Аdаbiyotlаr (3, 4, 5, 8)
Tаyanch so’zlаr: Fаvqulоddа vаziyat, yashirin хаvf, pаtеntsiаl хаvf, tаbiiy оfаt, tехnоgеn, аntrоpоgеn, lоkаl, rеgiоnаl, glоbаl, hаlоkаt, epidеmiya.
Nаzоrаt sаvоllаri
1. Favqulоddа hоlаt nimа? 2. Fаvqulоddа hоlаtlаr qаndаy ko’rinishlаrgа bo’linаdi?
3. Tаbiiy fаvqulоddа hоlаtlаrgа misоllаr kеltiring? 4. Tехnоgеn hаlоkаtlаr nimа?
5. Ekоlоgik fаvqulоddа hоlаt nimа? 6. Хаvf nimа vа ulаr qаndаy ko’rinishlаrdа bo’lаdi?
7. Qаndаy fаvqulоddа hоlаtlаr rеgiоnаl bo’lаdi? 8. Glоbаl fаvqulоddа hоlаtlаrni tushuntiring?
8- Mavzu:Tabiiy ofatlar va ularning oqibatlari
Reja:
8.1 Gеоlоgik fаvqulоddа hоlаtlаr.
8.2 Mеtеоrоlоgik fаvqulоddа hоlаtlаr.
8.3 Biоlоgik fаvqulоddа hоlаtlаr.
8.1 Gеоlоgik fаvqulоddа hоlаtlаrgа – vulqоnlаr оtilishi vа yer qimirlаshlаri kirаdi. Yer qimirlаshi – eng хаvfli vа vаyrоn qiluvchi fаvqulоddа hоlаtdir. Tabiiy ofatlar ichida eng xavflisi va dahshatlisi bu – yer silkinishidir.. Yer silkinishi – yer osti zarbasi va yer usti qatlamining tebranishi bo‘lib, tabiiy ofatlar, texnologik jarayonlar tufayli yuzaga keladi.Yer ostki zarbasining paydo bo‘lishi ochogi, yerning ostki qatlamidagi uzoq vaqt yigilib qolgan energiyaning ozod bolish jarayoni tufayli yuzaga keladi. Ochoqning ichki qismi markazi gipomarkaz, yerni ustki qismidagi markaz epimarkaz deyiladi. Yer silkinishi yuzaga kelish sabablariga kora quyidagi guruhlarga bolinadi:
Tektonik zilzilalar;
Vulqon zilzilalari;
Agdarilish, opirilish zilzilalari;
Texnogen (insonning muxandislik faoliyati bilan bogliq) zilzilalar.
Yuqorida qayd etilgan yer silkinish turlari ichida katta maydonga tarqaladigani va eng kop talofot keltiradigani tektonik yer silkinishidir. Bunday yer silkinishlar haqida gap ketganda litosfera oramlarida boladigan harakat (tektonik kuchlar) tushuniladi. Qiya sathlarida tog jinslarining katta bolaklarini agdarilishi yoki toglarning opirilishi natijasida yuzaga keluvchi yer silkinishlar agdarilish zilzilalari deyiladi.
Vulqon jarayoni, yani yer ostidagi magmani vulqon kanali orqali yer yuzasiga chiqishi bilan bogliq bolgan yer silkinishiga vulqoniy yer silkinishi deb ataladi. Bunday yer silkinish vulqonning faollashuvi bilan bogliq bolganligi sababli, kop hollarda aniq bashorat qilinadi. Bunday yer silkinishlarining talofati unchalik kuchli bolmaydi.
Insonning muxandislik faoliyati bilan bogliq bolgan yer silkinishlar, yirik suv omborlari vujudga kelgan xududlarda, neft, gaz mahsulotlarining yer ostidan sorib olinishi jarayoni amalga oshgan maydonlarda yuz bermoqda.
Malumki, har yili planetamizda 100 000 dan ortiq yer silkinishlarini seysmik asboblar(seysmogarflar) qayd etadi. Bulardan 100 tasi vayron qiluvchi fojiali bolib, imorat va inshoatlarning bozilishiga, yer yuzida yoriqlarning paydo bolishiga, minglab insonlarning yostigining qurishiga olib keladi.
Yer silkinishi ochogi gipomarkazning joylashgan chuqurligi bo‘yicha: yuza− 70 km gacha, o‘rta− 70−300 km, chuqur−300 km dan pastda “mantiya” qatlamida vujudga keladigan xillarini ajratish mumkin. Respublikamizda kuzatiladigan zilzilalarning o‘chog‘i asosan 70 km gacha chuqurlikda joylashganini qayd etish mumkin. Mantiyada katta bosim yoki portlashlar tufayli zilzila ochogi vujudga keladi, natijada katta kuchlanishlar paydo boladi, bular oznavbatida yerning ustki qatlamining tebranishiga olib keladi. Gipomarkazdan hamma tarafga qaytarseysmik tolqinlar tarqaladi, ular asosan, uzunasiga va ko‘ndalang turlarga bo‘linadi. Yer ostidan uzunasiga tarqalayotgan (vertikal tarzda) o‘z yo‘nalishi bo‘yicha navbatma−navbat yer po‘stlog‘ini siqib, yer yuzasiga chiqqanda tovush chiqaradi. Bu esa yer silkinish oldidin chiqadigan tovushning ozginasidir. Tovushning past va balandligi yer qimirlashining kuchiga bogliq. Kondalang tolqinlar (gorizantal) yer yuzasiga chiqib, zilzila tolqinlarini vujudga keltiradi va epimarkazning barcha taraflariga tarqaladilar.
_
Yer qimirlashning asosiy korsatkichlari yer silkinish ochogining chuqurligi, silkinish amplitudasi va yer silkinishining intensiv energiyasiga bogliq. Zilzila kuchi ikki olchov birligida, ballarda va magnitudada olchanadi.
Ball yer yuzasining tebranma harakat darajasini korsatadi. Silkinish kochini ballarda ballarda olchashda seysmograflardan foydalanib, tog jinsi zarrachalarining tebranma harakat tezligi topiladi, yani yozib olingan seysmogarmmalar orqali zarrachalarning tebranish amplitudasi aniqlanadi va shu asosda seysmik tolqin tezlanishi quyidagi formula orqali chiqarish mumkin.
α = A;
α—seysmik to‘lqin tezlanishi, m/c²;
T− seysmik tebranish davri, s;
A – tog‘ jinsi tezlanish amplitudasi, mm;
𝞹− 3,14.
Rossiya FA tomonidan kiritilgan 12 ballik shkala bo‘yicha barcha MDH da qo‘llaniladi. O‘zbekistonda MSK ( Medvedyev, Shponxoyer va Karnik) nomi bilan olchanadi.
Rixter shkalasi boyicha Magnituda (M) hisoblanadi. 1935 yil Amerika seysmologi Ch.Rixter nomiga qoyilgan. Magnituda yer silkinishining umumiy enargiyasini korsatib, u yerning maksimal surilishamplitudasini logarifmini belgilaydi va mikronlarda aniqlanadi. Magnituda gipotsentrdan ajralib chiqqan energiyaga proporsional kattalik hisoblanib, uning maksimal qiymati 9M gacha boladi.
Yer silkinishining umumiy energiya miqdori quyidagi formula bilan topiladi:
Е=𝞹²·ʕ·υ〔〕²;
Bu yerda;
ʕ−yer silkinishining gipotsentrdagi mavjud tog‘ jinslarining zichligi, g/sm²;
υ – tog‘ jinslarida seysmik to‘lqinlarining tarqalish tezligi, m/soniya;
А− tog‘ jinsi zarrachasi tezlanish amplitudasi, mm;
T – seysmik tebranish davri, soniya.
Bu energiyaning (YE) miqdori shunchalik kattaki, yuz ming vodorod bombasini portlatish oqibatida ajraladigan energiya quvvatiga teng kelishi mumkin.
Yer qimirlаgаndа аtrоfni o’rаb turgаn fаzоdа sеysmik zаrb kuzаtilаdi, vulqоnlаr оtilishi, tsunаmilаr pаydо bo’lishi, tоg’ qаtlаmlаrini so’rilishi, qоr vа muzliklаrni ko’chishi vа bоshqа hоdisаlаr ro’y berishi mumkin. Yer yuzаsidаgi yer qimirlаsh kuchini bаll оrqаli ifоdаlаsh, uning ob’yektga tа’sirini esа yer qimirlаshning intеnsivligi sifаtidа qаbul qilingаn. Yer qimirlаsh kuchi 1 dаn 4 bаllgаchа bo’lgаndа binоlаr vа inshооtlаrgа zаrаr еtmаydi, yer yuzаsidа vа suvlаrdа o’zgаrishlаr kuzаtilmаydi.
Zilzila kuchinn aniqlash shkalasi (ballarda).
I. Sezilmaydigan zilzilalar. Yer tebranishining kuchi insonlar sezadigan darajaga yetmaydi. Uni faqat tebranishni qayd qiluvchi maxsus asboblar - seysmograflar yordamida qayd qilish mumkin.
II. Zorga seziluvchi zilzilalar. Zilzila kuchini binoning ichida harakatsiz holatda bolgan, ayniqsa yuqori qavatlarda bolgan ayrim insonlar sezishi mumkin.
III. Yerning kuchsiz tebranishi. Zilzilani bino ichida bolgan insonlarning ayrimlari, ochiq joyda bolganlardan faqat tinch holatda turganlari sezadi. Tebranish goyo malum masofadan yuk mashinasi otgandek tuyuladi. Sinchkov kuzatuvchi osma holatda bolgan buyumlarning yengil tebranishini ilgab oladi, binolarning yuqori qavatlarida tebranish nisbatai kuchliroq boladi.
IV. Sezilarli tebranish. Bino ichida bolgan insonlarning aksariyat qismi, ochiq joydagilarning ozchiligi sezadi. Bazan uyqudagilar ham uygonadi. Uy derazalari, eshiklar, idishlar yengil zirillaydi. Osma holatda bolgan anjomlar tebranadi. Idishlardagi suyuqliklarda chayqalish paydo boladi. Toxtab turgan avtotransportdagilar ham zilzilani sezishi mumkin.
V. Uygonib ketish. Zilzilani bino ichidagi insonlarning hammasi sezadi. Uyqudagilarning aksariyat qismi korquv aralash uygonadi. Ayrimlar zudlik bilan kochaga otiladi. Hayvonlar bezovta boladi. Osma soatlar toxtab koladi. Mustahkam asosga ega bolmagan ayrim buyumlar yiqiladi yoki suriladi. Yaxshi mahkamlanmagan eshik va derazalar ochilib-yopiladi. Idishlardagi suyuqliklar kuchli chayqaladi, qisman tokiladi.
VI. Qorquv bosish. Zilzilani bino ichidagi va ochik joydagi insonlarning hammasi sezadi. Kopchilikni qorquv bosadi va uydan tashqariga qochib chiqishadi. Harakatdagilar muvozanatini yoqotadi. Hayvonlarda bezovtalik kuchayadi. Bazan shisha buyumlar sinishi mumkin, javondagi kitoblar tushib ketadi. Ogir mebellar suriladi.
VII. Binolar shikastlanadi. Kopchilik insonlarda qattiq qorquv paydo boladi. Avtomobil boshqarayotganlar ham sezadi. Tepalik va tog oldi zonalarida kochki, opirilish boladi. Suv yuzida tolqinlar paydo bolib loyqalanadi. Quduq suvlari sathi, mikdori ozgarishi kuzatiladi. Yer osti suvlari sizib chiqish hollari boladi.
VIII. Binolarning kuchli shikastlanishi. Insonlarni qorquv va sarosima bosadi. Daraxt shoxlari sinadi, tuprokda bir necha santimetrli darzliklar paydo boladi. Yangi suv havzalari paydo boladi. Quvurlar payvandlangan joylaridan uzilib ketadi. Haykallar va yodgorliklar joyidan siljiydi. Yer osti suvi harakati keskin ozgaradi. Yangi buloqlar paydo boladi.
IX. Binolarning batamoi shikastlanishi. Aholining hammasini vahima bosadi. Hayvonlar kuchli ovoz chiqarib, betartib harakat kiladi. Yer osti quvurlari uziladi, temir yollar qiyshayadi, suv inshootlari shikastlanadi. Tuproqda 10 sm. gacha darzliklar paydo boladi. Qoyalar qulaydi, kochkilar yuzaga keladi. Haykallar, ustunlar yiqiladi.
X. Inshootlarning batamom buzilishi. Suv omborlari, togonlar, kopriklarda buzilish boladi. Yer yuzasi yoriladi, tolqinsimon past-balandliklar paydo boladi. Yer osti inshootlari buziladi. Qoyalarda tosh kochishi yuzaga keladi. Kanal, kol va daryolarda suvlar kuchli chayqaladi, yangi suv havzalari paydo boladi.
XI. Talafot. Puxta qurilgan inshootlar: kopriklar, uylar, togonlar, temir yollar jiddiy shikastlanadi. Yer yuzasida keng yoriqlar, uzilish, siljish kabi deformatsiyalanish kuzatiladi. Tog oldi zonalarida kuchli kochkilar yuzaga keladi.
XII. Yer relyefinnng ozgarishi. Barcha yer usti va osti inshootlari toliq shikastlanadi. Yoriqlar paydo bolib, relyef butkul ozgaradi. Daryo ozanlari ozgaradi. Yirik tog kochkilari boladi. Yangi kollar paydo boladi.
Respublikamiz hududida yuzaga kelayotgan yer kochkilarining asosiy sababi gidrometeorologik sharoit bilan bogliqdir. Shu sababli bu jarayon mavsumiy xususiyatta ega, yani atmosfera yoginlari qanchalik kop bolsa, yer kochishi xavfi shunchalik yuqori boladi.
Yer kochishi - yer yuzasi bolagining yonbagir boyicha gravitatsiya kuchi tasirida surilishi, siljishiga aytiladi.
Markaziy Osiyodagi yer kochishi shakl va kolami bilan ajralib turadi. Ular lyoss qatlamlarida tarqalgan bolib, yer ostiga shimilayotgan atmosfera yoginlari malum chuqurlikkacha borib, suv otkazmas qatlamga yetgach yonbagir boylab oqadi. Siljish yuzasi ustida turgan yer massasiga gravitatsiya (tortishish) kuchi tasir qilishi oqibatida yonbagirda tik qoya hosil qilib uzilish paydo boladi va uzilgan bolak pastga siljiy boshlaydi. Harakatdagi jinslarning hajmi bir necha on mln. m3 larda boladi. Yer kochishi yonbagirning qiyaligiga, tog jinsi tarkibiga, atmosfera yoginlari miqdoriga boglik holda rivojlanadi. Yonbagir qiyaligi qanchalik katta bolsa kochkining tezligi shunchalik katta boladi. Kop holatlarda kochki ekzogen jarayonlardan sel, jarlanish, chokish hodisalari bilan uygunlashib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |