2. Mutaxassislik fanlarini o‘qitishning predmeti, vazifalari.
Bugungi kunda raqobatga kirisha oladigan, o‘z sohasini zamon talablari asosida biladigan mutaxassislarni tayyorlash davr talabi hisoblanadi. Zamonaviy mutaxassis o‘z kasbining bilimdoni, uni kelajakda yuksaltira oladigan va bu bilan o‘zi ham ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni rivojlantira oladigan shaxs bo‘lishi lozim.
Ta'lim tizimi oldida turgan dolzarb vazifalardan biri har tomonlama yetuk mutaxassislarni tayyorlash, ularda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan keng foydalanish malakalarini shakllantirish hisoblanadi. Ta'lim muassasalarida malakali mutaxassislar tayyorlash sifati ko‘p jihatdan mutaxassislik fanlarini samarali o‘qitish bilan belgilanadi.
Mutaxassislik fanlari mazmuni muayyan yo‘nalish yoki ixtisoslikning tavsifiga mos tushishi, ya'ni ta'lim oluvchining egallaydigan kasbi bo‘yicha bajariladigan faoliyat usullarini o‘zida qamrab olishi kerak.
Mutaxassislik fanlari muayyan mutaxassislik bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni, o‘quv va ko‘nikmalarni shakllantirishi; mutaxassislik bo‘yicha bilimlar bazasini yaratish, jamlash va ulardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishi; mutaxassisligi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish, kasb faoliyatining ko‘zlangan natijalariga erishishda jarayonlarni modellashtirish va tizimli yondashish borasidagi ilmiy bilimlar, amaliy o‘quv va ko‘nikmalarni ta'minlashi kerak. Maktabgacha ta'lim bakalavr yo‘nalishida umumiy psixologiya, umumiy pedagogika, maktabgacha ta'limning me'yoriy asoslari, bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi, ona tili va bolalar adabiyoti, bolalarni nutqini o‘stirish, matematik tasavvurlarni shakllantirish, bolalar jismoniy tarbiyasi, tabiat bilan tanishtirish, tasviriy faoliyatga o‘rgatish, bolalarning musiqiy ta'limi, maktabgacha ta'limda boshqaruv va menejment, bolalarning ijtimoiy moslashuvi, metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasi, maktabgacha pedagogika, bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish kabi fanlar umumkasbiy va ixtisoslik fanlari sifatida belgilangan. Metodika deganda ilmiy bilish faoliyatining shakllari va metodlari majmui haqidagi fan tushuniladi. Bu — nazariy jihatdan qo‘yilgan maqsadga yetish, haqiqatni, reallikni, faoliyatni nazariy yoki amaliy bilish, o‘rganishning usullari yoki operatsiyalari majmuidir.
Metodika pedagogikaning tarkibiy qismi bo’lib, insoni shakllantirishda muayyan maqsad sari qaratilgan sistematik faoliyat to’g’risidagi hamda ta'lim-tarbiya berishning mazmuni, shakli va metodlari haqidagi fandir.
Metodika - muayyan voqea, hodisa va faoliyatga tegishli, qat’iy ketma-ketlikka (algoritmik xarakterga), ilgaridan o‘rnatilgan reja (qoida), tizimga aniq rioya qilish. Metodika biror vazifani maqsadga muvofiq ravishda bajarish, o‘tkazish usullari, yo‘llari majmuasidir.
“Metodika” tushunchasi turli fanlarni o‘qitish bilan ham bog‘liklikda qo‘llanilib, ma’lum sohani o‘qitish jarayoni, mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillari, shakl, metod va vositalari yig‘indisini o‘zida ifoda etadi. Pedagog olim A.M.Stolyarenkoning fikricha, “O‘quv fanlarini o‘qitish metodikasi ma’lum bir pedagogik vazifalarni hal etish bilan bog‘liq metod, metodik usullar,vosita va tashkiliy chora-tadbirlar majmuidir”.G.M.Kodjaspirova,
Do'stlaringiz bilan baham: |