12.Metod - o‘qitishning maqsad va vazifalariga erishish (amalga oshirish) yo‘li;
13.Vosita - o‘quv jarayonining predmetli qo‘llab-quvvatlanishi, yangi materialni o‘zlashtirish jarayonida o‘qituvchi va talabalar tomonidan foydalaniladigan ob’ekt;
14.Natija - o‘quv jarayonining so‘nggi mahsuli, belgilangan maqsadlarning amalga oshganlik darajasi.
15.Metodik (uslubiy) ko‘rsatma - muayyan fanning o‘quv dasturi bo‘yicha kurs ishlari, loyihalar, laboratoriya mashg‘ulotlari va amaliy ishlarni bajarish tartibi aniq ko‘rsatilgan va batafsil ifodalangan, hamda ushbu fan bo‘yicha talabalarda zarur amaliy ko‘nikma va malakalar hosil qilishga mo‘ljallangan ta’lim muassasasining ilmiy kengashi tavsiyasi asosida nashr etiladigan kichik hajmli qo‘llanma.
Do'stlaringiz bilan baham: |