I. Qo’ziev
O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i
T.M.Baymuradov
Fanning O’quv-uslubiy majmuasi Toshkent moliya instituti Kengashida ko’rib
chiqilgan va tavsiya qilingan (2019 yil “__” ___dagi “__”-sonli bayonnoma)
4
MUNDARIJA
I O’QUV DASTURI
5
1.Ma’ruzalar matni
6
2.Amaliy mashg’ulotlar bo’yicha o’quv
materiallari
258
3.Laboratoriya mashg’ulotlar bo’yicha
o’quv materiallarilari
333
II MUSTAQIL TA’LIM MATERIALLARI
444
III O’QUV PORTFOLIOSI
452
IV GLOSSARIY
467
V
ILOVALAR
614
1.Fan dasturi
615
2.Ishchi fan dasturi
629
3. Tarqatma materiallari (Interfaol ta’lim
metodlari, keyslar banki )
661
VI TESTLAR
697
VII Talabalar bilimini baholash mezonlari
718
VIII O’quv-uslubiy majmuaning elektron variant
5
I.O’QUV
MATERIALLARI
6
MA’RUZA
BO’YICHA O’QUV
MATERIALLARI
7
1 – MAVZU:”IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA
TEXNOLOGIYALARI” FANINING PREDMETI, VAZIFASI VA
MAQSADI
REJA
:
1.Fannining predmet va vazifalari
2.
Axborot komplekslarining texnik va dasturiy ta’minoti
3. Axborot texnologiyalarining tasnifi.
4. Iqtisodiyot va jamiyatning rivojlanishida axborot texnologiyalarining
ahamiyati.Robototexnika sohasi.
Tayanch so’z va iboralar
:
informatika, elektron hisoblash texnikasi, funktsional
protsessor-
lar, informatikaning usullari va vositalari, mexanik qurilmalar, elektromexanik
ashinalar.
1.Fannining predmet va vazifalari.
Insoniyat harakat va raqobat orqali turmush tarzini rivojlantiradi va yangi-yangi
kashfiyotlarni yaratilishiga sabab bo`ladi. Bu kashfiyotlardan biri – kompyuter
texnikasidir. Azaldan insoniyat o`z ishini osonlashtirish va vaqtni tejash muammolari
bilan shug`ullangan. So`zsiz aytish mumkinki kompyuter XX asrning buyuk
kashfiyotlaridan biri. Davr talabiga ko`ra bugunga kelib kompyuter texnikasi juda
rivojlanib ketdi. Ma`lumotlarni yig`ish, boshqarish, qayta ishlash va uzatish ayniqsa,
hozirgi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Rivojlangan va rivojlanayotgan
davlatlarni hozirgi kunning eng zo`r va ixcham texnologiyasidan foydalanishga
bo`lgan talab kun sayin ortib bormoqda. Chunki butun dunyoda XXI asr – «axborot»
asri deb tan olingan. Axborot asrida katta hajmdagi ma`lumotlar ombori va
axborotlar ustida ishlashga to`g`ri kelmoqda. Jamiyat taraqqiyotini rivojlanishiga,
kunlik ehtiyojga kerakli vositalar (masalan, uyali telefon, DVD player, Flash xotira,
…), yuz berayotgan jadal o`zgarishlar ularning bir qismi bo`lgan «Kompyuter
texnikasi» va «Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari» faniga ham o`z
ta`sirini ko`rsatmoqda. Axborot texnologiyasining rivojlanishi dasturiy va texnik
ta`minotga ham o`z ta`sirini ko`rsatmoqda. Bu ta`sirlar shunchalik kuchliki, yillar
ichida emas, balki oylar ichida o`zgarib va boyib bormoqda. Axborot texnologiyalari
va uning texnik, dasturiy ta`minotini yangi variantlari paydo bo`lishi bu sohadagi
xizmat qilish usulini tubdan o`zgartirishni talab etadi. Eslab ko`ring
1
, kerakli
ma`lumotni tahrirlash, xotiraga yozish, qayta ishlash usullarni amalga oshirish yoki
bir masalani kompyuterda yechib, natija olish uchun algoritmlarni, dasturlash tillari
va ishlash muhitini bilishni talab qilar edi. Bunday ma`lumotga ishlov berish
usullarini faqat mutaxassislargina amalga oshirishni bilardilar. Ammo hozirgi
1
Maktabdagi “Informatika va hisoblash texnikasi asoslari ”predmetining darslari
8
jamiyatni axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilish qiyin. Har bir soha borki, ishlab
chiqarishdan to ta`lim muassasalari, fermerlikkacha axborot texnologiyalari
qolaversa, kompyuter texnikasining imkoniyatidan foydalanib kelinmoqda.
Kompyuterlardan foydalanuvchilar sonining kundan-kunga ko`payishi jamiyat oldida
ma`lum qiyinchiliklarni tug`dirmoqda. Respublikamizda kompyuter savodxonligini
oshirish, jamiyatda kompyuter texnologiyalaridan samarali foydalanish jarayonining
ijobiy kechishi uchun hukumatimiz tomonidan bir qator chora-tadbirlar ishlab
chiqilgan. O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2001
-yil Oliy Majlisning V sessiyasida so`zlagan nutqida axborot texnologiyalari va
kompyuterlarni jamiyat hayotiga, kishilarning turmush tarziga, umumiy o`rta ta`lim
maktablari, o`rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta`lim muassasalari o`quv jarayoniga
jadallik bilan olib kirish g`oyasi ilgari surilgan
2
.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 23 maydagi «2001-
2005- yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish, «Internet»ning
xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini ta`minlash dasturini ishlab chiqishni
tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida»gi 230-sonli
3
, 2002 -yil 30 maydagi
«Kompyuterlashtirishni
yanada
rivojlantirish
va
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish to`g`risida»gi Prezident Farmoni, mazkur Farmonni
amalga oshirish yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-
yil
6
iyundagi
«2002-2010-yillarda
kompyuterlashtirish
va
axborot-
telekommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi» to`g`risidagi Qarori
e`lon qilindi
4
. Ta`lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni chuqurlashtirish
maqsadida
«2008-2012-
yillarda
uzluksiz
ta`lim
tizimini
mazmunan
modernizatsiyalash va ta`lim-tarbiya samaradorligini yangi sifat darajasiga ko`tarish
dasturi»ning 1.7-bandida «Uzluksiz ta`lim tizimi o`quv-laboratoriya va informatika
xonalaridan samarali foydalanishni baholash mezonlarini ishlab chiqish va
amaliyotga joriy etish», 2.9-bandida «Axborot texnologiyalari va kompyuterlar
asosida ta`lim olishning o`quv–metodik majmualarini yaratish va amalga tadbiq
qilish», 3.4-bandida «Fanlar bo`yicha virtual laboratoriyalar tashkil etish» hamda
6.14-bandida «Ta`lim sifati ko`rsatkichlari va mezonlarini takomillashtirish, ta`lim
sifatini hamda o`quvchi-talabalar bilimini baholashning avtomatlashtirilgan nazorat
va boshqaruv tizimini yaratish» kabi ta`lim-tarbiya samaradorligini yangi sifat
darajasiga ko`tarish vazifalari qo`yilgandi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining
2005 -yil 2 iyundagi «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar
tayyorlash tizimini takomillashtirish to`g`risida»gi PQ-91-sonli, 2005-yil 8 iyuldagi
«Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishning qo`shimcha
2
Хalq so’zi. 2001- yil, 15 may. № 94 (2656). 1-sahifa.
3
Хalq so’zi. 2001- yil, 24 may. № 101 (2663). 1-sahifa.
4
Хalq so’zi. 2002 - yil, 1 iyun. № 116 (2944). 1-2-sahifa.
9
chora-tadbirlari to`g`risida»gi PQ-117-sonli, 2005-yil 28 sentyabrdagi «O`zbekiston
Respublikasi jamoat ta`lim axborot tarmog`ini yaratish to`g`risida»gi PQ-191-sonli
Qarorlaridan ko`zda tutilgan asosiy vazifa aholining kompyuter savodxonligini
oshirish hisoblanadi. Ushbu masalani hal etish uchun maktab, litsey, kasb - hunar
kollejlari hamda oliy o`quv yurtlarida kompyuter va axborot texnologiyalari bilan
ishlashga o`rgatish keng ko`lamda yo`lga qo`yilmoqda. Buning uchun, avvalo, bilim
dargohlari zamonaviy kompyuter texnikalarga ega maxsus xonalar bilan bir qatorda
“Inforomatika va axborot texnologiyalari” faniga bo`lgan talab ham ortmoqda.
Axborot texnologiyasi - bu aniq texnik va dasturiy vositalarining majmui bo`lib,
ular yordamida ma`lumotlarni qayta ishlash bilan bog`liq bo`lgan turli xildagi
masalalarni hal etamiz. Informatika keng ma`noda fan, texnika va ishlab chiqarish,
ya`ni
inson
faoliyatining
barcha
sohalarida
axborotni
kompyuter
va
telekommunikatsiya yordamida qayta ishlash, saqlash, uzatish va boshqarish bilan
bog`liq bo`lgan yagona sohadir.
"Axborot
texnologiyalari"
iborasidagi
"texnologiya"
so`zi
lotincha
"thexnos" - san`at, hunar, ustalik, soha va "logos" - fan degan ma`noni bildiradi.
Texnikada yoki ishlab chiqarishda "texnologiya" deganda ma`lum kerakli xom
ashyodan tayyor mahsulotni hosil qilish uchun uslubar, metodlar va vositalar
yig`indisidan foydalanadigan jarayon tushuniladi. Texnologiya ob`yektining
dastlabki, boshlang`ich holatini o`zgartirib, yangi, oldindan belgilangan talabga javob
beradigan holatga keltiradi. Misol uchun undan turli texnologiyalar orqali non,
bo`g`irsoq, tort va boshqa unli mahsulotlarini olish mumkin. Agar boshlang`ich xom
ashyo sifatida axborot olinsa, ushbu axborotga ishlov berish natijasida axborot
mahsulotinigina olish mumkin. Ushbu holda ham "texnologiya" tushunchasining
ma`nosi saqlanib qoladi. Faqat unga "axborot" so`zini qo`shish mumkin. Bu narsa
axborotni qayta ishlash natijasida moddiy mahsulotni emas, balki axborotnigina olish
mumkinligini aniqlab turadi.
Texnologiya - bu sun`iy ob`yektlarni yaratishga yo`naltirilgan jarayonlarni
boshqarishdir. Kerakli jarayonlarni kerakli yo`nalishda borishini ta`minlash uchun
yaratilgan shart-sharoitlar qanchalik yaxshi tashkil etilganligi texnologiyaning
samaradorligini bildiradi. Bu esa tabiiy jarayonlar nafaqat moddaning tarkibi,
tuzilishi va shaklini o`zgartirish maqsadida, balki axborotni qayta ishlash va yangi
axborot hosil qilish maqsadida ham boshqariladi. Shuning uchun axborot
texnologiyasini quyidagicha ta`riflash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |