Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 4,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/177
Sana14.07.2022
Hajmi4,59 Mb.
#797516
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   177
Bog'liq
Биржа иши дарслик

(Market Value)
hamda garov ta’minoti (
Haircut Ratio) 
koeffitsientini hisobga olgan holda 
kontragentlar o‘rtasidagi muzokaralar natijasiga muvofiq belgilanadi; 
б) repo bitimining ikkinchi bosqichining repo narxi (yopilish bahosi) - bu repo 
bitimi shartlariga muvofiq yillik foiz stavkasi, repo shartlarini hisobga olgan holda 
repo operatsiyasining birinchi bosqichining ochilish narxi. 


281 
7.9. Birjada kliring va hisob-kitobni amalga oshirish tartibi 
Birja Makleriati savdolar yakuni bo‘yicha savdo qatnashchilari tomonidan 
deponentlangan pul mablag‘lari va qimmatli qog‘ozlar haqidagi ma’lumotlar 
asosida Birja HKKPga «T» kuni ro‘yxatga olingan bitimlar reestrini elektron 
shaklda, zarur hollarda esa qog‘oz shaklida taqdim etadi. 
Bitimlar bo‘yicha kliring Birja Makleriati tomonidan Birja HKKPga tuzilgan 
bitimlar berilgan reestrlari asosida amalga oshiriladi. 
Birjada amalga oshirilgan bitimlar bo‘yicha kliring «bitimga bitim» usulida 
amalga oshiriladi, ya’ni kliring har bir bitim bo‘yicha ushbu qimmatli qog‘ozlar 
bo‘yicha boshqa bitimlar bo‘yicha o‘zaro majburiyatlarni hisobga olmasdan amalga 
oshiriladi.
Har bir bitim bo‘yicha kliring Birja HKKPda xaridorning shaxsiy 
hisobvarag‘i «savdolarga bloklangan» bo‘limida birjaga, Markaziy depozitariyga, 
investitsion vositachiga – mijozlarga brokerlik va depozitariy xizmatlari 
ko‘rsatuvchi Birja a’zosiga to‘lanishi lozim bo‘lgan komission yig‘imlarni hisobga 
olgan holda bitim summasini to‘lash uchun etarli bo‘lgan pul mablag‘lari 
mavjudligida va Markaziy depozitariyda sotuvchining savdo hisobvarag‘ida talab 
qilingan miqdorda bloklangan miqdorda qimmatli qog‘ozlar mavjudligida amalga 
oshiriladi.
 
Agar Birja HKKPda xaridorning shaxsiy hisobvarag‘idagi «savdolarga 
bloklangan» bo‘limida pul mablag‘lari miqdori qimmatli qog‘ozlar uchun to‘lanishi 
lozim bo‘lgan to‘liq summadan kam bo‘lsa, bitim bo‘yicha kliring amalga 
oshirilmaydi va bu haqida axborot Birja Makleriati va Markaziy depozitariyga 
etkaziladi. 
Agar Markaziy depozitariy taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, sotuvchi 
deponentlagan qimmatli qog‘ozlar miqdori talab qilingan miqdordan kam bo‘lsa, 
bitim bo‘yicha kliring amalga oshirilmaydi va bu haqida axborot Birja Makleriati va 
Markaziy depozitariyga etkaziladi. 
Agar «T+n» («T+5», «T+10», «T+R1», «T+R2» hisob-kitob kodlari bilan) 


282 
muddat tugashi bilan xaridorning shaxsiy hisobvarag‘idagi pul mablag‘lari bitim 
summasini, shuningdek, Birja, Markaziy Depozitariy, depozitariylar va Birja 
a’zolariga komission mukofotlar to‘liq to‘lash uchun etarli bo‘lmasa, bitim bo‘yicha 
kliring amalga oshirilmaydi va bitim «pul mablag‘lari etarlicha depozitga 
o‘tkazilmagani sababli bloklangan» holatiga o‘tkaziladi.
Bitimni ijro etish imkoni yo‘qligi to‘g‘risidagi axborot bitimni haqiqiy emas 
deb e’lon qilish va aybdor tomonga qonunda nazarda tutilgan javobgarlik choralarini 
qo‘llash uchun Makleriatga va bitim taraflariga uzatiladi. 
Bitmi bo‘yicha kliring o‘tkazilganidan so‘ng Birja HKKP: 
-
Markaziy depozitariy uchun qimmatli qog‘ozlarni bitimda belgilab berilgan 
miqdorda sotuvchining savdo hisobvarag‘idan xaridorning hisobvarag‘iga o‘tkazish 
topshirig‘ini shakllantiradi; 
-
bitim bo‘yicha pul mablag‘lari summasini xaridorning shaxsiy 
hisobvarag‘idan Birja HKKP tranzit hisobvarag‘iga o‘tkazishni amalga oshiradi;
-
xaridor tomonidan va sotuvchi tomonidan, maxsus tranzit hisobvarag‘idan 
Birja, Markaziy depozitariy, Birja a’zolari shaxsiy hisobvaraqlari tarkibida 
«jo‘natishga» bo‘limlariga to‘lanishi lozim bo‘lgan Birjaga, Markaziy depozitariga, 
investitsion vositachi – Birja a’zosiga (mijozga brokerlik va depozitar xizmatlar 
ko‘rsatuvchi) komission mukofot o‘tkazishni amalga oshiradi; 
-
Birja HKKP maxsus tranzit hisobvarag‘ida qolgan pul mablag‘larini Birja 
HKKPda sotuvchining shaxsiy hisobvarag‘iga o‘tkazishni amalga oshiradi. 
Birja HKKP aybi bilan ijro etilmagan topshiriqlar aniqlangan hollarda ijro 
etilmagan topshiriqlar qaytadan shakllantiriladi va takroran ijro etishga topshiriladi. 
Kliring natijalari bo‘yicha Birja HKKP quyidagilarni shakllantiradi: 
-
Birjaning hisob-kitobini yuritadigan bank uchun barcha bitim 
qatnashchilarining shaxsiy hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini Birja HKKP 
hisobvarag‘idan tegishli bankda ushbu egalarning talab qilib olinadigan depozit 
hisobvaraqlariga o‘tkazish topshirig‘i; 
-
bitimlar kliringi haqida hisobot tayyorlash va Birja Makleriati, Markaziy 
depozitariy, Birja a’zolari, Birja HKKP mijozlariga ularning so‘rovi bo‘yicha 


283 
taqdim etish. 
Birjada qimmatli qog‘ozlar bilan kliring operatsiyalari “Toshkent” RFBda 
hisob-kitob-kliring operatsiyalarini o‘tkazish tartibi»ga qat’iy muvofiq amalga 
oshiriladi.

Download 4,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish