1.Ta’lim jarayonida metodlaning pedagogik moxiyati.
Maktabgacha ta’lim yo‘nalishida o‘qitiladigan fanlar bo‘lajak o‘qituvchilarga shu fanlar haqida ma’lumot berib mazkur kasbga tayyorlaydi. Bu ta’lim jarayonida amalga oshadi. Ma’lumki, ta’lim ikki yoqlama jarayon bo‘lib, ta’lim beruvchilar va o‘quvchilar faoliyatini qamrab oladi. Bu jarayonning samarali bo‘lishi ko‘p jihatdan ta’lim beruvchilar bilan ta’lim oluvchilar faoliyatining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishi bilan tasvirlanadi. Bu yo‘lni pedagogika fanida o‘qitish metodlari deb atash va nomlash qabul qilingan. Chunonchi o‘qitish metodlarini faoliyatni amalga oshirish yo‘li bo‘lib, u ko‘zlangan maqsadga erishishiga olib boradi.
Darhaqiqat, “Metod” yunoncha “metodos” so‘zidan olingan bo‘lib, “tadqiqot yo‘li”, “usul” kabi ma’nolarni anglatadi va maqsadga erishish uchun ta’lim beruvchi bilan ta’lim oluvchining o‘zaro ta’limiy muloqotlarini, tadqiqotlari amalga oshirish uchun xizmat qiladi.
Ta’lim jarayonining muvaffaqiyati uning shakligagina emas, balki qo‘Ilanilayotgan metodlar samaradorligiga ham bog'liqdir. Ta’lim nazariyasida o’qitish (ta’lim) metodlari markaziy o‘rin egallaydi.
Metodlar haqidagi fan metodologiya deb ataladi. Fanda nazariy va amaliy metodlar mavjud.Ta’lim jarayonidagi ma’lum bir maqsadni amalga oshirishga. qaratilgan faoliyatning turlicha bolishi yangidan-yangi usullarni metodlarni keltirib chiqaradi. Metod tanlashda, albatta, aynri o‘quv predmetlarini o‘ziga xos xususiyatlariga amal qilinmogi lozim. Shu bilan birga ta’lim jarayonida ko'pchilik o'quv predmetlarini o'qitishda qo'llanilishi mumkm bo'lgan umumiy o'kitish metodlari bilan birga ayrim o‘quv predmetlarini o'qitishda qoilanilgan o'ziga xos xususiy metodlar va metodik yondashuvlar ham bor. Ayrim predmetlarni o'qitishda qo'llaniladigan xususiy metodlar umumiy o'qitish metodlari bilan mustahkam bogliqdir.Ta’lim metodlari o'qitishning o'z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishish usullarini hamda o'quv materialini nazariy va amaliy yo'naltirish yo'llarini anglatadi.O‘qtish metodlari ta’lim jarayonida o'qituvchi vao'quvchi faoliyatining qanday bo'lishi, o'qitish jarayonini qanday tashkil etish va olib borish kerakligini hamda shu jarayonda o'quvchilar qanday ish harakatlarini bajarishlari kerakligini belgilab beradi.Ta’lim metodi o'qituvchi bilan o'quvchilarning o'qish vazifalarini bajanshga qaratilgan nazariy va amaliy bilish faoliyati yo'lidir.O'qituvchi insoniyat tajribasida to'plangan bilimlar bilan hali bu bilimlarga ega bo'lmagan bolaning ongi o'rtasida vositachilik rolini o'naydi.
Bola ljtimoiy-tarixiy tajribadagi barcha bilim boyliklarni ta’lim olmasdan, o'qituvchisiz, mustaqil holda o’zi tizimli tarzda o'zlashtira olmaydi. O’qituvchining eng katta xizmati o'quv materialini o'zlashtinshning muayyan yo'l, usul va priyomlarini belgilashda namoyon bo'ladi.
Ta’lim metodi o'quv materialini bayon qilishga va uni bolalar yaxshi bilib olishga qaratilgan faoliyatning yo'li, usulidir. Ta’lim jarayoni va natijalarnio’qituvchining o‘quvchilar bilish faoliyati harakatini belgilovchi ish usulariga bog‘liqdir. Shu sababli doimo pedagogikada ta’lim metodlariga o‘qituvchining ish usuliari va o‘quvchilarning bilish faoliyati usullari deb qaraladiki, bu usullarning har lkkalasi ham o’quv vazifalarini bajarishga qaratilgandir. Ta’lim metodlari o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatining xususiyatini belgilaydi, ta’limning maqsadi va mazmuniga bog’liq bo’ladi. Ta’lim metodlari tevarak-atrofdagi dunyoni bilishning umumiy qonuniyatlarini tushunishga bog’liqdir, ya’ni ular falsafiy fikrlarni, ta’lim jarayonining mohiyati va tamoyillari to‘g‘ri anglash natijasidir. Ta’lim metodlari o‘quv materiali mazmunida lfodalangan ilmiy fikr mantig’iga bog’liqdir. 0‘quv materialining mazmuni tobora chuqurlashib, murakkablashib va ilmiy tus olib boromoqda, shuning uchun ta’lim metodlari ilmiy bilishning mantiqi va metodlariga tobora ko’proq bog’liq bo'lib qolmoqda. Ta’lim metodi psixologik asosga ega. Bolaning o’quv materialini o’zlashtmshdagi yosh lmkoniyatlari va uning yetuklik darajasi o’qitish va o’qish usullariga juda katta ta’sir ko’rsatadi. 0‘quvchilarning fikrlash faoliyatini va shaxsiy xususiyatlarini yaxshi bilish o’qitishning samaraliroq usullarini topish imkomni beradi. Ta’lim metodlari o’sayotgan organizmning anatomik-fiziaologik, biologik xususiyatlariga ham bog’liqdir. O’quvchlarning bilish faoliyatini tashkil qilishda ularning yoshiga xos biologik o’sishini hisobga olish kerakki, ta’limning ko’pgina jihatlari ish qobiliyati, charchash, ijodiy kayfiyat, jismoniy sog’liq, maktabdagi gigiyena sharoitlari aynan shu o’sishgabog’liqdir. Ta’lim metodlari nazariy jihatdan yaxshi asoslangan bo’lishi, pedagogik nazanriyadan kelib chiqishi kerak, ammo, ta’lim metodlari amalda qo’llanilmasa, foydasiz bir narsaga aylanadi. Amaliy yo’llanganligi ta’lim metodlarining eng muhim tomonlaridan biridir Bu metodlarda pedagogik nazariya amaliyot bilan bevosita bog’langan. Nazariya qancha chuqur va ilmiy bo’Isa, ta’lim metodlari o’shancha samarali bo’ladi. Pedagogika fani o’qituvchilarining ilg’or ish tajnbalarini umumlashtiradi, an’anaviy ta’limning ilmiy asoslarini ko’rsatib beradi, o’qitishning zamonaviy, samarali metodlarini ijodiy ravishda izlab topishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |