘lmasa, Birja Boshqarmasining qarori asosida undiriladi. 
Qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi shartnomasi yoki repo-bitimini imzolashdan 
bo‘yin tovlash sababli Birja bitimni ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniga ega bo‘lmagan 
hollarda Birjaga komission yig‘imlar va penya uning harakatlari bitimni ro‘yxatdan 
o‘tkazish imkoni yo‘qligiga olib kelgan Birja a’zosidan ikkala tomon uchun 
undiriladi. Birja Boshqarmasining bitimni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad qilish haqida 


310 
tegishli qarori Birjaga komission yig‘imlar va penya undirish uchun asos 
hisoblanadi. 
Ikkala tomon qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi shartnomasini imzolashdan 
bo‘yin tovlagani sababli Birja bitimni ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniga ega bo‘lmagan 
hollarda Birjaga komission yig‘imlar va penya ushbu Qoidalar bilan belgilangan 
tartibda ikkala tomondan undiriladi. 
Birja a’zosining treyderi talabnoma kiritishda bitim tuzilishiga olib kelgan 
texnik xatoga yo‘l qo‘ygan yoki bitimning YaDTK Savdo tizimi tomonidan qayd 
qilinishiga olib kelgan taqdirda aybdor Birja a’zosi bitimning ikkala tomoni uchun 
Birjaga komission yig‘imlar va penya to‘lashga majbur.
YaDTK Savdo tizimini sozlashda yoki Savdo tizimiga talabnoma 
parametrlarini kiritishda xatoga yo‘l qo‘ygan Birja Makleriati mas’ul 
mutaxassisining aybi bilan bitim haqiqiy emas deb topilgan taqdirda Birja a’zolariga 
Birja komission yig‘imlari va penya hisoblanmaydi va undirilmaydi. 

Download 4,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish