O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi termiz davlat universiteti



Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/212
Sana07.01.2022
Hajmi2,49 Mb.
#327145
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   212
Bog'liq
maktabgacha pedagogika

 
 
 
 


 
 

3-MAVZU: KADRLAR TAYYORLASH MILLIY MODELI. 
 
REJA: 
1.
 
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning maqsadi 
2.
 
Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismlari  
3.
 
Kadrlar  tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari 
 
Tayanch so’z va iboralar:  
«Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturi»,  milliy  dasturning  maqsadi  va  vazifasi,  kadrlar 
tayyorlash  milliy  modeli,  kadrlar  tayyorlash  milliy  modelining  tarkibiy  qismlari, 
tarbiyachi - pedagoglar oldiga qo‘yilgan talablar. 
   
 
Mustaqil 
Respublikamiz 
uchun 
yosh 
avlodni 
har 
tomonlama 
etuk  inson  qilib  tarbiyalash  xayotiy  muhim  vazifalardan  birihisoblanadi.  CHunki  har  
qanday jamiyatning ravnaqi, ijtimoiy, siyosiy,  iqtisodiy  farovonligi  fuqarolarning aqliy va 
axloqiy salohiyati hamda ularning ma’naviy darajada yuksak rivojlanishiga bogliq. 
Darhaqiqat, jamiyatimizning taraqqiy etishi, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini 
shakllantirish,  jahon  hamjamiyatiga  qo‘shilishini  ta’minlaydigan  huquqiy  demokratik 
davlat  qurishni  etuk  va  malakali  kadrlarsiz  hal  etib  bo‘lmaydi.  SHu  bois  Respublikada 
amalga  oshirilayotgan  isloxotlarning  asosiy  maqsadi  va  vazifasi  inson  va  uning  har 
tomonlama  usib  ulg‘ayishi,  kamol  topishi  va  farovonligi,  shaxs  manfaatlarini 
ro‘yobga  chiqarishning  sharoitlarini  va  ularning  ijtimoiy    xulq    atvorning    andozalarini  
o‘zgartirishga qaratiladi. 
SHuningdek, xalqimizning  boy  intellektual  merosi  va  umumbashariy  qadriyatlar 
asosida  zamonaviy  fan,  texnika  va  texnologiyalar,  iqtisodiyot  yutuqlari  asosida 
kadrlar  tayyorlashning  mukammal  tizimini  shakllantirish  masalasiga  hamkeng  e’tibor 
qaratilmokda.  Ayniqsa,  O‘zbekiston  Respublikasi  davlat  mustaqilligiga  erishgach, 
iqtisodiy  va  ijtimoiy  rivojlanishning  o‘ziga  xos  yo‘lini  tanladi  va  kadrlar  tayyorlash 
masalasigaalohida ahamiyat qaratildi. Bu  borada ham qator chora - tadbirlar ko‘rildi va 
amalda qo‘llanildi. 
Ma’lumki,  1992  yil  iyul  oyida  Mustaqil  O‘zbekistonning  ilk «Talim to‘grisidagi 
Qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun mazmunida Respublika ta’lim tizimi uning asosiy 
yunalishlari,  maqsad  vazifalari,  ta’lim  bosqichlari  va  ularning  mohiyati  kabi 
masalalar o‘z ifodasini topdi.1997 yil yanvar oyiga kelib, «Ta’lim» to‘grisidagi qonun va 
unda  ilgari  surilgan  goyalarning  amaliyotga  tatbiqi,  mavjud  ahvol,  yutuq  va 
kamchiliklar  o‘rganildi  va  tahlil  etildi.O‘tkazilgan  tahlil  natijalariga  ko‘ra  ta’lim 
tizimida  olib  borilayotgan  islohotlar  aksariyat  o‘rinlarda  chuqur  ilmiy  asosga  ega 
bo‘lmaganligi  ma’lum  bo‘ldi.  SHu  bois  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 
maxsus  farmoniga  asosan  O‘zbekiston  Respublikasi  «Ta’lim  to‘g‘rigida»gi  qonunning 


 
 

yangi  tahriri  hamda  «Kadrlar  tayyorlash»  milliy  dasturini  ishlab  chikuvchi  maxsus 
komissiya  tarkibi  tayinlandi.    1997  yilning  iyul  oyida  xar  ikki  me’yoriy  hujjat 
mazmuni o‘rganib chiqildi va umumxalq e’tiboriga havola etildi. 
Umumxalq  muhokamasidan  o‘tgan  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi» 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilindi. 
"Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi",  «Ta’lim  to‘g‘risida»gi  O‘zbekiston 
Respublikasi  qonuni  talablariga  muvofiq  holda  tayyorlangan  bo‘lib,  milliy  tarbiyani, 
ta’lim  tizimida  jahon  miqyosidagi  yutuqlar  asosida  yuksak  umumiy  va  kasb  -  hunar 
madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy siyosiy hayotga mustaqil  ravishda mo‘ljalni to‘tri ola 
bilish qobiliyatiga ega bo‘lgan,  istiqbol vazifalarini  ilgari  surish  va hal  etishga  qodir 
bo‘lgan kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir. 
 
Mazkur  dastur  kadrlar  tayerlash  milliy  modelini  ruyobga  chiqarish,  ta’lim  va  kasb-
hunar  dasturini  ongli  ravishda  tanlash  va  keyinchalik  puxta  o‘zlashtirish  uchun  ijtimoiy 
siyosiy, huquqiy,  psixologik - pedagogik 
va    boshqa  sharoitlarni  yaratish,  jamiyat, 
davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni  nazarda 
tutadi. 
 Talim  muassasalari  xalq  xo‘jaligining  turli  sohalari  uchun  tayyorlayotgan 
kadrlarning  kasbiy  mahorati,  aqliy  salohiyati,  ijodiy  qobiliyati  hamda  ma’naviy 
barqarorligiga  qarab  mustaqil  O‘zbekistonni  kelajagini  ko‘rish  mumkin  degan  g‘oya 
«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» ning yaratilishi uchun asos bo‘ldi. SHu bois mazkur 
xujjat  respublika  ta’lim  tizimida  amalga  oshirilayotgan  islohotlar  mazmunini  ochib 
beradi.  Unda  ta’lim  sohasidagi  islohotlarning  asosiy  maqsadi  -  inson,  uning  har 
tomonlama uyg‘un kamol topishi va farovonligini ta’minlash muhim ekanligi aloxida 
qayd etib o‘tildi. 

Download 2,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish