Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent moliya instituti


 Qimmatli qog‘ozlar paketlarini sotish sektsiyasida (blok-treyding) № 6



Download 4,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/177
Sana14.07.2022
Hajmi4,59 Mb.
#797516
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   177
Bog'liq
Биржа иши дарслик

 
6. Qimmatli qog‘ozlar paketlarini sotish sektsiyasida (blok-treyding) № 6:
 
a) aksiyalar paketlarini sotish bo‘yicha savdo maydonchasida (blok-treyding) 
- qimmatli qog‘ozlar sotuvchisining qo‘yish summasi (taklif narxi) 100%i 
miqdorida; 
 
b) korporativ va infratuzilma obligatsiyalari sotish bo‘yicha savdo 
maydonchasida - qimmatli qog‘ozlar sotuvchisining qo‘yish summasi (taklif narxi) 
100%i miqdorida;
 
7. Qayta sotib olish (repo) sharti bilan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitimlari 
bo‘yicha sektsiyada № 7:
 


289 
a) repo bitimining I-bosqichi savdo maydonchasida – repo bitimining birinchi 
bosqichida qimmatli qog‘ozlar qo‘yish narxining kamida 5%i miqdorida (qimmatli 
qog‘oz birligi narxining xarid qilinadigan qimmatli qog‘ozlar soni bilan 
ko‘paytmasi);
 
b) repo bitimining I-bosqichi savdo maydonchasida – repo bitimi qayta sotib 
olish narxining 100%i miqdorida (qimmatli qog‘oz birigini qayta sotib olish narxi 
bilan qata sotib olinadigan qimmatli qog‘ozlar soni ko‘paytmasi).
 
8. Hosila moliyaviy vositalar (derivativlar) sotish bo‘yicha sektsiyada № 8:
 
a) qimmatli qog‘ozlarga optsionlar sotish bo‘yicha savdo maydonchasida: 
-
optsion emitenti tomonidan xaridga (koll) optsionni sotuvga qo‘yishda – 
bazis aktiv qiymatining kamida 10%i miqdorida pul mablag‘larini deponentlash 
(chiqarilgan optsionlar soni, bir optsionagi bazis aktiv qimmatli qog‘ozlari miqdori 
va optsionni ijro etish narxining ko‘paytmasi);
-
qimmatli qog‘ozlarga optsion xaridida (joylashtirish va qayta sotishda) – 
optsion (mukofot) narxidan kelib chiqib 100% miqdorida; 
-
optsion emitenti tomonidan xaridga (koll) optsion ijrosida – talabnomada 
ko‘rsatilgan pul mablag‘lari 100% miqdorida (optsionlar soni, bitta optsiondagi 
qimmatli qog‘ozlar soni va optsionning ijro narxi ko‘paytmasi);
b) qimmatli qog‘ozlarga fyucherslar sotish bo‘yicha savdo maydonchasida: 
-
emitent tomonidan xaridga fyucherslarni sotishda – bazis aktivning 
summasidan kamida 20% miqdorida pul mablag‘larini deponentlash (qimmatli 
qog‘oz birligi narxi, bitta fyuchersdagi qimmatli qog‘ozlar soni va fyucherslar soni 
ko‘paytmasi); 
-
xaridor (oluvchi) tomonidan fyuchersni xarid qilishda (joylashtirish va 
qayta sotishda) – sotuvchi qo‘ygan fyuchers narxidan kelib chiqib, pul mablag‘lari 
100%i miqdorida; 
-
fyuchers xaridori tomonidan sotuvga fyuchers ijrosida (fyuchers emitenti 
tomonidan qimmatli qog‘ozlar yetkazib berishda) – bazis aktivi miqdori bo‘yicha 
talabnomada ko‘rsatilgan pul mablag‘lari 100% miqdorida (fyucherslar soni, bitta 
fyuchersdagi qimmatli qog‘ozlar soni va fyuchersning ijro (yetkazib berish) narxi 


290 
ko‘paytmasi); 
-
fyuchers emitenti tomonidan xaridga fyuchers ijrosida – fyuchers bazis 
aktivining miqdori bo‘yicha talabnomada ko‘rsatilgan pul mablag‘larining 100%i 
miqdorida (fyucherslar soni, bitta fyuchersdagi qimmatli qog‘ozlar soni va 
fyuchersning ijro (yetkazib berish) narxi ko‘paytmasi).
9. Maxsus hisob-kitob shartlari bilan korporativ qimmatli qog‘ozlarni sotish 
sektsiyasi № 9:
 
a) xorijiy valyutaga korporativ qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha savdo 
maydonchasida – qimmatli qog‘ozlar paketini qo‘yish narxidan pul mablag‘larining 
(sotuvchi tomonidan sotuvga talabnomada ko‘rsatilgan valyutada) 100% i 
miqdorida (xarid qilinadigan qimmatli qog‘ozlar soni bilan qo‘yish narxi 
ko‘paytmasi);
b) jismoniy shaxslar uchun korporativ qimmatli qog‘ozlar sotish bo‘yicha 
savdo maydonchasida deponentlash qo‘llanmaydi; 
c) baholash tashkiloti tomonidan oldindan baholanishi lozim bo‘lgan 
qimmatli qog‘ozlar sotish bo‘yicha savdo maydonchasida – deponentlash sanasiga 
korporativ qimmatli qog‘ozlar sotiladigan sonini qo‘yish narxidan kamida 15% 
miqdorida.
Pul mablag‘larini majburiy deponentlash xususiylashtirish jarayonlariga 
xizmat ko‘rsatuvchi Birja Savdo tizimida quyidagi miqdorlarda amalga oshiriladi: 
1. Davlat aksiyalarini sotuv bo‘yicha sektsiya № 10; 
a) davlat aksiyalarini pulini bo‘lib to‘lash shartlarisiz yetkazib berish sharti 
bilan sotish bo‘yicha savdo maydonchasida – xaridor (xaridorning vositachisi) xarid 
qilish niyatida bo‘lgan davlat aksiyalari boshlang‘ich narxining kamida 15%i 
miqdorida;
 
b) davlat aksiyalarini pulini bo‘lib to‘lash shartlarida yetkazib berish sharti 
bilan sotish bo‘yicha savdo maydonchasida – xaridor (xaridorning vositachisi) xarid 
qilish niyatida bo‘lgan davlat aksiyalari boshlang‘ich narxining kamida 15%i 
miqdorida.
 
2. O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik jamiyatlari qo‘shimcha emissiyalari 


291 
aksiyalarini joylashtirish sektsiyasi № 11:
a) aksiyadorlik jamiyatlari qo‘shimcha emissiyalari aksiyalarini pulini bo‘lib 
to‘lash shartlarisiz joylashtirish bo‘yicha savdo maydonchasida (to‘lov bitim 
ro‘yxatga olingan kundan boshlab 5 bank kuni davomida) – xaridor (xaridorning 
vositachisi) xarid qilish niyatida bo‘lgan davlat aksiyalari boshlang‘ich narxining 
kamida 15%i miqdorida; 
b) aksiyadorlik jamiyatlari qo‘shimcha emissiyalari aksiyalarini pulini bo‘lib 
to‘lash shartlari bilan joylashtirish bo‘yicha savdo maydonchasida (to‘lov bitim 
ro‘yxatga olingan kundan emissiya prospektiga muvofiq joylashtirish muddati 
davomida) – xaridor (xaridorning vositachisi) xarid qilish niyatida bo‘lgan davlat 
aksiyalari boshlang‘ich narxining kamida 15%i miqdorida.
3. Investitsiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan davlat aksiyalarini 
sotish sektsiyasi № 12: 
a) 10 bank kuniga teng to‘lov muddati va investitsiya majburiyatlarini qabul 
qilish sharti bilan kechiktirilgan to‘lovsiz davlat aksiyalarini sotish bo‘yicha savdo 
maydonchasida – xaridor (xaridorning vositachisi) xarid qilish niyatida bo‘lgan 
davlat aksiyalari boshlang‘ich narxining kamida 15%i miqdorida; 
b) 2 yilga teng to‘lov muddati va investitsiya majburiyatlarini qabul qilish 
sharti bilan kechiktirilgan to‘lovsiz davlat aksiyalarini sotish bo‘yicha savdo 
maydonchasida – xaridor (xaridorning vositachisi) xarid qilish niyatida bo‘lgan 
davlat aksiyalari boshlang‘ich narxining kamida 15%i miqdorida. 
Quyidagi savdo maydonchalari bo‘yicha, konkursli savdolar va to‘g‘ridan-
to‘g‘ri muzokaralar natijalari bo‘yicha bitimlarni ro‘yxatga olishsektsiyasi: 
a) Davlat tender komissiyasi (DTK) tomonidan o‘tkaziladigan konkursli 
savdolarda tuzilgan bitimlarni ro‘yxatga olish bo‘yicha savdo maydonchasida – 
davlat mulki oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha summaning kamida 15%i miqdorida; 
b) to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar natijalari bo‘yicha tuzilgan davlat aksiyalari 
oldi-sotdi bitimlarini ro‘yxatga olish bo‘yicha savdo maydonchasida – davlat 
aksiyalar paketi oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha summaning kamida 15%i 
miqdorida;


292 
v) davlat aksiyalar paketi oldi-sotdi shartnomasi summasining 15%idan kam 
bo‘lmagan miqdorda texnologik asbob-uskunalar va litsenzion texnologiyalar 
yetkazib berish yo‘li bilan to‘lov shartida davlat aksiyalari oldi-sotdi bitimlarini 
ro‘yxatga olish bo‘yicha savdo maydonchasida – zamonaviy texnologik asbob-
uskunalar yetkazib berish yo‘li bilan to‘lov shartida davlat aksiyalar paketi oldi-sotdi 
shartnomasi summasining kamida 15%i miqdorida. 
Xorijiy valyutani deponentlash, undan qimmatli qog‘ozlar bilan bitimlar 
bo‘yicha hisob-kitoblar uchun, jumladan, davlat aksiyalarini sotishda foydalanish 
tartibi va shartlari ushbu Qoidalar va qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Download 4,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish