O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universitetining pedagogika instituti maktabgacha ta’lim kafedrasi


Magistratura talabalari uchun “Oliy ta’limda mutaxassislik fanlarini o‘qitish” fani o‘rganilishi zarur bo‘lgan asosiy predmetlardan biri hisoblanadi



Download 2,78 Mb.
bet14/191
Sana15.01.2022
Hajmi2,78 Mb.
#369503
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   191
Bog'liq
OTMFO'T FANI

Magistratura talabalari uchun “Oliy ta’limda mutaxassislik fanlarini o‘qitish” fani o‘rganilishi zarur bo‘lgan asosiy predmetlardan biri hisoblanadi.

Dars o‘tish o‘qituvchidan fanni puxta bilishnigina emas, balki o‘z bilimini ustalik bilan talabalar ongiga yetkazishni ham talab qiladi. Talabalar fanni puxta o‘zlashtirishlari uchun uni o‘rganishda qo‘llaniladigan metodlar katta ahamiyatga ega. Shu sababli, bo’lajak pedagoglar mutaxassislik fanlarni o‘rganish metodlarini puxta egallashlari, ularni mahorat bilan qo‘llay bilishlari kerak.

Oliy ta’limda mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi” fanining maqsadi - yetuk kadrlarni tayorlash maqsadida o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, mutaxassis fanlarini o‘qitishda qo‘llaniladigan turli an‘anaviy va interfaol usullar va ularni dars jarayonida qo‘llash yo‘llarini o‘rgatish hamda yangi usullarni yaratish bo‘yicha ko‘nikma va malakasini shakillantirishdir.

Fanning vazifasi - magistratura talabalarini mtaxassis fanlarini o‘qitish metodikasi sohasi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot, ilmiy -pedagogik va amaliy ishlab-chqarish faoliyatiga tayorlashdan iborat.

3. Mutaxassislik fanlarini o‘qitish qonuniyatlarining ta’lim qonuniyatlari bilan bog’liqligi.



Mutaxassislik fanlarini o‘qitish fani ta’lim va tarbiya jarayonining tuzilishi, qonuniyat va tamoyillari; mutaxassislik fanlarini o‘qitish jarayonida professor-o‘qituvchining vazifalari va talabalarning o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish, talabalarning diqqatini jalb qilish va mashg‘ulot samaradorligini oshirish metodlari va vositalari, mutaxassislik fanlarini o‘qitish shakllari (ma’ruza, seminar, amaliy, laboratoriya, mustaqil ta’lim, kurs ishlari, bitiruv malakaviy ishlari, o‘quv amaliyoti, malakaviy amaliyoti)ni tashkil etish va o‘tkazish metodikasini, mutaxassislik fanlarini o‘qitish jarayonida talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarini tashxis etish turlari, shakl va metodlarini, mutaxassislik fanlarini o‘qitishning multimedia va interfaol ta’lim texnologiyalarini tadqiq etadi.

Mutaxassislik fanlarini o‘qitish fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida magistr mutaxassislik fanlarini o‘qitish qonuniyatlari va tamoyillari, mutaxassislik fanlari ta’lim mazmunini tanlash mezonlari, mutaxassislik fanlarini o‘qitish metod va vositalari, mutaxassislik

fanlarini o‘qitishning tashkiliy shakllari, mutaxassislik fanlarini o'qitishning axborot texnologiyalari, mutaxassislik fanlarini o‘qitish texnologiyalari, mutaxassislik fan o‘qituvchisining o‘quv meyoriy hujjatlari va metodik ishlari, ularni rejalashtirish, tashkil etish va tayyorlash metodikasi kabilarni o’rganadi. Shaxsni shakllantirishni amalga oshirish ta’lim-tarbiyaning tashkil etuvchilari ya’ni ularning barcha elementlari-ta’lim maqsadi, ta’lim vazifalari, ta’lim beruvchi, ta’lim oluvchi, ta’lim mazmuni, metodlari, shakllari, vositalari, mustaqil o‘quv topshiriqlari, mustaqil faoliyat, nazorat, o‘z- o‘zini nazorat orqali o‘z natijasiga erishiladi. Shunday ekan ta’lim-tarbiyani alohida elementlarga bo‘lib emas, balki yaxlit holda karash va amalga oshirish ta’lim-tarbiya jarayoni oldiga qo‘yilgan maqsadga erishishning yo‘lini yaqinlashtiradi. Chunki, yuqorida kayd kilib o‘tganimizdek, voqelikdagi barcha narsalar yaxlit tizim sifatida bir-biriga chambarchas bog‘langan. Ulardan birortasining funktsiyasi buzilsa, yoki birortasi ishlamay qolsa maqsadga erishilmaydi. Masalan, mashina dvigatelining yonilgi uzatgich tizimini olaylik, uning yonilg‘i uzatuvchi elementlaridan birortasi ishlamay qolsa, yoki yomon ishlasa dvigatel yonilgi bilan ta’minlanmaydi, natijada mashinaning o‘t oldirishi qiyinlashadi yoki o‘t olmaydi. Ta’lim-tarbiyada ham shunday. Ushbu jarayonning biror elementa yaxshi faoliyat ko‘rsatmasa, o‘zlashtirish qiyinlashadi va bilim samaradorligi pasayadi. Shuning uchun ham pedagogik texnologiyada ta’lim- tarbiya jarayoniga tizimli yondashish Juda muhim bo‘lib, katta ahamiyat kasb etadi.

Tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, ta’lim jarayonining muhim elementlaridan biri ta’lim mazmuni qancha murakkablashtirilib, uni ta’lim oluvchilarga etkazish yo‘li aniqlashtirilsa, kuchli intellekt va yuksak ma’naviy salohiyatga ega bo‘lgan shaxsni shakllantirish osonlashadi.


Download 2,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish