Amaliy mashg’ulotlarni o’tkazish texnologiyasi
Amaliy mashg’ulotlar o’kuvchi-talabalarni biror-bir mavzu bo’yicha bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlash uchun o’tkaziladi.
Amaliy mashg’ulotlar-pedagogikadagi mustaqil ta’lim shaklidir. Amaliy mashg’ulotlarni o’ziga xos xususiyatlari shundaki quyiladigan vazifa, o’qituvchi va o’quvchi faoliyatini tashkil etishni birgalikda amalga oshirishni ko’zda tutadi.
Amaliy mashg’ulotlarda tor doiradagi amaliy xarakterga ega bo’lgan masalalar hal etiladi.
O’qituvchi amaliy mashg’ulotlarda o’quvchilar faoliyatini tashkil etish, ularga topshiriqlarni bajarishga yordam berishdan iborat bo’ladi.
Amaliy mashg’ulotlarda o’quvchilarni tashkil etishning frontal, guruhli, yakka qolda, juftli ishlash shakllaridan foydalaniladi. Bu esa o’qituvchiga alohida o’quvchilarda turli malaka va ko’nikmalarni mustahkamlashga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |