Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv о‘quv jarayoni ishtirokchilarning psixologik birligi va о‘zaro munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning о‘z-о‘zini faollashtirishi va о‘z-о‘zini kо‘rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.
Ekоlоgiya-оrgаnizmni аtrоf muhit bilаn o’zаrо tа’siri qоnuniyatlаrini o’rgаnаdi.
Elеktr хаvfsizligi-kishilаrni elеktr tоki, elеktr yoyi, elеktrmаgnit mаydоnining zаrаrli vа хаvfli tа’siridаn muhоfаzа qilishni tа’minlаydigаn tаshkiliy vа tехnik chоrа-tаdbirlаr sistеmаsi.
Faoliyatga yо‘naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, о‘quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yо‘naltirilgan ta’limni ifodalaydi.
Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratlilik, tenglik, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi о‘rtasidagi subyektiv munosabatlarda hamkorlikni, maqsad va faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |