O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti ter


Ishlab chiqarishdagi jaroxatlanishlarni taxlil qilish uslublari



Download 15,38 Mb.
bet157/331
Sana21.01.2022
Hajmi15,38 Mb.
#394014
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   331
Bog'liq
2 5341398900433490623

Ishlab chiqarishdagi jaroxatlanishlarni taxlil qilish uslublari.
Ishlab chiqarishdagi jarohatlarni taxlil qilishdan maqsad, havfli yoki zararli ishlab chiqarish omillarini va baxtsiz hodisalarning vujudga kelishini aniqlash hamda ularning oldini olishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqishdan iboratdir. Ishlab chiqarishda jarohatlanishni o’rganish va taxlil qilishda statistik, topografik, monografik, ergonomik va iqtisodiy usullar qo’llaniladi. Bu usullarning har biri mehnat sharoitini yaxshilashga va havfsizlikni ta’minlashga doir tor doiradagi masalalarni ko’rib chiqish va xal qilishga yo’naltirilgan. Jaroxatlanishni o’rganishning statistik usuli eng ko’p tarqalgan. Bu usul baxtsiz hodisani tekshirish paytida N-1 shaklli dalolatnomadagi baxtsiz xodisalarni tavsiflovchi ma’lumotlarga asoslanadi. Shu usulga ko’ra barcha baxtsiz hodisalar alohida belgilari: jarohatlanganlarning yoshi, kasbi, jinsi, bajaradigan ishiga qarab guruhlarga ajratiladi. Bu usul kasblar, yosh va boshqa ko’rsatkichlar qanchalik havfli ekanligini aniqlashga, shuningdek, jarohatlanishning oldini olishga doir chora-tadbirlar ko’rishga imkon beradi. Ushbu usul orqali jaroxatlanishning quyidagi asosiy nisbiy ko’rsatkichlari: tez-tez takrorlanish koeffitsienti K va og’irlik koeffitsienti K0, ish vaqtining yo’qotilishi Ky va o’lim sonini ko’rsatuvchi koeffitsenti K orqali jarohatlanish darajasini aniqlash mumkin. Taxlilga kirishishdan oldin boshlang’ich hujjatlarni tekshirish va tayyorlash lozim. Dastlab ishlab chiqarish to’liq hisobga olinganligi aniqlanadi. Buning uchun baxtsiz hodisalarni tekshirish tavsifnomalari buxgalteriyadagi mehnatga layoqatsizlik varaqalari bilan taqqoslanadi. Bu varaqalarda ko’rsatilgan tashxislar bilan tanishish korxonada jarohatlanishlarini yashirish hollari bo’lgan-bo’lmaganligini aniqlashga imkon beradi. Shundan keyin tavsifnomalarda bayon qilingan hodisalarning to’g’riligiga ishonch xosil qilinadi, shubxa tug’dirgan yozuvlar baxtsiz hodisa ro’y bergan joyda tekshirib ko’riladi. Shuni nazarda tutish kerakki, ayrim punktlarni noto’g’ri yoki noaniq to’ldirish, noto’g’ri xulosalar chiqarishga va buning oqibatida baxtsiz xodisa sabablarini yo’qotishga olib keladi. Jarohatlanishlarning tez-tez takrorlanish koeffitsienti,

KT =100T1 / P (1).

Bu erda: T - tekshirilayotgan davr ichida jarohatlanganlar soni; R- shu davr oralig’ida ishlagan ishchilarning o’rtacha soni. Lekin jarohatlanishlarni tez-tez takrorlanish koeffitsienti olingan jarohatning og’ir-engilligini ko’rsatmaydi. Bir korxonada baxtsiz hodisalarning aksariyatida engil jarohat olgan va mehnat qobiliyatini yo’qotgan kishi kunlar soni eng kam, boshqa korxonada esa baxtsiz xodisalarda asosan og’ir jarohat olgan eng ko’p bo’lishi mumkin. Jarohatlanish darajasiga baho berishda bularni, albatta e’tiborga olish kerak. SHu maqsadlarda jarohatlanishning og’irlik koeffitsienti ko’rsatkichi qo’llaniladi, u bir baxtsiz hodisaga qancha mehnat qobiliyati yo’qotilganligini ko’rsatadi.

Jarohatlanishlarning og’irlik koeffitsienti Kog’ hisobot davridagi ishga yaroqsiz kunlar sonini tekshirilayotgan davr ichida jarahatlanganlar soniga nisbati bilan aniqlanadi.

Kog’= Dy/ T (1.1)

Bu erda: Dy- hisobot davridagi ishga yaroqsiz kunlar soni.

Ish vaqtini yo’qotish koeffitsenti KY 1000 kishi hisobiga hisob-kitob qilinadi va quyidagicha aniqlanadi.


Ky =1000 Dy/P (1.2)

O’lim miqdorini ko’rsatuvchi koeffitsenti Ko’ o’zicha o’lim bilan tugagan xodisalarning I sonini 10 ga ko’paytmasini o’rtacha ishchilar soniga nisbatidir.

K= 10 Io' / P (1.3)



Topografik usulda baxtsiz hodisa sodir bo’lgan joy aniqlanadi. Buning uchun korxonaning bosh rejasida baxtsiz hodisa sodir bo’lgan joy shartli belgi bilan belgilanadi. Bunda baxtsiz hodisalar tez takrorlanadigan joylar yaqqol ko’zga tashlanadi, bu esa ularning sodir bo’lish sabablarini yo’qotishga doir shoshilinch choralar ko’rishga imkon beradi.

Monografik usulda aniq ish joyi, uchastka, uskuna, mashina, mexanizm yoki texnologik jarayonda yuzaga kelgan havfli yoki zararli ishlab chiqarish omillari taxlil qilinadi. Bu usuldan foydalanib, baxtsiz hodisa sodir bo’lgandagi barcha holatlarni (ish joyidagi mikroiqlim, shovqin, titrash va boshqalar) chuqur o’rganiladi.

Ergonomik usulda - mehnat turlarining o’ziga xos tomonlari ergonomik omillarning (mashina, mexanizmning boshqarish organlarida zo’riqish, ishchining ish bajarayotgandagi xolati va boshqalar) mehnat havfsizligiga ta’sir darajasi baholanadi.

Iqtisodiy usulda ishlab chiqarishdagi jarohatlanishdan keltirilgan iqtisodiy zarar, shuningdek mehnat havfsizligi chora-tadbirlariga sarflangan mablag’larning to’g’ri taqsimlanganligi baxtsiz hodisalarning oldini olishga ketgan harajatlarning samaradorligi aniqlanadi. Jarohatlanish darajasi korxonaning iqtisodiga ta’sirini baholashda jarohatlanish bilan bog’liq harajatlar, shuningdek sifatsiz mahsulotlar va mehnat unumdorligining pasayishidan qo’rilgan zararlar va boshqa harajatlar e’tiborga olinadi.



Download 15,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish