Sinxron mashinalar ko`pincha yaqqol ko`pinadigan qutbli yoki yaqqol ko`rinmaydi- gan qutbli qilib ishlab chiqariladi: Quvvati nisbatan katta bo`lmagan (100 kVA gacha) bo`l gan o`zgarmas va o`zgaruvchan tok chulg’amlari, ko`pincha o`zaro o`rin almashgan bo`la-di. Iste’molchilar ulanadigan chulg’ami rotorga, uyg’otish chulg’ami esa statorga joylash-tiriladi: Katta quvvatli zamonaviy elektrostantsiyalarda tizim bilan parallel ulanadigan bir necha sinxron generatorlar ishlatiladi: Masalan Toshkent GRES ida har birining quvvati 160 mVA ga teng bo`lgan 12 ta turbogenerator o`rnatilgan. Asosiy sanoat rayonlarida bir necha elektrostantsiyalarni o`zaro birlashtirilib, yirik energetik tizimlar tashkil etiladi: Chu nonchi, O`rta Osiyo enegotizimi O`zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Qozog’iston, Qir-g’izistondagi barcha sanoat korxonalarini elektr energiyasi bilan ta`minlaydigan elektros-tantsiyalarni o`ziga birlashtirgan:
Shuning uchun sinxron generatorlarning yagona energo-tizimga birlashib ishlay olishi oddiy ish rejimi hisoblanadi. Sinxron generatorlarni parallel ulanganida ularni avariyasiz holda barqaror ishlashi uchun ba`zi mahsus shartlarni baja-rish talab etiladi: Birinchidan generator tarmoqqa ulanganida tokning keskin ortib ketishi-ga yo`l qo`ymaslik kerak: Aks holda tizimning avtomatik himoya vositalarini yolg’ondan ishlab ketishiga sabab bo`ladi va generator yoki bilamchi dvigatelni ishdan to`htab qolishiga sabab bo`ladi. Boshqa generatorlar elektr energiyasi bilan ta`minlayotgan uch fazali tarmoqqa yana boshqa generatorni ulash uchun quyidagi tartibga rioya qilish kerak. Tarmoq bilan parallel ishlashga ulanayotgan generator EYuK sining oniy qiymati ulana-yotgan vaqt da manbaaa kuchlanishining oniy qimati bilan teng bo`lishi kerak:
Buni esa quyidagi uch shart bilan amalga oshirish mumkin. a) manbaaa kuchlanishi va generatorni EYuK sini ampledudasi yoki effektiv qiymatlari o`zaro teng bo`lishi kerak. Um=Ug. b) ularning chastotalari o`zaro teng bo`lishi kerak. ((Wm=Wg) fm=fg . s) Um va Eg vektorlari faza jixatidan mos tushganda boshlang’ich faza-larining teng bo`lishi m=g dir. Bundan tashqari uch fazali generatorda tarmoq bilan ge-nerator uchun fazalar almashinishi tartibini moslashtirish kerak Maskur barcha talablarni bajarilishi sinxronlash deyiladi: Uni printsipial sxemasi quyida keltirilgan. Ulanayotgan generatorni sinxronlashtirish quyidagicha amalga oshiriladi. Bir-lamchi dvigatel yordamida generator tahminan sinxron tezlikkacha aylantiriladi. Bu ish rostlash reostati yordamida amalga oshiriladi, uni EYuK si shunday o`zgartiriladiki, bunda generator qismlari o`rnatilgan volg’tmetr manbaa qiymatiga teng kuchlanishni ko`rsatadi.