O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universitetining pedagogika instituti maktabgacha ta’lim kafedrasi



Download 2,78 Mb.
bet79/191
Sana15.01.2022
Hajmi2,78 Mb.
#369503
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   191
Bog'liq
OTMFO'T FANI

Laboratoriya mashg’ulotlari oliy o’quv yurti o’qituvchisi rahbarligi ostida olgan o’quv axborotlari (ma’ruza va mustaqil ishlari)ni chuqurlashtirish, tahlil qilish, kengaytirish, qo’llash va o’zlashtirishni nazorat qilish shakli;

Laboratoriya mashg’ulotlarining asosiy tavsifi shundaki, unda talabalar mustaqil ravishda vazifa bajaradilar yoki eksperiment o’tkazadilar. Ilmiy-texnik taraqqiyot sharoitida laboratoriya ishlari talabaga nazariy bilimlarni qo’llash mexanizmini chuqur va ko’rgazmali o’rganish imkonini beradi. Laboratoriya mashg’ulotlari talabada tadqiqot o’tkazish ko’nikmalarini shakllantiradi, fan va texnikaga ijodiy yondashishni ta’minlaydi, eksperimentning umumiy metodikasini egallashga imkon beradi.

Laboratoriya mashg’ulotlarini o’tkazishda quyidagi didaktik tamoyillarga amal qilinadi:


  • laboratoriya mashg’ulotlarini rejalashtira olish va o’tkaza olish;

  • laboratoriya mashg’ulotlarining maqsadini aniq belgilab olish;

  • fan va ishlab chiqarish bo’yicha bilimlarni chuqurlashtirish imkoniyatlariga talabalarda qiziqish uyg’otish;

  • talabada natijani mustaqil ravishda qo’lga kiritish

imkoniyatini ta’minlash;

  • talabani nazariy jihatdan tayyorlash;

  • laboratoriya mashg’ulotlari nafaqat konkret mavzu bo’yicha bilimlarni yakunlash, balki talabalarni tarbiyalash manbai hamdir

Laboratoriya o’quv ishini tashkil etishning asosiy shakllaridan biri bo’lib, eksperimental tavsifdagi mustaqil topshiriqlarni o’quvchilarning professor-o’qituvchi bilan birgalikda bajarishini o’zida aks ettiradi.

Laboratoriya mashg’ulotining bosh maqsadi-biror bir fanga doir nazariy qoidalarni amaliy jihatlarini ochib berish; o’quvchilarning o’rganilayotgan qonuniyatlarni o’ziga xosliklari va namoyon bo’lish shakllarini chuqur tushunishlarini ta’minlash; bo’lajak mutaxassislarda o’rganilayotgan ob’ekt bilan amaliy muloqotga kirishish ko’nikmasini shakllantirishdir. Laboratoriya mashg’ulotlar o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shaklantirishda muhim rolь o’ynaydi.

Yangi bilimni egallash bo’yicha o’tkaziladigan laboratoriya mashg’uloti quyidagi metodik priyomlar orqali amalga oshiriladi:


  • mashg’ulot mavzuini va amalga oshiriladigan vazifalarni aniqlash;

  • mashg’ulot tajriba-bosqichlarini aniqlab olish;

  • mashg’ulotning borishini, ishning texnik xavfsizlikka rioya qilingan holda bajarilishini kuzatib borish;

  • mashg’ulotni yakunlash, asosiy xulosani bayon etish.

Laboratoriyada o’tkaziladigan mashg’ulot-tajriba o’kuvchilarning hozirgi davrdagi ishlab chiqarishning ilmiy asoslarini, tajribada qo’llanadigan asboblarga ongli munosabatda bo’lish ko’nikmasini, texnik bilimni egallab olishlariga zamin yaratadi.

Bu mashg’ulotda o’quvchilar o’qituvchining topshirig’i bo’yicha asboblardan foydalanib, biror hodisani reja asosida tadqiq etadilar. Amaliy mashg’ulotlarda mavzuning yirik qismlari o’rganiladi. Buumumlashtiruvchi tarzda bo’ladi. Mazkur ish faqat sinfda emas, balki sinfdan tashqarida ham amalga oshiriladi.

Laboratoriya mashg’uloti quyidagi priyomlardan tashkil topadi:


  • mashg’ulot maqsadini belgilash;

  • bajariladigan ishni, unga rahbarlik qilish tartibini belgilab olish;

  • ish tugagach, uni yakunlash.

Laboratoriya mashg’uloti jarayonida o’quvchilar darslik va o’quv qo’llanmalardan foydalanishlari, o’qituvchi bilan maslahatlashishlari mumkin.


Download 2,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish